25.12.1998 yildagi 725-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.1998 yildagi 725-I-son
Date of entry into force
05.01.1999
Hujjat 10.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar (radiotoʻlqinlar) — belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sunʼiy toʻlqin oʻtkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit toʻlqinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori chastotali qurilmalar — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar oʻrtasida taqsimlangan radiochastotalar polosalari roʻyxati;
(2-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chogʻida bir yoki bir nechta toʻlqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar boʻlishi yoki axborot yoʻqolishida namoyon boʻladigan elektromagnit energiyasining taʼsiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
industrial radioxalaqitlar — radiotoʻlqinlarni uzatish uchun moʻljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
(2-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota berish — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota;
(2-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida radiochastota spektri toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni taqsimlash vakolatli davlat organlarining mutlaq huquqidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish huquqi ommaviy va xususiy mulk asosida faoliyat koʻrsatuvchi foydalanuvchilarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish boʻyicha davlat standartlari, texnik reglamentlar, ishlatish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi;
(6-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini shakllantiradi;
(6-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota organlarining radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratiladigan radiochastotalar yoki radiochastotalar polosalarining texnik ekspertizasiga oid ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Radiochastota organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi;
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati.
(7-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari oʻz faoliyatlarini radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Radiochastota organlarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet ellardan olib kirish uchun ruxsatnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga nomuvofiq boʻlgan, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasini taʼminlamagan taqdirda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga zid ravishda ishlayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlaydi;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilarga berilgan radiochastotalar hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan radioelektron vositalariga boʻlgan radioxalaqitlarni bartaraf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari qonun hujjatlariga muvofiq radiochastota spektri sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Radiochastota spektridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga davlat, jamoat va shaxsiy ehtiyojlarni taʼminlash uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (oʻrnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar berish Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Radiochastota berish oʻta muhim davlat ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida oʻzgartirilishi mumkin;
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastotalarni radiochastota spektridan foydalanuvchilar oʻrtasida taqsimlash tanlov asosida yoki kim oshdi savdosi natijalariga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanuvchining oʻz radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishi taqiqlanadi;
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Radiochastota spektridan foydalanish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga radiochastota organi ruxsatnomasida yoki foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan muayyan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish pullikdir. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shuningdek haq toʻlashdagi imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalana olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan tartibda olish (berish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash uchun radiochastota organiga murojaat etish va ularni bartaraf qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) uchun radiochastota organining ruxsatnomasini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radiochastota organida roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan normalar hamda qoidalarga muvofiq loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ishlatishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Radiochastota spektridan foydalanish huquqini bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish xususiyatlari, shuningdek ayrim chastotalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bogʻliq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga haqiqiy tahdid yuzaga kelganda;
(13-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan radiochastotalardan belgilangan muddat mobaynida foydalanilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning oʻzi yoki jismoniy shaxsning faoliyati tugatilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasi shartlari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektrining muayyan polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarur boʻlib qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq toʻlanmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi ham qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatishga yoki cheklashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mudofaasi, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot maqsadlari uchun ajratilgan radiochastotalardan foydalanish faqat tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda toʻxtatilishi, cheklanishi yoki tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish, qurish (oʻrnatish), olish (berish), ishlatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, loyihalash va ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalanib ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish foydalanuvchi radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini olganidan va yaratish uchun tashkilot standartlari kelishilganidan keyingina amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha turdagi va yoʻnalishdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qurish (oʻrnatish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash uchun moʻljallangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni, shuningdek fuqaro aviatsiyasida uchishlarni hamda havo harakati xizmatini radionavigatsiya jihatidan taʼminlash maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan bortdagi va yer usti radioelektron vositalarni olish (berish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bevosita tegishli radiochastota organining ruxsatnomasi bilan, xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarida oʻrnatilgan shunday vositalar va qurilmalarni ishlatish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlar dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan radioelektron vositalarni, shuningdek savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika buyumlarini olib kirish, olish (berish) va ishlatish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organining tegishli ruxsatnomasisiz olib kirishga, olishga (berishga) va ishlatishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar roʻyxati radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Industrial radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaratilayotgan, loyihalashtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan turli texnik vositalarning texnik tavsifnomalari radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalari (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr asboblari, avtotransport vositalari va boshqalar) tariqasida industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari normalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik vositalarni radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajadagi normalariga muvofiqligini sinash tartibi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Elektromagnit moslashuv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qoʻllanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qatʼiy tarzda taʼminlangan va ularning oʻlchamlari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda oʻlchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy taʼsir etsa yoki fuqarolarning sogʻligʻi va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish toʻxtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga koʻra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga koʻra tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot maʼlumotlar milliy bazasi (radiochastotalar registri) asosini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlashni radiochastota organlari radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Harbiy harakatlar va favqulodda holatlar sodir boʻlganda foydalanuvchilarning radioelektron vositalaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir boʻlganda radiochastota organlari foydalanuvchilarning radioelektron vositalarini ishlatishini cheklashni joriy etishga, shuningdek bu vositalardan davlat xavfsizligini taʼminlash, tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadlarida foydalanishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanishda foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni (maʼlumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) maxfiyligi va yaxlitligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatsiz yoki bexosdan aralashuvga urinishlar boʻlgan taqdirda aloqaning ishlash rejimi oʻzgarmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182-modda. Radioaloqaning maxfiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxs uchun moʻljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki oʻzgartirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy axborotni, shu jumladan davlat sirlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni axborotning sertifikatlashtirilgan kriptografik himoya vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning maxfiyligini buzish hisoblanmaydi.
(181-182-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Radiochastota spektri monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri monitoringini Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoringni amalga oshirish tartibi radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
725-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda; 2003-y.,5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)