Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1929-yilda Varshavada imzolangan shartnoma boʻyicha tashuvchi hisoblanmaydigan shaxslar tarafidan amalga oshiriladigan Havo orqali xalqaro tashishga taalluqli ayrim qoidalarni birxillashtirishga doir Konvensiyasiga qoʻshimcha Konvensiyaga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1929-yilda Varshavada imzolangan shartnoma boʻyicha tashuvchi hisoblanmaydigan shaxslar tarafidan amalga oshiriladigan Havo orqali xalqaro tashishga taalluqli ayrim qoidalarni birxillashtirishga doir Konvensiyasiga qoʻshimcha Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
359-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 58-modda)