Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Oʻzaro tushunish Memorandumi
Telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
1994-yil 5-yanvar, Dehli
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati, quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb atalib,
1993-yil 24-mayda Toshkentda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomasini yana bir tasdiqlab,
Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarining kelajakda rivojlanishi va mustahkamlanishi ehtiyojini hisobga olib,
telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi va kengaytirilishi bu maqsadga xizmat qilishiga ishonch hosil qilib,
telekkomunikatsiya sohasidagi hamkorlikni xalqaro huquq prinsiplari va oʻzaro foyda sharoitlari asosida amalga oshirishni istab,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
I BOʻLIM
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1-modda
Ahdlashivchi Tomonlar ular imzolangan, elektraloqaning Xalqaro Konvensiyasi qoidalari, elektraloqa Xalqaro ittifoqining telefon va radioaloqa boʻyicha qoʻshimcha Qoidalari, hamda ushbu oʻzaro tushunish Memorandumi qoidalariga muvofiq oʻz davlatlari oʻrtasidagi aloqa sohasidagi munosabatlarni tartibga soladilar.
2-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlari oʻrtasidagi aloqa sohasidagi oʻzaro munosabatlarini (bunga aloqa va asbob-jihozlar xizmati ham kiradi) kengaytirish va yaxshilash uchun hamkorlik qiladilar va hamma zarur choralarni qoʻllaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan Hindiston Respublikasi aloqa vazirligi, quyida “Maʼmuriyat” deb atalib, oʻz hukumatlari nomidan oʻzaro tushunish Memorandumining bajarilishi uchun javobgardirlar.
3-modda
Maʼmuriyatlar ushbu oʻzaro tushunish Memorandumining turli qoidalarini doimiy ravishda koʻrib chiqadilar va zarur hollarda, oʻzaro kelishib, Ahdlashuvchi Tomonlar zhtiyojlarida aloqa vositalaridan foydalanishni yaxshilashga koʻmaklashuvchi metodlarni oʻrnatadilar.
II BOʻLIM
Telekommunikatsiya xizmatlari
Telekommunikatsiya xizmatlari
4-modda
Maʼmuriyatlar oʻz davlatlari oʻrtasida telefon va telegraf aloqalarini tez va mustahkamlash va maʼlumotlarni amaldagi sharoitlarda almashish maqsadida aloqa xizmtlarini tashkil etishda keng hamkorlik qilib, quyidagilarni hisobga oladilar:
Ahdlashuvchi Tomonlarning iqtisodiy manfaatlari;
ikkala Maʼmuriyatlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri kelishilgan tartiblar;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining amaldagi qoidalari.
5-modda
Har bir Maʼmuriyat oʻzining xususiy tranzitini uchinchi davlatlarga uzatish uchun boshqa Maʼmuriyatning telekommunikatsiya asboblari tizimidan va texnik vositalaridan salmoqli darajada foydalanadi. Ular doimiy ravishda amaldagi tranzit yoʻnalishlari, hamda tegishli amaldagi narxlar haqidagi maʼlumotlar bilan bir-birlarini taʼminlaydilar.
6-modda
Yoʻnalishlarning va marshrut chiziqlarning zarur soni korrespondensiya almashish yoki toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar yoʻli bilan oʻrnatiladi va bu maqsad uchun har bir Maʼmuriyat boshqa Maʼmuriyatni oʻz talablari haqida ogohlantiradi.
7-modda
1. Ikkala davlat oʻrtasidagi telegramma va telekslar trafigida Xalqaro telegraf aloqalarining Qoidalari boʻyicha amalga oshiriladilgan, telegramma va teleks xizmatlarining hamma nomajburiy kategoriyalariga ijozat beradilar, bundan har bir Ahdlashuvchi Tomon Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi orqali ogohlantirilgan cheklashlar mustasno.
2. Ikkala davlat oʻrtasidagi telefon trafigida Maʼmuriyatlar xalqaro telefon aloqalari amaldagi qoidalari asosida amalga oshiriladigan telefon xizmatlarining hamma kategoriyalariga ijozat beradilar, bundan har bir Ahdlashuvchi Tomon Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi orqali ogohlantirgan cheklashlar mustasno. Quyidagi fakultativ xizmatlar kategoriyalarga qoʻshimcha ravishda, operator yordamida amalga oshiriladigan soʻzlashuvlar:
tezkor
xususiy
maʼlumot xizmatlari kiritilishi mumkin.
8-modda
Maʼmuriyatlar Oʻzbekiston va Hindiston imzolagan, Xalqaro elektraloqasi ittifoqining radioaloqalari toʻgʻrisidagi qoidalariga muvofiq radioaloqalar boʻyicha oʻz xizmatlarini koʻrsatishdagi ikki tomonlama tovushning tiniq eshitilishiga halal beruvchi shovqinlardan qutilmoq uchun chastotalarni tegishlicha taqsimlash va qoʻllashni oʻrnatish uchun bir-birlariga maslahatlar beradilar.
9-modda
Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqining amaldagi qoidalari asosida va tegishli huqumatlarning maqullashi bilan Maʼmuriyatlar shaxsan yoki yozishmalar yoʻli bilan ikki davlat oʻrtasidagi aloqa xizmatlari tarifi toʻgʻrisida kelishib oladilar. Ikkala Maʼmuriyat ikki davlat oʻrtasidagi hamma tarif oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni berib boradilar.
III BOʻLIM
Hisob-kitoblar
Hisob-kitoblar
10-modda
1. Ikkala Maʼmuriyat Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi va Xalqaro telefon va telegraf boʻyicha konsultativ qoʻmitasining tavsiyalari asosida ikki davlat oʻrtasida xizmatlar uchun schyotlarning tayyorlash metodlari va toʻlovlari toʻgʻrisida yozma ravishda kelishib oladilar.
2. Bu metodlar muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishi va imkoni boricha Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy tegishli qonunlariga muvofiq soddalashtirilishi zarur.
11-modda
Ikkala Maʼmuriyat oʻrtasidagi hisob ishlari uchun pul birliklari Xalqaro telekommunikatsiya Ittifoqining amaldagi, aktlarida aniqlanganidek MUH SDR (Maxsus oʻzlashtirma huquqi) boʻlishi kerak.
12-modda
Maʼmuriyatlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar maʼmuriyatlar tomonidan maʼqullangan holda, muntazam ravishda, toʻgʻridan toʻgʻri, erkin harakatdagi valyutada toʻlash bilan amalga oshiriladi.
IV BOʻLIM
Fan va texnika sohasida hamkorlik
Fan va texnika sohasida hamkorlik
13-modda
Maʼmuriyatlar oʻz milliy qonunchiliklariga muvofiq fan va texnika sohasida hamkorlikka koʻmaklashish maqsadida muntazam ravishda maslahatlashib turadilar va oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi, telekommunikatsiya sohasidagi ekspluatatsiya, texnik, iqtisodiy va ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumot bilan almashadilar.
14-modda
Maʼmuriyatlar oʻzaro kelishilgan asosda telekommunikatsiyalar sohasida ilmiy va texnik hamkorlikni kengaytirish maqsadida faoliyatning quyidagi turlari yordamida mahsus bitimlar imzolaydilar:
ekspertlarning oʻzaro safarlari
boshqa Maʼmuriyatga aloqa buyicha xodimlarning oʻzaro yuborishlari
birgalikdagi tadqiqotlar, forumlar va seminarlar oʻtkazish
stajirovka programmalari boʻyicha ekspertlar va stajorlarning oʻzaro almashuvi
maʼlumotlar va nashrlar almashuvi
tadqiqotlar va taraqqiyotdagi birgalikdagi faoliyat.
Ilmiy va texnik hamkorlikni talab etuvchi mahsus masalalar birgalikdagi maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etilishi mumkin. Birgalikdagi faoliyat oʻzaro bitimlarga asosan yangi sohalarga oʻtkazilishi va rivojlantirilishi mumkin.
V BOʻLIM
Yakuniy qoidalar
Yakuniy qoidalar
15-modda
1. Maʼmuriyatlar, zarur hollarda, ushbu Memorandumning qoidalarini bajarilishini yengillashtirish va Oʻzbekiston hamda Hindiston Maʼmuriyatlari oʻrtasida turli hil aloqa xizmatlarini yaxshilash uchun rasmiy maʼlumotlar bilan almashadilar.
2. Rasmiy maʼlumot bilan almashuv bepul berilishi va ingliz tilida amalga oshirilishi kerak.
3. Olingan texnik maʼlumot Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma roziligisiz har qanday koʻrinishda uchinchi tomonga berilmasligi lozim.
4. Memorandumning bajarilishi loyihalari ikki Tomon oʻrtasidagi maslahatlashuvlar vaqtida tuzilishi va amal qilinishi lozim.
16-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning yozma roziligisiz, oʻzaro hamkorlik natijasi boʻlgan patentlashga va boshqa huquqqa tegishli har qanday maʼlumotni uchinchi tomonga, tashkilotga bermaslik javobgarligini oladilar.
Bunday patentlar va boshqa huquqlarni ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar bu davlatlarda oʻzaro kelishilgan shartlarda birgalikda ekspluatatsiya va litsenziyalash boʻyicha amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq roʻyxatga olinishi kerak.
17-modda
1. Oʻzaro tushunish Memorandumi qoidalarini talqin qilishga taalluqli har qanday kelishmovchiliklar ikkala Maʼmuriyatlar oʻrtasidagi qoʻshma maslahatlashuvlar vaqtida hal etilishi lozim.
2. Maʼmuriyatlar kelisha olmagan hollarda, nizolar diplomatik yoʻllar bilan hal qilinadi.
18-modda
Ushbu oʻzaro tushunish Memorandumining qoidalariga har qanday tuzatishlar yoki qoʻshimchalar Ahdlashuvchi Tomonlarning yozishmalari va oʻzaro roziligi yoʻli bilan kiritilishi mumkin va tasdiqlash toʻgʻrisidagi soʻnggi ogohlantirish olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
19-modda
1. Ushbu Memorandum har bir Ahdlashuvchi Tomonda amalda boʻlgan konstitutsion tartiblar boʻyicha tasdiqlash obyekti boʻlib, diplomatik yoʻllar bilan soʻnggi tasdiqlanganligi xabari olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. Ushbu oʻzaro tushunish Memorandumi kuchga kirgan kundan soʻng besh yil davomida amal qilib, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amal qilinish muddatidan olti oy avval yozma ravishda bekor qilinishi toʻgʻrisida istagini bildirmasa avtomatik ravishda keyingi besh yillik muddatga uzaytiriladi. Bunday hollarda oʻzaro tushunish Memorandumi bekor boʻlish habari berilgan kalendar oyining oxirida bekor qilingan boʻlib hisoblanadi.
Nyu-Dehli shahrida, 1994-yil 5-yanvarda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, hind va ingliz tilida imzolandi, har ikki matn bir xil kuchga ega. Matnlarni talqin etishda tugʻilgan nizolarni hal qilishda inglizcha matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)