Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 03.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2678
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2678
Date of entry into force
08.06.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Hujjat 15.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2678]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 21-iyundagi 13/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1253, 2003-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 23-avgustdagi 20/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Boshqaruv qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1253-1, 2003-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 16-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12/6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-sonli “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar-rezidentlarga 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun Markaziy bankining ruxsatnomasi (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) olinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jismoniy shaxslar-rezidentlarga ruxsatnomalar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari asosida hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xorijiy davlatlarda doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xizmat safari yuzasidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) taʼlim olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) boshqa maqsadlar uchun (sayyohlik safarlari, davolanish, qarindoshlarni koʻrib-kelish, sport musobaqalari va h.k.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jismoniy shaxslar-rezidentlar ruxsatnoma olish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda pasport nusxasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport bergan organ nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma belgisi (agar talab qilinsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatga chiqish vizasi (agar viza rejimi belgilangan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi (agar talab qilinsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) naqd xorijiy valyutaning kelib chiqish manbasini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari koʻrsatilgan holda ularning nusxalari (vakolatli bankning hisobvaraqlar va omonatlardagi xorijiy valyuta olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar uchun — xorijga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqning, taklif etayotgan taraf xatlarining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijga borayotgan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) xorijga chiqish maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — agar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jismoniy shaxslar-rezidentlarning arizalarini koʻrib chiqish va ularga ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish ariza kelib tushgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaziy bank tomonidan ruxsatnomalar berishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jismoniy shaxslar-rezidentlar mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda chet elga chiqayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tegishliligi boʻyicha toʻliq taqdim etilganligi asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jismoniy shaxs-rezident tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda Markaziy bank ruxsatnoma berishni rad etadi va bu haqda jismoniy shaxs-rezidentga yozma ravishda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlganda, Markaziy bank tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan 09006-1 shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma Markaziy bank raisining valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs-rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bankda qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ruxsatnoma jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan bojxona organlariga topshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ruxsatnoma berilgan sanadan boshlab uch oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎O'zbekiston Respublikasi
‎Markaziy Bankiga

‎‎ARIZA

‎‎Men _____________________________________________________________________________________________(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎_________________________________________________________________________________________________(pasport seriyasi, raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi)

_______________________________________________________________________‎‎(davlat nomi, shahar)

‎‎ga chiqishim munosabati bilan

‎‎_________________________________________________________________________________________________(xorijiy valyuta turi, miqdori (raqam va soʼz bilan)

‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎miqdordagi naqd xorijiy valyutani O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga ruxsat berishingizni soʼrayman.
‎‎Xorijiy davlatga chiqishdan maqsad (asos) ________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
Ketish sanasi: 20__yil “____” ______________.‎‎
‎‎‎‎Kelish sanasi: 20__yil “____” ______________.

F.I.O.‎

______________________
‎‎‎(imzo)

‎‎20__ yil “____” _________________.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli (roʻyxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Shakl:09006-1


‎‎‎Bankning emblemasi

‎O'ZBEKISTO№ RESPUBLIKASI MARKAZIY BA№KI

‎‎_____ ____________-sonli RUXSATNOMA

‎‎20__yil “___”_________________

‎‎Xorijga jo'nab ketayotgan‎‎ ___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎ushbu hujjat bo'yicha xorijga chiqish ruxsati bo'lgan pasporti ___________________________________________________

‎‎_________________________________________________________________________________________________(seriyasi, nomeri)

‎‎______________________________________________________________________________________ ko'rsatilganda(berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎(summasi raqam va soʼz bilan yozilsin)

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎(xorijiy valyutaning toʼliq nomi)

‎‎miqdoridagi naqd xorijiy valyutani xorijga olib chiqishga ruxsat etiladi.
‎‎Ushbu ruxsatnoma bojxonaga topshirilishi shart.
‎‎O'zbekiston Respublikasi
‎Markaziy banki raisining o'rinbosari

‎‎__________________(imzo)

‎‎
‎__________________
M.O'.‎
‎‎QALBAKILASNTIRISN QONUNGA MUVOFIQ
‎TAʼQIB QILINADI
‎TUZATISN KIRITISN MUMKIN EMAS
‎‎BOSNQA SNAXSLARGA BERISN TAQIQLANADI

‎UCH OY DAVOMIDA XAQIQIYDIR
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli (roʻyxat raqami 2678-1, 14.12.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2678-2/0878-son)