04.03.2000 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.03.2000 yildagi 77-son
Date of entry into force
04.03.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA YETISHTIRILGAN PILLADAN FOYDALANISH MEXANIZMINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak mahsuloti eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoniga muvofiq hamda respublika ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun barqaror xom ashyo bazasini yaratish, ipak xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportga moʻljallangan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼiy nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan ipak ip va kalavani, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalavalarni va boshqa ipak mahsulotlarini (TIF TN boʻyicha kodi 5004 00 — 5005 00) respublika tashqarisiga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali, olib chiqish faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buxoro (Xusenov), Samarqand (Roʻziyev), Namangan (Jabborov) va Toshkent (Mirzaqulov) viloyatlari hokimlariga 1999-yil pilla hosilini chet tashkilotlarga sotish yuzasidan oʻzboshimchalik bilan qarorlar qabul qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar hokimlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga aralashganlik hamda pillani belgilangan tartibni buzgan holda sotishga yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, boshqa manfaatdor idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yetishtiriladigan pilla hosilining saqlanishini hamda ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibini buzishning har bir holati boʻyicha aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq qattiq javobgarlikka tortsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, bojxona organlari tomonidan musodara qilingan pilla va boshqa ipak mahsulotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qayta ishlash uchun beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda musodara qilingan pillani, ipak xom ashyosini va ipak chiqindilarini keyinchalik ipakchilik sohasi korxonalarida; qayta ishlash uchun berish mexanizmini oʻn kun muddatda aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda)