Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 21.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2675
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2675]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 94-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 61-son, Mudofaa vazirligining 2023-yil 30-noyabrdagi 24-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 14-son va Davlat xavfsizlik xizmatining 2023-yil 2-dekabrdagi 20-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2675-4, 21.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/5-20-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54, 01-02/5-20-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov (bundan buyon matnda qoʻshimcha toʻlov deb yuritiladi) belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoʻshimcha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻlanayotgan pensiyaga qoʻshib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻshimcha toʻlov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yilning 1-mayiga qadar 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga 2015-yilning may oyidan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yilning 1-mayidan keyin 100 yoshga toʻladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qoʻshib toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha toʻlov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash fuqaroga toʻlanayotgan pensiyani toʻlash toʻxtatilganda yoki toʻxtatib turilganda belgilangan tartibda toʻxtatiladi yoki toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqaro tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan qoʻshimcha toʻlovning hisoblangan summasi oʻtgan vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda bir yoʻla toʻlanadi, biroq uni olish maqsadida murojaat qilishdan oldingi 12 oydan ortiq vaqt uchun emas.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha belgilangan qoʻshimcha toʻlov (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan 6 oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha toʻlov toʻlanadigan 6 oylik davr doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishdan avvalgi 6 oy uchun qoʻshimcha toʻlovni toʻlash arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan qoʻshimcha toʻlov turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fuqaroga qoʻshimcha toʻlov uning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga qoʻshimcha toʻlov yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan qoʻshimcha toʻlovni toʻlash “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 63-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga belgilangan qoʻshimcha toʻlov ularning pensiya miqdoriga qoʻshilgan holda toʻlov qaydnomalariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida hisoblangan qoʻshimcha toʻlov uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun oylik umumiy talabnomada hisobga olgan holda har oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni moliyalashtirish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga belgilangan qoʻshimcha toʻlov alohida toʻlov qaydnomalariga kiritilgan holda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalar har oyning 5-sanasiga qadar joriy toʻlov oyi uchun qoʻshimcha toʻlovlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ular roʻyxatdan oʻtgan hudud boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shaklda talabnoma hamda 2-ilovasida belgilangan shakldagi reyestrni taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari talabnomaning toʻgʻri tuzilganligini reyestr bilan taqqoslaydi, zarur boʻlganda qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalardan talab qilish huquqiga ega.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarga asosan har oyning 7-sanasiga qadar talabnomalarni Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalariga yuboradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari esa talabnomalarni har oyning 10-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati taqdim etilgan talabnomalarga asosan mablagʻlarni joriy toʻlov oyining 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmalari uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari mablagʻlarni 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlari uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga muvofiq 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi tegishli hududiy tarkibiy boʻlinmalarga moliyalashtiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlashga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 29.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma taqdim etayotgan tashkilotning shtampi ________________________________ ga (Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining nomi)
___________________________
(Tashkilotning toʻliq nomi)
Olindi
�
______________________________ (Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi xodimining imzosi)
STIR raqami __________________________________ Hisob raqami __________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi _______________________________ Bank kodi _____________ Bank nomi __________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarga pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlovi uchun mablagʻga boʻlgan TALABNOMA
T/r
Koʻrsatkichlar
Qoʻshimcha toʻlov oluvchilar soni
Haqiqiy xarajatlar amalga oshirilgan davr
Haqiqiy xarajatlar summasi(soʻmda)
1
2
3
4
5
1.
100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga har oyda pensiyani h�soblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov
Tashkilot rahbari
________________
(imzo)
M.Oʻ.
Bosh buxgalter (buxgalter)
________________
(imzo)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarga pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov uchun mablagʻga boʻlgan talabnoma REESTRI 20___ yil ____________ uchun
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Toʻlov amalga oshirilayotgan davr
Toʻlov summasi(soʻmda)
1
2
3
4
5
Hammasi
x
x
Tashkilot rahbari
________________
(imzo)
M.Oʻ.
Bosh buxgalter (buxgalter)
________________
(imzo)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son; 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 14.01.2022-y., 10/22/2675-3/0026-son)