Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 1929-yilda Varshavada imzolangan Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni bir xillashtirish haqidagi Konvensiyaga va Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni bir xillashtirish haqidagi 1929-yilgi Konvensiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida 1955-yilda Gaagada imzolangan Bayonnomaga qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1929-yilda Varshavada imzolangan Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni bir xillashtirish haqidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin;
Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni bir xillashtirish haqidagi 1929-yilgi Konvensiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida 1955-yilda Gaagada imzolangan Bayonnomaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
80-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 128-modda)