Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996 13.11.1992 yildagi 5-4ПЛ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 13.11.1992 yildagi 5-4ПЛ-92-son
Date of entry into force
13.11.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 40-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunlarni asosan toʻgʻri qoʻllamoqdalar. Shu bilan birgalikda ularning faoliyatida ish holatlarini va aybdorning shaxsini taʼrif-tavsiflovchi maʼlumotlarni yuzaki tekshirish faktlari, sodir etilgan jinoiy harakatlarni kvalifikatsiya qilishda va qilingan jinoyat uchun jazo tayinlashda xatoga yoʻl qoʻyish hollari uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatning subyektiv tomonlarini toʻgʻri aniqlamaslik, ayrim hollarda, sudlarni jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazishni yoki ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishni qasddan odam oʻldirishdan, shuningdek qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilishni boshqa jinoyat sostavlaridan farqlay olmasligiga sababchi boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻpincha bezorilik orqasida odam oʻldirishga, juda rahmsizlik bilan odam oʻldirishga, jabrlanuvchining xizmat va jamoat burchini bajarish munosabati bilan oʻldirishga, ikki yoki bir necha kishini oʻldirishga oid ishlar boʻyicha aybdorning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda xatoga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaraz niyat odam oʻldirilgandan soʻng yuzaga kelgan yoki bunday maqsad boʻlmagan hollarda odam oʻldirish harakatlari, baʼzan gʻarazlik bilan odam oʻldirish deb notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha kishi ishtirokida odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlarni sudlar tomonidan koʻrishda ham aybdorning harakatlarini kvalifikatsiya qilishdagi xatolar uchrab turadi. Sudlar har doim ham har bir sudlanuvchining jinoyatni sodir etishdagi xatti-harakatlari va tutgan oʻrnini aniqlamaydilar va ayrim hollarda jabrlanuvchining hayotidan mahrum etishda bevosita qatnashmagan shaxslarni, shuningdek jabrlanuvchini oʻldirish maqsadi boʻlmagan va boshqa jinoyat ishtirokchilarida bunday niyat boʻlganligini bilmagan shaxslarni asossiz ravishda odam oʻldirish jinoyatining birgalikda bajaruvchilari deb topadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasida koʻzda tutilgan ayrim aybni ogʻirlashtiradigan holatlarni izohlashda ham yakdillik yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori har bir jinoyat ishini koʻrishda majburiy hisoblangan sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va obyektiv ravishda tekshirish toʻgʻrisidagi qonun talabi ayniqsa, odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha inobatga olinishi kerakligiga qaratilsin, chunki qonun aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda bu jinoyatni sodir etgan aybdorga oʻlim jazosini qoʻllashni koʻzda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki tergovning toʻla oʻtkazilmaganligi va bir tomonlama yurgizilganligi natijasida ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan odam oʻldirish jinoyatining barcha holatlari aniqlanmagan hollarda va bu kamchiliklarni sud majlisi vaqtida toʻldirish mumkin boʻlmasa, ish qoʻshimcha tergovga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sodir etilgan harakatni toʻgʻri baholash va jazo tayinlash uchun odam oʻldirishning sabablari, maqsadi va usuli muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarga olib, sudlar, barcha hollarda, bu holatlarni aniqlashlari zarurdir. Shuning bilan birgalikda hukmda sudlar tomonidan qilingan xulosalarni asoslovchi aniq dalillar keltirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar qasddan odam oʻldirish uchun jazo tayinlashda aybdorning ijobiy yoki salbiy tomondan taʼrif-tavsiflovchi maʼlumotlarni aniqlash jiddiy ahamiyatga ega ekanligini nazardan chetda qoldirmasliklari lozim. Shu barobar jabrlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni, uning aybdor bilan oʻzaro munosabatini, shuningdek voqea sodir boʻlgan vaqtdagi xatti-harakatini ham tekshirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchining ruhiy tomondan sogʻlomligiga shubha boʻlgan taqdirda sud ruhshunoslik ekspertizasi oʻtkazish, zaruriyat tugʻilganda esa shaxsni tegishli tibbiyot muassasasiga yotqizib kuzatuv olib borish toʻgʻrisida ekspertiza tayinlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bir necha shaxs javobgarlikka tortilayotgan qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar har bir sudlanuvchining jinoyatda ishtiroki xarakteri va darajasini tekshirmogʻi darkor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuning bilan birgalikda odam oʻldirish maqsadi bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchining hayotidan mahrum etishga bevosita qatnashgan shaxslar jinoyatni bajaruvchilari deb tanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchilar tomonidan birgalikda jinoyat sodir etilganda sudlar alohida xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam oʻldirgan shaxslar tomonidan odam oʻldirishni koʻrsatuvchi alomatlar faqat shunday holatlar tegishli boʻlgan jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini kvalifikatsiya qilishda eʼtiborga olinishini koʻzda tutmoqlari darkor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasi yoki 81-moddasida javobgarlik belgilangan qasddan odam oʻldirish toʻgʻri qasd bilan, hamda egri qasd bilan ham sodir etilishi mumkinligini nazarda tutishlari lozim. Qonun mazmuniga koʻra odam oʻldirishga suiqasd qilish faqat toʻgʻri qasd bilan boʻlishi mumkin, yaʼni aybdorning harakatlari u oʻlim yuzaga kelishini oldindan bilgan holda, shuni xohlab, harakat qilganligidan dalolat berishi, ammo oʻlim uning xohishiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga kelmagan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar qasddan odam oʻldirishni qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan hollardan farqlashlari shart. Qasddan odam oʻldirishda aybdor oʻldirish niyati bilan harakat qiladi, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish oʻlimga sabab boʻlgan hollarda esa yuzaga kelgan oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlikdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdorning qasdi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sudlar sodir etilgan jinoyat holatlarining barcha tomonlari yigʻindisini inobatga olishlari va, jumladan, jinoyat usuli va qurolini, jarohatlarning sonini, xarakterini, joylashishini va boshqa yetkazilgan shikastlarni /masalan, insonning hayoti uchun muhim joyiga/, jinoiy harakatlarning toʻxtash sabablarini va h. k., shuningdek aybdor va jabrlanuvchining voqeagacha boʻlgan feʼl-atvorini, ularning oʻzaro munosabatini, jinoyat sodir etilgandan keyingi aybdorning harakatlari xarakterini eʼtiborga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini I bandi bilan oʻzi va boshqa shaxsning qanday boʻlmasin moddiy manfaatdor boʻlishiga /pul,buyum, mulk, mulkiy huquq, uy-joyga egalik qilish huquqi va h. k./ yoki moddiy javobgarlikdan qutilishiga /qarz, nafaqa toʻlash va h. k./, shuningdek boshqa gʻaraz maqsadlarga erishish istagi bilan sodir etilgan qasddan odam oʻldirish harakatlari kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda bosqinchilik jarayonida qasddan odam oʻldirilsa, sodir etilgan jinoiy harakatni qayd etilgan jinoyatlar yigʻindisi bilan kvalifikatsiya qilmoq darkor, chunki Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini I bandi bosqinchilikni oʻz ichiga qamrab olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdorning harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini I bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sudlar, odam oʻldirish jinoyati faqat qanday boʻlmasin moddiy manfaatga ega boʻlish niyati aybdorda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yuzaga kelgan hollardagina gʻaraz maqsadda sodir etilgan deb tanilishini eʼtiborga olishlari kerak. Agarda bunday niyat odam oʻldirilgandan soʻng paydo boʻlgan boʻlsa, uning harakatlarini tegishlicha odam oʻldirish va oʻgʻirlik deb kvalifikatsiya qilish lozim boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 2 bandi bilan aybdorning atrofdagilarga oʻzini qarshi qoʻyish, ularga iltifotsizligini namoyish etish istagi bilan jamoat tartibini oshkora mensimagan holda jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilish, jamoat tartibini va axloq qoidalarini qoʻpol ravishda buzish orqasida qasddan odam oʻldirish harakatlarini kvalifikatsiya qilish kerak. Tashqaridan qaraganda bezorilik tuygʻulari bilan odam oʻldirish koʻpincha sababsiz yoki odam oʻldirishga arzimas bahonani sabab qilib sodir etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda aybdor tomonidan bezorilik tuygʻulari bilan odam oʻldirishdan tashqari jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzish va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilish bilan bogʻliq boshqa harakatlar ham qasddan sodir etilgan boʻlsa, u tomonidan sodir etilgan harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 2 bandi va 204-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish kerak boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rashk orqali, oʻch olish maqsadida va boshqa shaxsiy munosabatlar zamirida yuzaga kelgan qasddan odam oʻldirish, ularni qayerda sodir etilishidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 2 bandi bilan kvalifikatsiya qilinmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 3 bandi bilan jabrlanuvchining xizmat yoki jamoat burchini amalga oshirishdagi qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida, shuningdek bunday faoliyatni bajarishi munosabati bilan oʻch olish niyatida sodir etilgan odam oʻldirish harakatlari kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat burchini bajarish deganda har qanday shaxsning unga xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan yuklatilgan barcha faoliyati, jamoat burchini bajarish deganda esa fuqarolar tomonidan ularga maxsus topshirilgan jamoat majburiyatlari, shuningdek jamoat yoki ayrim shaxslarning manfaati uchun qilingan boshqa harakatlar /qonun buzishlarni oldini olish, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisida hokimiyat organlariga xabar berish va h. k./ tushunilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agarda aybdor ikki yoki bir necha kishini oʻldirish yagona maqsadi bilan ikki yoki bir necha kishini oʻldirsa bunday odam oʻldirish harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 4 bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir odam oʻldirilib ikkinchisining hayotiga suiqasd qilinganda, ikki yoki bir necha kishini oʻldirish jinoyatini oxiriga yetkazilgan deb baholab boʻlmaydi, chunki bu vaziyatda ikki yoki bir necha kishini oʻldirish toʻgʻrisidagi jinoiy maqsad aybdorning erkiga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelishi natijasida oxiriga yetkazilmaydi. Bunday hollarda jinoiy harakatni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 81-moddasi yoki 80-moddasi va 15, 80-moddasini 4 bandi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I0. Qasddan odam oʻldirishni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 6 bandi bilan kvalifikatsiya qilishda qonun juda rahmsizlikni odam oʻldirishning usuli bilangina emas, balki aybdorning juda rahmsizligini namoyon etuvchi boshqa holatlar bilan ham bogʻlashligini eʼtiborga olish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Juda rahmsizlikning belgilari, jumladan: jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yoki odam oʻldirish jarayonida qoʻllanilgan qiynash, azoblash yoki oʻlikni tahqirlash hollarida, shuningdek odam oʻldirish aybdor tomonidan ataylab jabrlanuvchini qattiq azoblash usuli bilan sodir etilganda /juda koʻp miqdorda jarohat yetkazish, azoblaydigan zahar berish, insonni tirikligicha yoqib yuborish, uzoq muddat oziq-ovqat, suv bermaslik va h. k./ namoyon boʻladi. Shuningdek aybdor oʻzining harakatlari bilan ularga azob-uqubat berayotganini anglagan holda jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining koʻz oldida oʻldirganida ham juda rahmsizlik alomatlari ifoda boʻlishi mumkin. Jinoyatni yashirish maqsadida oʻlikni yoʻq qilish yoki boʻlaklarga boʻlish odam oʻldirishni juda rahmsizlik bilan kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻladigan holatlar sifatida qaralishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar, koʻp miqdorda tan jarohatlari yetkazish, shuningdek jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining koʻz oldida oʻldirishdek juda rahmsizlikning alomatlari mavjud boʻlsada, jabrlanuvchi tomonidan qilingan zoʻrlik yoki ogʻir haqorat tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan odam oʻldirishni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 82 yoki 84-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerakligini eʼtiborga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasddan odam oʻldirishni koʻpchilikning hayoti uchun xavfli boʻlgan usullar bilan qilingan deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdorning, muayyan shaxsni oʻldirish maqsadini amalga oshirishda, yagona odam uchungina emas, balki boshqalarga nisbatan ham xavfli boʻlgan odam oʻldirish usulini qoʻllaganligini anglaganligi aniqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxslarga tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda aybdorning harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 6 bandidan tashqari qasddan badanga shikast yetkazishni koʻzda tutuvchi jinoyat kodeksining moddalari bilan ham kvalifikatsiya qilinishi darkor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nomusga tegish bilan bogʻliq odam oʻldirish deganda nomusga tegish jarayonida yoki nomusga tegishni yashirish maqsadida qasddan odam oʻldirishni, shuningdek nomusga tegishda qarshilik koʻrsatganligi uchun oʻch olish maqsadida sodir etilgan odam oʻldirishni tushunmoq kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda bir-biridan alohida boʻlgan ikkita jinoyat sodir etilishini nazarga olib sodir etilgan harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 8 bandi va 94-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Aybdorning boshqa millatga, irqqa, dinga mansub shaxsni muayyan millat va irqqa mansubligi, diniy eʼtiqodi yoki oʻz millati va irqining urf-odatlarini, diniy eʼtiqodini amalga oshirgani uchun qasddan oʻldirish harakatlari, shuningdek ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etgan qasddan odam oʻldirish harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 9 bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tartibsizliklar jarayonida aybdor tomonidan qasddan odam oʻldirishdan tashqari qirgʻin solish, vayron qilish, oʻt qoʻyish va shuning kabi boshqa jinoyatlar ham sodir etilsa, uning harakatlari jinoyatlar yigʻindisi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi darkor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 10 bandi muqaddam qasddan odam oʻldirgan (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam oʻldirish yoki ona tomonidan goʻdak bolasini oʻldirish, shuningdek zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam oʻldirishdan tashqari) shaxs tomonidan, aybdor birinchi jinoyati uchun sudlangan-sudlanmaganligidan qatʼiy nazar, qasddan odam oʻldirganlik uchun javobgarlikni koʻzda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy ravishda qasddan odam oʻldirish yoki unga suiqasd qilish uchun javobgarlik, aybdor muqaddam odam oʻldirgan yoki suiqasd qilganligidan, jinoyatni qilishda bajaruvchi yoki ishtirokchi boʻlganligidan qatʼiy nazar, vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda aybdordan muqaddam sodir etgan qasddan odam oʻldirganligi uchun sudlanganligi amnistiya yoki avf etish yoʻli bilan olib tashlansa, yohud qonunda belgilangan tartibda bekor qilinsa yoki olib tashlansa, shuningdek odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan vaqtga kelib Oʻzbekiston Respublikasi JKning 46-moddasida koʻrsatilgan muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari oʻtgan boʻlsa, odam oʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 10 bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini ikki yoki undan ortiq bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan qasddan odam oʻldirish harakatlari shu holatlarni koʻzda tutgan barcha bandlar bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hollarda jazo har bir band boʻyicha alohida tayinlanmasligi kerak, ammo jazo tayinlashda aybni ogʻirlashtiradigan bir necha holatlar borligi inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agarda ayb mazmunini oʻzgarishiga sabab boʻladigan boʻlsa sudning, jinoyat-protsessual qonunga koʻra, sud jarayonining barcha bosqichida ham, ishni qoʻshimcha tergovga yubormasdan aybdorning harakatlari kvalifikatsiyasini oʻzgartirishga haqi yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi jinoyat kodeksi moddasining notoʻgʻri tadbiq etilgan bandini sudlar tomonidan shu moddaning boshqa bandiga almashtirish faqat kvalifikatsiyaning oʻzgarishi ayb mazmunini oʻzgarishiga va sudlanuvchining himoya huquqini buzilishiga sabab boʻlmagan hollardagina mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 80-moddasini 4, 5, 6, 10 bandlarida koʻrsatilgan holatlarda toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam oʻldirish, shuningdek zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam oʻldirish harakatlari aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda odam oʻldirish deb kvalifikatsiya qilinmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolatidan tashqari chiqib sodir etgan qasddan odam oʻldirish harakatlari qasddan odam oʻldirish uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalar va Oʻzbekiston Respublikasi JKning 150-moddasini 2 qismida koʻrsatilgan jinoyatlar yigʻindisi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Banda ishtirokchilari tomonidan hujum vaqtida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish harakatlari banditizm va qasddan odam oʻldirish zayilida sodir etilgan jinoyatlar yigʻindisi bilan kvalifikatsiya qilinishi darkor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Alohida xavfli retsidivist yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan shaxs tomonidan tuzalish yoʻliga kirgan mahbuslarni dahshatga solishda (terror qilishda) yohud maʼmuriyatga hujum qilishda sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyat qonunining qasddan odam oʻldirish va axloq tuzatish-mehnat muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak, chunki Oʻzbekiston Respublikasi JKning 67-moddasini dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etilishini qamrab olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qasddan odam oʻldirishda aybdor boʻlgan shaxslarga jazo tayinlashda sudlar alohida yondoshish tartibiga qattiq rioya qilish kerakligiga eʼtiborlarini qaratishlari zarur. Shu bilan birgalikda sudlar oʻlim jazosi favqulodda jazo chorasi ekanligini va aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish uchun qonun uni tadbiq etishga yoʻl qoʻyishini, ammo bu jazoni qoʻllashni talab etmasligini inobatga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlim jazosini tayinlash masalasi sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini eʼtiborga olib, har bir holatda, alohida hal qilinishi kerak. Oʻlim jazosi tayinlangan barcha hollarda ham hukmda bunday jazoni tayinlash sabablari koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudlarida koʻrilishi ustidan kassatsiya va nazorat bosqichi sudlari tegishli nazoratni taʼminlashlari, qabul qilingan hukmlarning qonuniyligini va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1978-yil 24-maydagi 2-sonli va 1983-yil 12-dekabrdagi 8-sonli, shuningdek SSRI Oliy Sudi Plenumining 1975-yil 27-iyundagi “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” gi qarorlari kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining aʼzosi I. IShMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 13-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-4PL-92-son