Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006 19.07.1996 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 19.07.1996 yildagi 16-son
Date of entry into force
19.07.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat uchun jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunlarga ogʻishmay amal qilish sudlarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni taʼminlash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyoti tahlili jazo tayinlash toʻgʻrisidagi masala 1994-yil Oliy sudning Plenumida muhokama qilinishi va koʻrilgan boshqa choralar natijasida respublikada jinoyat uchun jazo choralari qoʻllashda, asosan toʻgʻri yondashuv taʼminlanganligini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, bu masalada respublikadagi qonuniylikning ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatadigan jiddiy kamchilik va xatolarga batamom barham berilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga yengil jazo tayinlash hollari jinoyat uchun jazo qoʻllash masalasida toʻgʻri va barqaror sud amaliyotini yaratishga toʻsiq boʻlayapti. Tovlamachilarga /reketchilarga/, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tajovuz qilgan shaxslarga, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, qurol tarqatuvchilarga yon bosish hollari uchrab turibdi. Shu tarzda qonun buzilishlar respublikaning ayrim mintaqalarida mavjudligi tekshirish vaqtida aniqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasining mohiyati va mazmunini aniq his etmayaptilar. Chunonchi, ular uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, garchi ularni jamiyatdan ajratmagan holda tuzatishning iloji boʻlsa ham, jinoyat qonuni sanksiyasida koʻzda tutilgan jazodan ham yengilroq yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar qoʻllash masalasini dolzarb boʻlsa ham, muhokama qilmayaptilar va bunday jazolarni asossiz ravishda qoʻllamayaptilar. Oxirgi paytlarda bunday faktlar voyaga yetmaganlar va ayollarga nisbatan ham tez-tez uchramoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyotida sudlanuvchiga jazo turi va miqdorini jinoyatning qanday holatlarda sodir etilganligini inobatga olmasdan, faqat u yoki bu jinoyatning tabiatidan kelib chiqib, tayinlash hollari uchrab turibdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanganlarga qonun sanksiyasida koʻrsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash sabablari koʻpincha asoslantirilmaydi. Qator ishlar boʻyicha jinoyatlar mast holda, uyushgan guruhlar, muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan va hokazo holatlarda sodir etilsada, sudlar asossiz ravishda bularni javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topmaydi. Aybdorga nisbatan harbiy yoki maxsus unvondan, muayyan huquqdan mahrum etish kabi qoʻshimcha jazolar qoʻllash muhimligiga yetarlicha ahamiyat berilmaydi.
(preambulaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda doim ham jazo tayinlash paytida sudlar yoʻl qoʻygan jiddiy xatolar tuzatilmaydi, baʼzan birinchi bosqich sudlarini toʻgʻri yoʻldan chalgʻituvchi qarorlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy jazo choralari tayinlashdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu haqdagi qonunlarni toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash yuzasidan sudyalarning masʼuliyatini oshirish maqsadida, shuningdek yangi Jinoyat kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga quyidagi koʻrsatmalarni berishga qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JAZO TAYINLAShNING UMUMIY ASOSLARINI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Odil jazo tayinlash respublikada qonuniylikni, fuqarolarning xavfsizligini va konstitutsiyaviy huquqlarini sud yoʻli bilan himoyalashni taʼminlashning juda muhim negizi boʻlib, u javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar majmui hamda aybdorning shaxsiyatini eʼtiborga olgan va faqat alohida yondashuv, insonparvarlik va adolat qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda belgilanishi zarur. Bunda Jinoyat kodeksi 42-moddasining 2-qismiga muvofiq jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllanilishini inobatga olmoq kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Sudlar ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qoʻllashlari lozim. Bunda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tajovuz qilish, poraxoʻrlik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar va qurollar tarqatish kabi, shuningdek respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar alohida xavf tugʻdirishini nazarda tutish kerak. Bunday shaxslarga nisbatan yon bosishning har qanday koʻrinishlari qonuniylikni jiddiy buzish deb baholanishi lozim. Shu bilan birga ogʻir jazo choralari, Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan holdagina tayinlanishi mumkinligi ham eʼtiborga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, sudlar uncha ogʻir boʻlmagan va jiddiy zararli oqibatlarni yuzaga keltirmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor boʻlgan hamda jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin boʻlgan shaxslarga, ayollarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni tayinlash uchun qonunda belgilangan barcha imkoniyatlardan foydalanmoqlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolaversa, qonunda turli jazolar nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni qoʻllash masalasi muhokama qilish sudlar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Sudlar jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida koʻrsatilgan va doirasi tugal boʻlmish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlarni eʼtibordan chetda qoldirishga haqli emaslar. Sud bu holatlardan birortasini jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmagan taqdirda, bunga hukmda batafsil asoslar keltirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻladigan belgilar jazoni ogʻirlashtiradigan holat deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Jinoyat kodeksining 36-moddasiga muvofiq garchi rasmiy jihatdan jinoyat qonunida koʻrsatilgan biror bir harakatning alomatlari mavjud boʻlsa ham, lekin oʻzining kam ahamiyatliligi sababli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb hisoblanmaydi. Shu sababli sudlar har bir muayyan ishni koʻrish paytida, xatti-harakatning jamoat uchun xavflilik darajasi masalasini batafsil muhokama qilib, aniqlangan holatlarga qarab asoslantirilgan qaror qabul qilishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Sodir etilgan jinoyatning jamiyat uchun xavfliligini baholashda muayyan jinoiy xatti-harakatni sodir etishdagi barcha holatlar /ayb shakli, jinoyatni sodir etish usuli, sababi, vaziyati va bosqichi, kelib chiqqan oqibatning ogʻirligi, jinoyat ishtirokchilaridan har birining ishtiroki darajasi va xususiyati va hokazo majmuiga asoslanmoq kerak. Sudlanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular jazoning turi va miqdorini belgilashda muhim ahamiyatga egaligi tufayli, har tomonlama va toʻla tekshirilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlangandan soʻng yangidan qasddan jinoyat sodir qilish quyidagi hollarda jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb hisoblanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar birinchi marta sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlangan yoki oʻchgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoinki ilgari sodir etgan jinoiy xatti-harakatlari uchun javobgarlik qonun bilan bekor qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan boʻlsa.
(1.6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning samaradorligiga eʼtibor berish lozim. Shu bilan birga ogʻir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganligi uchun ichki ishlar organlarida hisobda turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda qatʼiyatsizlikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.8. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga binoan oʻlim jazosi faqat aybni ogʻirlashtiruvchi alohida holatlar va shu bilan birga oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxsning mutlaq xavfliligi uni qoʻllash zaruriyatini taqozo etgan taqdirdagina qoʻllaniladi. Bunday jazo qoʻllash chogʻida sudlanuvchining ruhiy jihatdan tekshirilganligiga sudlar alohida eʼtibor berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlim jazosini qoʻllash barcha hollarda ham hukmda jinoyatni sodir etishning barcha holatlarini, sababi va motivini, shuningdek faqat sudlanuvchini emas, balki jabrlanuvchini ham tavsiflovchi toʻla maʼlumotlarni eʼtiborga olgan holda asoslantirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.9. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy qoidalariga rioya qilinganligini, tayinlangan jazo jinoyatning ogʻirligi va mahkumning shaxsiyatiga mutanosibligini, tanlangan jazo chorasi toʻgʻrisidagi xulosa va jazo tayinlashda inobatga olingan muayyan ish holatlarini hukmda bayon etish tartibini belgilovchi Jinoyat-protsessual qonuni meʼyorlariga amal qilinganligini sinchiklab tekshirishlari zarur. Yuqori sudlar birinchi bosqich sudlari tomonidan jazo tayinlash masalasida yoʻl qoʻyilgan xato va qonun buzilishlarni oʻz vaqtida aniqlab bartaraf etishlari, shuningdek ularning takrorlanmasligini taʼminlovchi choralarni koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ayblov hajmi, jinoyatni sodir etishda mahkumning aybi yoki ijrochilik shakli, jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi birinchi bosqich sudining xulosalarini notoʻgʻri deb topib, shu munosabat bilan hukmga oʻzgartirish kiritsa /masalan, ayblov epizodi yoxud bir yoki bir nechta jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar chiqarilsa, shaxs ijrochilikka sherik emas, balki koʻmakchi deb tanilsa, shaxsning harakatida suiqasd emas, balki jinoyatga tayyorgarlik bor deb topilsa/, mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni kamaytirish masalasini muhokama qilishi shart va faqat tegishli asoslar keltiribgina uni oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
(1.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.10. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichi sudlarining eʼtiborlari shunga alohida qaratilsinki, hukmlarni qayta koʻrib chiqish chogʻida xavfli jinoyatchilar, retsidivistlar hamda uyushgan guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan jazoni asossiz ravishda kamaytirish yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish hollariga chek qoʻyilishi lozim.
(1.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIR NEChA JINOYAT VA BIR NEChA HUKM YUZASIDAN JAZO TAYINLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Qonunda koʻzda tutilgan, jinoyatlar jami boʻyicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy harakat jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan boʻlib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish boʻyicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish boʻyicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolaversa shaxs tomonidan ayni bir moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganlik uchun jinoyatlar majmuini belgilashda javobgarlik shu moddaning ogʻirroq jazo nazarda tutilgan qismi boʻyicha yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hukmda dastavval har bir jinoyatga alohida jazo tayinlab, soʻngra jinoyatlar jami boʻyicha qatʼiy jazo belgilashi zarurligi toʻgʻrisida Jinoyat kodeksining 59-moddasi, shuningdek Jinoyat-protsessual kodeksining 468-moddasida belgilangan tartib ham asosiy jazo, ham qoʻshimcha jazo choralari tayinlashga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar jami boʻyicha jazo belgilashda sud muayyan jinoyat uchun tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshishga majbur / masalan, ozodlikdan mahrum etish turidagi jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshishga/. Biroq, Jinoyat kodeksi 50-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq jinoyatlar jami boʻyicha tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish jazosi eng koʻp muddatining toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda jazo turlarining yengil-ogʻirligi darajasi Jinoyat kodeksi 43-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan ketma-ketlik bilan belgilanishini nazarda tutish lozim.
(2.1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Jinoyatlar jami boʻyicha jazoni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasi alohida jinoyatlar uchun bir turdagi yoki har xil turdagi jazo tayinlashda ham qoʻllanilishi mumkin. Bunda sudlar Jinoyat kodeksining 61-moddasida nazarda tugilgan jazolarni hisoblash qoidalariga amal qilishlari lozim. Qatʼiy jazo uning eng ogʻir turi boʻyicha belgilanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Bir necha jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga shartli jazo belgilash toʻgʻrisidagi qaror faqat ularga nisbatan qatʼiy jazo belgilangandan soʻng jazoning turi va miqdoridan kelib chiqqan holda hukmda koʻrsatilishi lozimligini sudlar inobatga olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismini qoʻllashda jinoyatlar jami uchun belgilangan qatʼiy jazo, birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazodan kam boʻlishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni qoʻshish paytida sud birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismidan emas, balki uning toʻliq miqdoridan kelib chiqishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Hukmni chiqarish uni ochiq eʼlon qilish bilan yakunlanishi sababli Jinoyat kodeksining 60-moddasida koʻzda tutilgan hukmlar jami boʻyicha jazo tayinlash qoidasi mahkum tomonidan birinchi hukm eʼlon qilingandan soʻng, lekin hukm boʻyicha tayinlangan asosiy va qoʻshimcha jazolar toʻla oʻtalgunga qadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning yana boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga qadar, boshqalari esa oʻsha hukm chiqarilgandan soʻng sodir etilgan boʻlsa, ikkinchi hukm boʻyicha jazo Jinoyat kodeksining ham 59, ham 60-moddalarida belgilangan tartibga rioya etilgan holda tayinlanadi. Bunda avvalo birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar jami boʻyicha, undan keyin Jinoyat kodeksining 59-moddasini 4-qismi qoidasiga asosan, soʻngra birinchi hukm chiqarilgandan keyin sodir etilgan jinoyatlar jami boʻyicha va nihoyat, hukmlar jami boʻyicha jazolar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Bir necha hukmlar yuzasidan jazo chorasi belgilashda sudlar hukmning kirish qismida ilgarigi hukm yuzasidan belgilangan jazoning turi va oʻtalmagan qismini aniq koʻrsatmogʻi va uni Jinoyat kodeksining 60-moddasiga koʻra, yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazoga toʻla yoki qisman qoʻshmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oldingi hukm yuzasidan belgilangan jazoning oʻtalmagan qismi deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 72-moddasida koʻrsatilgan tartibda shartli hukm qilinganda, shuningdek, JPKning 533-moddasida nazarda tutilgan tartibda hukmning ijrosi kechiktirilganda jazoning toʻliq muddati /ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tarzida qamoqda saqlangan vaqt bundan mustasno/;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganda mahkumni oʻtamay qolgan jazo qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Afv toʻgʻrisidagi hujjatga koʻra yoki Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan oʻtalmagan jazo qismi boshqa yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxsga yangi jinoyat sodir etganligi uchun jazo tayinlash paytida, yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga oʻsha yengil jazoning oʻtalmagan qismi toʻla yoki qisman qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Sudlar shuni hisobga olishlari zarurki, hukmlar jami boʻyicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm boʻyicha belgilangan jazoning oʻtalmagan qismidan ham koʻproq boʻlishi kerak. Bunda ozodlikdan mahrum etish turidagi qatʼiy jazo yigirma besh yildan, ayollarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga hamda oʻn sakkiz yoshga qadar, yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan esa oʻn besh yildan oshmasligi lozim.
(2.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Jinoyat kodeksi 60-moddasi maʼnosiga koʻra, ilgarigi hukm boʻyicha tayinlangan va oʻtalmagan qoʻshimcha jazo, qatʼiy asosiy jazoga toʻla yoki qisman qoʻshimcha jazo sifatida biriktirib berilishi yoki yangi hukm boʻyicha tayinlangan turdagi qoʻshimcha jazoga, shu turdagi qoʻshimcha jazo uchun belgilangan muddat doirasida toʻla yoki qisman qoʻshib qoʻyilishi mumkin. Har xil turdagi qoʻshimcha jazolar alohida-alohida ijro etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.10. Bir jinoyati uchun sudlanib hukm chiqqan, lekin hukm boʻyicha jazoni oʻtamagan shaxs, birinchi hukm chiqqunga qadar boshlanib, hukm chiqqandan soʻng ham davom etgan surunkali va davomli jinoyat sodir etishda aybdor deb topilsa, ikkinchi hukm boʻyicha unga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalariga rioya etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi, 60-moddasi talablariga muvofiq belgilangan qatʼiy jazoni oʻtash muddati oxirgi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda tayinlangan jazodan soʻnggi ish boʻyicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda oʻtirgan vaqt inobatga olingan holda chegirib tashlanadi. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi qoidasi tartibida tayinlangan jazo muddatidan, bundan tashqari, birinchi hukm boʻyicha oʻtalgan jazo ham chegirilib tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.12. Sudlarga tushuntirilsinki, jinoyat qonunini quyidagicha notoʻgʻri qoʻllash hollari hukmning bekor boʻlishiga olib keladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanmasdan, jinoyatlar jami boʻyicha jazo belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlab, jinoyatlar jami boʻyicha qatʼiy jazo belgilamaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.12-bandning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.13. Jinoiy harakat jinoyat qonunining bir moddasidan yengilroq jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi bir nechta moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinganda, basharti bu bilan mahkumning ahvoli ogʻirlashmasa va uning himoya huquqi buzilmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazo masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksining 59-moddasida nazarda tutilgan tartibni qoʻllaydi. Bunda jinoyatlar jami uchun belgilangan qatʼiy jazo birinchi bosqich sudi tayinlagan jazodan ogʻir boʻlmasligi lozim.
(2.13 band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OZODLIKDAN MAHRUM ETISh JAZOSINI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, ayrim hollarda esa, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda tuzatish mumkin boʻlmasa, oʻrtacha ogʻirlikdagi jinoyat sodir etganlarga nisbatan jinoyat uchun jazo turi sifatida qoʻllanilishi zarur. Ushbu jazo turini qoʻllash sabablari hukmda asoslantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqmoq va nima uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo qoʻllanilmayotganligi sabablarini hukmda asoslantirmoq lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanganida har bir modda boʻyicha uning muddati koʻrsatilmogʻi zarur. Ozodlikdan mahrum qilish jazoni oʻtash joyining turi faqat jinoyatlar jami boʻyicha jazo tayinlashda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AXLOQ TUZATISh IShINI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetgan, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, yosh bolasini boqish uchun taʼtilda boʻlgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan tayinlanmaydi. Sudlar xizmat yoki kasb vazifasi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish ishi jazosini oʻz ish joyida ilgarigi xizmat mansabida yoki kasbida oʻtashni, odatda, qoʻllamasliklari lozim, chunki aybdorni oʻz ish joyida qoldirish jazoning tarbiyaviy ahamiyati va taʼsir etish kuchini susaytirishi mumkin /jumladan, xaridorlarni aldagani uchun sudlangan sotuvchilarga, oʻziga ishonib topshirilgan moddiy qimmatliklar yoki pullarni oʻzlashtirgan shaxslarga va boshqalarga/.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdorlarga axloq tuzatish ishi tayinlash chogʻida, sudlar uning muddati va ish haqidan chegirish miqdori masalasini jazo tayinlashda alohida yondashish zarurligi toʻgʻrisidagi qonun talabiga rioya etgan holda belgilashlari kerak. Jumladan, sudlanuvchilarning, ayniqsa korxonalar, muassasalar, davlat va jamoa xoʻjaliklarida ishlovchi voyaga yetmagan shaxslarning moddiy sharoitlarini chuqur tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axloq tuzatish ishi jazosini tayinlashda uning muddati, ushlab qolinadigan miqdor foizi oldin har bir modda boʻyicha alohida-alohida, soʻngra ularning majmui boʻyicha koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Axloq tuzatish ishiga sudlangan shaxsga ushbu jazoni oʻtash davrida berilgan maʼmuriy jazo hukmda belgilangan axloq tuzatish ishini oʻtash muddatiga kirmaydi. Binobarin, maʼmuriy tartibdagi qamoqni oʻtayotgan shaxsga jinoyati uchun axloq tuzatish ishi tayinlashda, bu hukm alohida, maʼmuriy jazo oʻtab boʻlingandan soʻng ijro etilishini ham sudlar nazarda tutishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Jinoyat kodeksi 46-moddasi 4-qismining mazmuniga koʻra, axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxs jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining oʻtalmagan muddatini shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi almashtirilishi lozim boʻlgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam ozodlikdan mahrum qilish jazosini koʻzda tutishining yoki umuman ozodlikdan mahrum qilish jazosini kuzda tutmasligining ahamiyati yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, sud bu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirilgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Mahkumning quyidagi harakatlari ish joyida oʻtaladigan axloq tuzatish ishi jazosini oʻtashdan boʻyin tovlash deb hisoblanib, sud tomonidan uni axloq tuzatish ishi qoʻllanilishini taʼminlovchi organlar belgilaydigan boshqa joylarga jazoni oʻtash uchun yuborishga asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olingan yoki avvalgi ish joyini qoldirgan kundan boshlab 15 kun ichida uzrsiz sabablarga koʻra ishga kirmaslik; yangi yashash joyiga koʻchib kelgandan soʻng 15 kun ichida uzrsiz sabablarga koʻra axloq tuzatish ishi qoʻllanilishini taʼminlovchi organlarga uchramaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlangan jazo muddati davomida muttasil tarzda uzrsiz sabab bilan ishga chiqmaslik /progul/ yoki ish joyida mast holda boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Mahkumni jazoning qolgan qismini qamoq joylarida oʻtash uchun yuborish masalasini hal qilishda sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ, ushbu jazoning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrganligi, mahkumni qonun talabiga koʻra jazoni oʻtashdan bosh tortganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirganligi haqidagi maʼlumotlarga ham ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarur boʻlgan maʼlumotlarni sud majlisida toʻplashning imkoniyati boʻlmasa, sudya ishni koʻrishga tayyorlashda, oʻzining asoslantirilgan qarori bilan uni jazoni ijro etayotgan organga toʻldirish uchun yuboradi. Bunday kamchiliklar sud majlisida aniqlansa, sud qaytarish sabablarini koʻrsatib ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddasiga binoan axloq tuzatish ishining oʻtalmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkumning ishtirokida koʻriladi, uning yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan boʻyin tovlayotganligi toʻgʻrisida ishda yetarli asoslar mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShARTLI HUKM QILISh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shartli hukm qilish chogʻida sud, Jinoyat kodeksi 72-moddasi talabiga muvofiq bir yildan uch yilgacha sinov muddati belgilashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi qarori asoslantirilgan boʻlishi hamda bu xulosa Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasi talabiga koʻra hukmning bayonot-asoslantirish qismida yoritib berilishi lozim. Hukmning qaror qismida esa bitta jinoyat, jinoyatlar jami yoki hukmlar jami uchun qatʼiy jazo belgilangandan soʻng, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli deb hisoblanishi va sinov muddati belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi qonunlar mazmuniga koʻra, tayinlangan jazoning faqat toʻla muddatiga nisbatangina shartli hukm qoʻllanilishi mumkin. Shuning uchun ham jazoning oʻtalmagan qismini shartliga almashtirish haqidagi sud qarorlari qonunga xilof hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hukmi boʻyicha tayinlangan jazo apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqichi sudi tomonidan shartliga almashtirilib, sinov muddati belgilansa, bu holda qonunga muvofiq bu muddatning oʻtishi ajrim /qaror/ chiqqan kundan emas, balki hukm eʼlon qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
(5.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Shartli hukm qilishda raislik etuvchi sudya hukmni eʼlon qilgandan soʻng mahkumga sinov muddatining ahamiyatini tushuntirishi va bu muddat tugagunga qadar yangi jinoyat sodir etganida, jamoat tartibini yoki mehnat intizomini buzganida kelib chiqadigan oqibatlar toʻgʻrisida uni ogohlantirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli hukm qilishda hukm boʻyicha belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 541-moddasiga muvofiq hal etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JARIMANI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Sudlarga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan jarima jazosini koʻproq tatbiq etish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima jazosini tatbiq etishda uning miqdori shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgan paytdagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning jarimani toʻlashdan boʻyin tovlashi Jinoyat kodeksi 44-moddasida qayd etilgan huquqiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QAMOQNI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Qamoq jazosini tayinlashda sudlar ushbu jazoni belgilashni sudlanganning dastlabki tergov bosqichida qamoqqa saqlanganligi bilan asoslamasliklari yoki bogʻlamasliklari lozim. Ushbu jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosi kabi sudlanganni qayta tarbiyalashga, uni jamiyatdan ajratmagan holda, erishish mumkin boʻlmagan hollardagina qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QONUNDA KOʻRSATILGANIDAN HAM ENGILROQ JAZO QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo turiga oʻtish faqat sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud boʻlgandagina mumkin boʻladi, masalan: maʼnaviy ziyonni yoʻqligi yoki yetkazilgan mulkiy zararni toʻliq qoplanganligi, sudlanuvchini yoxud uning ota-onasini jiddiy kasalligi, ularning mehnatga yaroqsizligi, aybdorni oilada yagona boquvchi ekanligi, sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining jinoyatni sodir etilishga sababchi boʻlgan gʻayriqonuniy harakatlari va sh.oʻ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday jazo belgilash masalasi har safar muayyan ish mazmunidan, aybdorning sodir etilgan harakatidan keyingi oʻzini tutishdan, uning sodir qilingan jinoyatga munosabatidan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim va bu haqdagi sud xulosasi hukmda asoslantirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda koʻrsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida tegishli modda /qism, band/ boʻyicha Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, tayinlangan qatʼiy jazo chorasini koʻrsatish kifoya boʻlib, uni qoʻllash sabablari hukmning bayonot-asoslantirish qismda koʻrsatilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aybdor jinoyat qonunining turli moddalarida koʻzda tutilgan bir necha jinoyat uchun sudlanayotgan boʻlsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasi jinoyatlar jami boʻyicha tayinlanadigan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aybdorning jinoiy harakati kvalifikatsiya qilinayotgan modda boʻyicha qoʻshimcha jazo qoʻllash shart boʻlsa, sud bunday jazoni faqat Jinoyat Kodeksining 57-moddasida belgilangan holatlar mavjud boʻlgandagina va hukmda tegishli asoslar keltirib, qoʻllamasligi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga boshqa, yengilroq jazo tayinlasa, bu holat aybdorning harakati kvalifikatsiya qilinayotgan modda koʻzda tutgan qoʻshimcha jazolarni qoʻllash imkoniyatini cheklamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻShIMChA JAZOLARNI QOʻLLASh BOʻYIChA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Sudlar qoʻshimcha jazo tayinlash masalasiga alohida eʼtibor berishlari zarur, binobarin, asosiy va qoʻshimcha jazolarni toʻgʻri uygʻunlashtirish orqaligina jazo tayinlashda odillik qoidasiga izchil amal qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat qonuni quyidagi hollarda notoʻgʻri qoʻllanilgan hisoblanib, Jinoyat-protsessual kodeksining 484-moddasining 4-bandi va 488-moddasiga koʻra hukmning bekor boʻlishiga sabab boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 57-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻlmagan taqdirda, tayinlanishi qonun boʻyicha majburiy boʻlgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish turidagi qoʻshimcha jazo muddatini koʻrsatmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha jazoni faqat jinoyatlar jami boʻyicha tayinlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(9.1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muayyan jinoyat uchun qonunda koʻrsatilganidan ham kamroq asosiy jazo belgilash yoki boshqa yengilroq asosiy jazo turiga oʻtish aybdorga nisbatan qoʻshimcha jazo tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.4. Qoʻshimcha jazolar sudlanuvchi aybdor deb topilgan jinoyat qonuni moddasida belgilangan doirada tayinlanadi. Agar qonun moddasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi koʻrsatilmagan boʻlsa, bu jazo Jinoyat kodeksi umumiy qismi qoidalariga asosan qoʻllaniladi va u Jinoyat kodeksi 45-moddasida belgilangan doirada tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.5. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq sodir etilgan jinoyat shaxsning oʻz mansabi boʻyicha xizmat burchini bajarish yoki ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlsa, sud jinoyatning xususiyatini hisobga olib, sudlanuvchini u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish masalasini har safar muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm chiqarilayotgan paytga kelib sudlanuvchining jinoyat sodir etish bilan bogʻliq boʻlgan mansabni egallamayotganligi yoki faoliyat bilan shugʻullanmayotganligi ushbu qoʻshimcha jazoni tayinlash uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.6. Jinoyat kodeksi maxsus qismining turli moddalarida koʻzda tutilgan bir nechta jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qoʻshimcha jazo asosiysi singari, dastavval har bir harakat uchun alohida-alohida, soʻngra jinoyatlar jami uchun tayinlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jinoyatlar jamiga kiruvchi ikki va undan koʻp jinoyatlar uchun aynan bir turdagi qoʻshimcha jazo tayinlangan boʻlsa, uning qatʼiy miqdori koʻproq qoʻshimcha jazo muddatini koʻzda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni toʻla yoki qisman qoʻshish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qoʻshimcha jazo Jinoyat kodeksi umumiy qismining qoidalari asosida qoʻllanilgan hollarda esa ushbu jazo turi uchun belgilangan eng koʻp muddat doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.7. Agar sud muayyan huquqdan mahrum qilish turidagi qoʻshimcha jazo tayinlash chogʻida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq koʻrsatmagan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya (nazorat) bosqichi sudi, unga mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda aniqliklar kiritishga haqli. Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham Jinoyat-protsessual kodeksining 541-moddasida koʻzda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin.
(9.7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qoʻshimcha jazolar sud tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilgan taqdirda, ularning umumiy muddati uch yildan oshmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(9.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.11 Mulk dastlabki tergov davrida Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlanadi.
(9.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.12. Sudlar xatlangan mulk haqiqatdan ham sudlanuvchiga tegishli ekanligini tekshirishlari, agar unga tegishli boʻlmagan mulkning xatlanganligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud boʻlib, mulkka egalik toʻgʻrisida nizo boʻlmasa, uni roʻyxatdan chiqarishi, xatlanganligini bekor qilish va qonuniy egasiga qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.13. Avtomobillar, mototsikllar va boshqa transport vositalari, agar ular mahkumga tegishli boʻlib, ashyoviy dalil deb topilsa va ulardan qasddan sodir etilgan jinoyatda mahkum yoki uning sheriklari qurol sifatida foydalangan boʻlsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq albatta musodara etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(9.13-bandning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jazo tayinlash amaliyotini muttasil ravishda oʻrganishlari va umumlashtirishlari, bu boradagi qonunlarni qoʻllashda yoʻl qoʻyilayotgan xatolar va sud faoliyatining ijobiy tomonlarini doimo tahlil qilib borishlari, bu haqda sudyalarni xabardor qilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1994-yil 7-yanvardagi 3-sonli “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi Y. TURSUNBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son