Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.02.1999 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 05.02.1999 yildagi 50-son
Date of entry into force
05.02.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.02.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKANING ENG MUHIM OBYEKTLARINI OʻZ VAQTIDA FOYDALANIShGA TOPShIRIShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar qurilishini belgilangan muddatlarda tugallashni taʼminlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Qoʻngʻirot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinatini va Fargʻona shahridagi kimyo sanoati obyektlarini foydalanishga topshirish boʻyicha Respublika shtabi ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazirning oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, A.N. Isayev shtab rahbarlari etib tayinlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika shtabiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Qoʻngʻirot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinatini va Fargʻona shahridagi kimyo sanoati obyektlarini ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning tegishli obyektlari bilan birgalikda oʻz vaqtida foydalanishga topshirish uchun javobgarlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar, tashkilotlar va firmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumatning obyektlar qurilishi boʻyicha qarorlari, pudrat shartnomalari (kontraktlar) shartlari, ishlarni bajarish jadvallari, loyihalashtirish va asbob-uskunalar yetkazib berish muddatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishining borishi va ularni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektlarini oʻz vaqtida mablagʻ va tegishli resurslar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda band boʻlgan ishchilar uchun uy-joy-maishiy sharoitlar hamda savdo va boshqa xizmatlar koʻrsatish taʼminlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xorijiy pudrat tashkilotlari va yetkazib beruvchilar harakatini muvofiqlashtirish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Respublika shtabining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar, tashkilotlar va firmalar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika shtabiga unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun, zaruratga koʻra, mahalliy va xorijiy korxonalar va tashkilotlarni jalb qilish, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan doimiy ishlovchi va muvaqqat ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Respublika shtabi majlislari bir oyda kamida 2-marta oʻtkaziladi. Respublika shtabi obyektlar qurilishining borishi toʻgʻrisida har oyda respublika Hukumatiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-fevraldagi 87-son qarorining 11-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-noyabrdagi 505-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 5-fevral,

50-son