23.02.2000 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.02.2000 yildagi 65-son
Date of entry into force
23.02.2000
Hujjat 23.02.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KICHIK VA OʻRTA BIZNES KORXONALARINING HISOBOT BERISHINI QISQARTIRISH VA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi bir qancha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlaridan soʻralayotgan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hisobot va maʼlumotlarning qoʻshimcha shakllari joriy etilishi hollariga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turli tuzilmalar tomonidan hisobotlarning koʻplab shakllari belgilanishi, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalarning turli idoralarga katta hajmda axborot taqdim etishi tadbirkorlarning ancha vaqti va mablagʻi boy berilishiga olib kelmoqda, ularni asosiy faoliyatlaridan asossiz ravishda chalgʻitmoqda, tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilayotgan hisobot turlarini ancha soddalashtirish va qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar hisobotlarni faqat joylardagi davlat statistika organlariga va soliq organlariga ular tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar hisobotni yilning har choragida taqdim etadilar. Mikrofirmalar va kichik korxonalardan har oyda hisobot soʻralishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mikrofirmalar va kichik korxonalar (shu jumladan qoʻshma korxonalar)ning amaldagi statistika hisobotini oʻn kun muddatda qayta koʻrib chiqsin hamda ular uchun joriy yilning I choragi hisobotidan boshlab mumkin qadar qisqartirilgan, soddalashtirilgan va birxillashtirilgan hisobotni, shuningdek, uni taqdim etish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralarning mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar tomonidan qoʻshimcha hisobot turlari taqdim etilishini nazarda tutuvchi koʻrsatmalar va meʼyoriy hujjatlar chiqarishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ularning kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan hisobot taqdim etishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi oʻzboshimchalik bilan hisobot joriy etishning har bir holatini batafsil oʻrganib chiqsinlar, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortsinlar. Vazirliklar, idoralar hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan hisobot joriy etish hollariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy ravishda tekshirish sifatida qarasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun hisobotlarni yuritishning belgilangan tartibiga rioya etish masalalarini oʻz majlislarida muntazam koʻrib borsin, mavjud tartibni buzishlarni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar oʻzlarining idoraviy meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-son