Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017 18.01.2000 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2000 yildagi 16-son
Date of entry into force
18.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017
Hujjat 18.01.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLASh UChUN MABLAGʻLAR TOʻPLASh (YIGʻISh) VA ULARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli “Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2000-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 18-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 18-yanvardagi 16-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINChALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Vaqtinchalik Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, kvartiralar oraligʻidagi zinapoyalarni, liftlarni, yoʻlaklarni, tomlarni, texnik yertoʻlalarni va umumiy foydalaniladigan boshqa obyektlarni, koʻp kvartirali uylar muhandislik kommunikatsiyalarini, uy atrofidagi hududlarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻ bilan taʼminlashning turli manbalaridan tushuvchi mablagʻlarni uy-joy fondidan foydalanish boʻyicha vakolatli organlarning (keyingi oʻrinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) jamgʻarma depozit hisob raqamlarida toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. KAPITAL TAʼMIRLAShGA PUL MABLAGʻLARINI TOʻPLASh UChUN BOShQARUVChI TAShKILOTNING JAMGʻARMA DEPOZIT HISOB RAQAMINI OChISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kapital taʼmirlashga pul mablagʻlarini toʻplash uchun boshqaruvchi tashkilotning jamgʻarma depozit hisob raqamini (keyingi oʻrinlarda hisob raqami deb ataladi) ochish uchun bankning vakolatli boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank hisob raqamlarini ochishni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLAShNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh MANBALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilardan, shuningdek, uy-joyga texnikaviy xizmat koʻrsatish va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlaridan tushuvchi mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqaruvchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish va ularga qarash xarajatlariga haq toʻlash yuzasidan imtiyozlar berilishi tufayli qoʻlga kirmagan daromadlarini qoplashga budjetning tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladigan budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) koʻp kvartirali uylarga qarash boʻyicha foydalanish xarajatlari uchun ijaraga oluvchilardan tushuvchi mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ijaraga topshirishdan tushuvchi ijara toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uyning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital taʼmirlash uchun mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan budjetdan tashqari va boshqa moliyaviy resurslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilarning ixtiyoriy ulushlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruvchi tashkilotlar kapital taʼmirlashga ajratmalar meʼyorlarini har yili koʻp kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda uy-joyga qarash va taʼmirlash uchun tushuvchi “a”, “b” va “v” kichik bandlarda koʻrsatilgan mablagʻlarning kamida 30 foizi va 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida (belgilangan miqdorda) va “g” kichik bandida (toʻliq miqdorda) nazarda tutilgan manbalardan boshqaruvchi tashkilotning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar har oyda toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidagi qolgan mablagʻlarni boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga joriy qarash uchun mustaqil ravishda sarflaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D”, “e” va “j” kichik bandlarda nazarda tutilgan manbalardan tushuvchi mablagʻlar bevosita toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻplash hisob raqamidagi mablagʻlardan obyektlarni kapital taʼmirlashda foydalanish aniq roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boshqaruvchi tashkilot mablagʻ toʻplash boʻyicha tizimdan tashqari hisobni yuritish va mazkur uyni kapital taʼmirlash davomida keyinchalik ularni hisobdan chiqarish uchun xizmat koʻrsatiladigan har bir uy (kvartira)ga shaxsiy hisob raqami (kartochka) ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan belgilangan miqdorda tushgan mablagʻlar tegishli koʻp kvartirali uyning shaxsiy hisob raqamlari (kartochkalari) boʻyicha tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ekstremal vaziyatlar (halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) paydo boʻlgan taqdirda bankning mablagʻ bilan taʼminlovchi boʻlimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan hisob raqamlaridan pul mablagʻlari boshqaruvchi tashkilotning birinchi talabiga koʻra beriladi (yillik foiz stavkalari va boshqalar hisobga olingan holda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. KAPITAL TAʼMIRLAShDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish uchun boshqaruvchi tashkilot tomonidan vakolatli bankka quyidagilar ham taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy fondini kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashning mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilgan holdagi rejasi (1-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni kapital taʼmirlashning aniq roʻyxati (2-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq roʻyxatda nazarda tutilgan obyektlarni kapital taʼmirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotini tanlash uchun oʻtkazilgan tanlov savdolari (tender)ning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga 5-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq rasmiylashtirilgan natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik aniq dasturda nazarda tutilgan butun ish hajmi yuzasidan boshqaruvchi tashkilot va pudrat tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma hamda shartnomaning obyektlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar koʻrsatilgan alohida shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mablagʻlarni hisobdan chiqarish 2-shakl boʻyicha, bir oyda bajarilgan ish hajmlarini qabul qilib olish yuzasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLAShGA AJRATILGAN PUL MABLAGʻLARIDAN BELGILANGAN MAQSADDA FOYDALANILIShINI NAZORAT QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlashning aniq roʻyxatida nazarda tutilgan obyektlar loyiha-smeta, tender hujjatlarining toʻgʻriligini, toʻplangan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uy-joy fondini kapital taʼmirlash sifatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻp kvartirali uy-joylarni kapital taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlari ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan, boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nazorat oʻlchovlari va mablagʻ olish uchun asos boʻladigan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilgani aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa belgilangan navbat boʻyicha taʼmirlash-qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan undiriladi, aniqlangan oshirib yozishlar uchun javobgarlik esa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. HISOB RAQAMLARINI YoPISh VA ULARDA QOLGAN MABLAGʻLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kapital taʼmirlash uchun jamgʻarma depozit hisob raqamlariga oʻtkazilgan va yil oxirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar, yillik foiz stavkalarini hisobga olgan holda, mablagʻlarni toʻplash hisob raqamida jamlanadi va olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pul mablagʻlarini pul qadrsizlanishi jarayonlaridan himoya qilish maqsadida boshqaruvchi tashkilotlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tasdiqlangan aniq roʻyxatlarda belgilangan muddatlarda kapital taʼmirlash boshlangungacha, mablagʻlardan kredit resursi sifatida foydalanish toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank bilan depozit yuzasidan shartnomalar tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boshqaruvchi tashkilot qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda hisob raqamidagi foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻi uylar va uy-joy mulkdorlari koʻrsatilgan holda kapital taʼmirlash uchun toʻplangan va foydalanilmagan mablagʻlar aks ettirilgan shaxsiy hisob raqamlar bilan birgalikda uning huquqiy vorisiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Alohida turgan uy mulkdorlari bilan boshqaruvchi tashkilot oʻrtasidagi texnikaviy xizmat koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt) bekor qilingan taqdirda ushbu uy mulkdorlari tomonidan toʻplangan mablagʻlar 2000-yil 1-yanvardan boshlab shaxsiy hisob raqamlariga (kartochkalarga) muvofiq boshqaruvchi tashkilot oborotidan chiqariladi va uy-joyni operativ boshqarish oʻz tasarrufiga oʻtadigan boshqaruvchi tashkilot hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 1-yanvardan keyin kapital taʼmirlangan uy-joy operativ boshqarishdan chiqqan taqdirda toʻplash hisob raqamidan kapital taʼmirlash uchun olingan mablagʻlar koʻrsatib oʻtilgan uy tomonidan mablagʻlar yigʻilgandan keyin yangi boshqaruvchi tashkilotga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital taʼmirlash uchun vaqtinchalik qarzga olingan mablagʻlarni oʻtkazish yoki qaytarish tartibi, muddatlari mavjud qonunchilikka muvofiq boshqaruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻp kvartirali uy-joy buzib tashlangan taqdirda toʻplash hisob raqamida yigʻilgan va foydalanilmagan mablagʻlar uy-joy mulkdorlariga, ular qoʻshgan mablagʻlarga muvofiq qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni kapital
taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash
(yigʻish) va ulardan foydalanish
toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎_______________________________________________________________________ dagi

(viloyat, shahar, tuman) ‎‎

_______________________________________________________________________ ning

‎‎(boshqaruvchi tashkilotning nomi)


‎‎‎uy-joy fondini kapital taʼmirlashni mablagʻ
‎bilan taʼminlash boʻyicha _______ yilgi
‎REJASI

(ming soʻm)‎‎

‎‎‏
‎‎

‎‏Yillik reja

shu jumladan, choraklar boʻyicha‎‎

I‎

II‎

III‎

IV‎

Kapital taʼmirlash — jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
—‎‎
Loyihalash-smeta ishlari — jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
—‎‎
Jami‎‎
shu jumladan, manbalar:‎‎
—‎‎
—‎‎
‎‎—



‎‎‎Boshqaruvchi tashkilot rahbari
___________________________________‎

(imzo, FIO)

‎‎Bosh buxgalter ________________________________________________

(imzo, FIO)

‎‎
‎Muhr

‎‎
‎Mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjudligini tekshirdim:


‎‎‎bank xodimi __________________________________________________

(imzo)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni kapital
taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash
(yigʻish) va ulardan foydalanish
toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎_______________ yilda kapital taʼmirlanadigan
‎obyektlarning aniq roʻyxati

(ming soʻm)‎‎‎

Obyektning manzili‎‎‎‎‎‏
‎‎

‎‏Smeta
‎qiymati

yil uchun mablagʻ bilan taʼminlash rejasi ‎‏

Ishlarni bajarish jadvali ‎‎‎

Ishlarni bajarish usuli‎‏

pudratchining nomi ‎‏

boshlanishi‎

tugallanishi

I. Kapital ‎‎taʼmirlash
1.‎‎
2.‎‎
3.‎‎
va h.k.‎‎
II. Loyiha-smeta ishlari‎‎
Jami (I + II)‎‎


‎Boshqaruvchi tashkilot rahbari ________________________________________‎‎‎

‎‎

‎‎(imzo, FIO)

‎‎Bosh buxgalter _____________________________________________________

‎‎‎‎(imzo, FIO)

‎‎Muhr

‎‎Loyiha-smeta hujjatlari va pudrat shartnomalari mavjudligini tekshirdim:


‎bank xodimi‎‎‎‎


‎_____________________________________

‎‎‎‎

‎‎‎(imzo)‎‎

((Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 1-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)