Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofazalash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi
Bitim
Keyingi o‘rinda “Ishtirokchi-davlatlar” deb ataluvchi ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlari,
Inson huquqlari deklaratsiyasi, 1991-yil 8-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tuzish to‘g‘risidagi Bitim, 191 yil 21-dekabrdagi Olma-Ota deklaratsiyasi, 1992-yil 6-iyuldagi Sobiq SSR ittifoqining o‘zaro manfaatlarni ifodalovchi shartnomalariga nisbatan huquqiy vorislik masalasida anglashuv Memorandumi tamoyillari va me’yorlaridan kelib chiqib,
Hozirda mualliflik huquqining milliy madaniy salohiyatni shakllantirishda, xalqaro madaniy almashinuvda, shuningdek teng huquqli savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi rolini hisobga olib,
fan, adabiyot va san’at asarlaridan foydalanish orqali madaniy qadriyatlar bilan o‘zaro ayirboshlash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga intilib,
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni o‘zaro muhofazalash shartlari va tartibini belgilash zaruratini e’tirof etib,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi umumjahon Konvensiyasining sobiq SSR Ittifoqi uchun kuchga kirgan sanasi (1973-yil 1973-yil) har bir Ishtirokchi-davlat o‘zini uning qoidalari bilan bog‘langan deb hisoblaydigan sana ekanligidan kelib chiqib, Ishtirokchi-davlatlar o‘z hududlarida sobiq SSR Ittifoqining ushbu Konvensiyada (1952-yil tahririda) ishtirokidan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar.
Har bir Ishtirokchi-davlat bu haqdagi zarur arizani Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) Bosh Direktoriga yuboradi.
2-modda
Ishtirokchi-davlatlar o‘zaro munosabatlarda Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi umumjahon Konvensiyasini (1952-yil tahririda) 1973-yil 27-maydan keyin yaratilgan asarlarga, hamda ushbu sanagacha Ishtirokchi-davlatlar qonunchiligi bo‘yicha muhofazalagan asarlarga nisbatan milliy qonunchilikda o‘z mualliflariga o‘rnatilgan shartlarda qo‘llaydilar.
Mualliflik huquqini muhofazalash muddatlari muhofaza taqdim etayotgan Ishtirokchi-davlat qonunchiligiga muvofiq o‘rnatiladi, biroq u boshqa tegishli Ishtirokchi-davlatda o‘rnatilgan muhofaza muddatidan uzoqroq muddat mobaynida muhofazani ta’minlashga majbur emas.
3-modda
Ishtirokchi-davlatlar Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi, Fonogramma ishlab chiqaruvchilarni ularning fonogrammalarini ruxsatsiz ko‘paytirishdan himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi, Ijrochilar, fonogrammalar ishlab chiqaruvchilari, radioeshittirish tashkilotlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida Rim konvensiyasi talablari darajasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasini ta’minlovchi qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish uchun zarur choralarni ko‘radilar.
4-modda
Ishtirokchi-davlatlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlaridan noqonuniy foydalanish bilan kurashish bo‘yicha birgalikda faoliyat olib boradilar va o‘zlarining vakolatli tashkilotlari orqali aniq dasturlar va tadbirlar ishlab chiqishga ko‘maklashadilar.
5-modda
Ishtirokchi-davlatlar mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish sohasida milliy mualliflik-huquqiy tashkilotlarni yaratish va faoliyat yuritishiga, ushbu tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tuzishga yordam beradilar.
6-modda
Ishtirokchi-davlatlar tegishli bitimlarda mualliflik va boshqa mukofotlarning ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish, o‘zaro hisob-kitob qilish tartibini belgilash masalalarini hal qilishni ko‘zda tutadilar va ularni o‘z vaqtida bajarish choralarini ko‘radilar.
7-modda
Ushbu Bitim avval sobiq SSR Ittifoqiga kirgan boshqa davlatlarning unga qo‘shilishi uchun ochiqdir.
Ushbu Bitim uni imzolagan Ishtirokchi-davlatlarning Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralarini bajarganligi haqidagi uchinchi bildirishnomani depozitariyga topshirgan sanadan kuchga kiradi.
Boshqa Ishtirokchi-davlatlar uchun ushbu Bitim depozitariy ular ushbu protseduralarni bajarganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan kuchga kiradi.
Ishtirokchi-davlat bunday niyat yozma ravishda e’lon qilingan kundan 12 oy o‘tgach, ushbu Bitimni bekor qilishi mumkin.
Moskva shahrida 1993-yili 24-sentabrda bir asl nusxada rus tilida tuzildi. Asl nusxa Belarus Respublikasi Hukumati Arxivida saqlanadi, u ushbu Bitimni imzolagan har bir davlatga uning tasdiqlangan nusxasini yuboradi.
(imzolar)