24.02.2015 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.02.2015 yildagi 32-son
Date of entry into force
02.03.2015
Hujjat 02.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, oʻqitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sogʻlom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini ragʻbatlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni ikki bosqichda: oliy taʼlim muassasasi bosqichida har bir oliy taʼlim muassasasida va respublika bosqichida oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi — oliy taʼlim muassasasi bosqichida:

tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy materiallarni qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilari tomonidan ochiq darslar oʻtkazilishini tashkil etish va ularning sifatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoliblarni aniqlash va ularga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanomalar berish;

b) ikkinchi — respublika bosqichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilarining oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tavsiya hujjatlari va taqdimot materiallarini qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar taqdimotini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominatsiyalar boʻyicha tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov gʻoliblarining moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovning oʻtishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015-yildan boshlab, tanlovning yuqori tashkiliy darajada oʻtkazilishi uchun amaliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 24-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tizimidagi pedagoglar oʻrtasida har yili “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovini (keyingi oʻrinlarda Tanlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Bank-moliya akademiyasiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabiga, xalqaro va chet el oliy taʼlim muassasalariga, shuningdek oliy harbiy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuqori malakali pedagoglarni aniqlash va ragʻbatlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, taʼlim va tarbiya sohasidagi innovatsiya texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sogʻlom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy taʼlim tizimidagi professor-oʻqituvchilarning kasbiy oʻsishi va mahorati oshishini ragʻbatlantirish Tanlovni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi bosqichma-bosqich, ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tanlovning oliy taʼlim muassasasi bosqichi, u har bir oliy taʼlim muassasasida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Tanlovning respublika bosqichi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi — oliy taʼlim muassasasi bosqichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy materiallarni qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchilari tomonidan ochiq darslar oʻtkazilishini tashkil etish va ularning sifatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoliblarni aniqlash va ularga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi, respublika bosqichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tavsiya hujjatlarini va Tanlov ishtirokchilarining taqdimot materiallarini qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar taqdimotini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominatsiyalar boʻyicha Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov gʻoliblarining moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov oʻtishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tanlov ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan taʼlim sohalari boʻyicha, quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Mutaxassisligi boʻyicha eng yaxshi pedagog”, bunda tegishli fan (kurs) boʻyicha oʻqitish metodikasiga oid ishlar koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi”, bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi boʻyicha erishgan yutuqlari koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog”, bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayonida samarali qoʻllash sohasidagi ishlar koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II.Tanlovning tashkilotchilari va taʼsischilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb ataladi) tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Tashkiliy qoʻmita tarkibiga tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning, shuningdek boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovni oʻtkazish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritib borish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkiliy qoʻmita, qoidaga koʻra, rais, rais oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita raisi, raisning oʻrinbosari va kotibi uning aʼzolari orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashkiliy qoʻmita raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlis kun tartibini belgilaydi va uni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita aʼzolariga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlislarida koʻrib chiqilayotgan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita faoliyatida ishtirok etish jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkiliy qoʻmita majlisini rais, u boʻlmaganda esa — rais oʻrinbosari boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlisi aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashkiliy qoʻmita kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita raisi bilan majlisning oʻtkaziladigan joyi va vaqtini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita aʼzolarini majlisning oʻtkazilish sanasi, joyi va kun tartibidan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlislarining kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita majlisi protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangandan soʻng Tashkiliy qoʻmita aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tashkiliy qoʻmita qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Tashkiliy qoʻmita raisining (u boʻlmaganda rais oʻrinbosarining) ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkiliy qoʻmitaning ish tartibi u tasdiqlaydigan Reglament asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar Tanlovning taʼsischilari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlov taʼsischilari Tashkiliy qoʻmitani zarur jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi va uning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tanlovning oliy taʼlim muassasasidagi bosqichini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tanlovning oliy taʼlim muassasasidagi bosqichi har yili 1-aprel — 30-may mobaynida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlovning oliy taʼlim muassasasidagi bosqichi gʻolibi toʻgʻrisidagi qaror oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tasdiqlaydigan tarkibdagi Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tanlov komissiyasi oliy taʼlim muassasasining maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagoglari va kasaba uyushma qoʻmitasi vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovning oliy taʼlim muassasasidagi bosqichi axborot taʼminotini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchilaridan buyurtmanomalar va materiallarni qabul qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq Tanlov ishtirokchisi taqdim etgan hujjatlari toʻplamini va oʻtkazgan ochiq mashgʻuloti sifatini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga nomzodlarni tavsiya qilish uchun oliy taʼlim muassasasi bosqichi gʻoliblarining hujjatlari ilova qilingan buyurtmanoma-tavsiyani tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur oliy taʼlim muassasasining kamida 3 yil toʻliq stavka boʻyicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qatʼi nazar, bakalavriat yoki magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha kurslardan birida (leksiya, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashgʻulotlari olib borayotgan, Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq hujjatlar topshirgan shtatli pedagogi Tanlov ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tanlovning oliy taʼlim muassasasi bosqichi davomida Tanlov ishtirokchilari 15-apreldan boshlab 5 ish kuni mobaynida Tanlov komissiyasiga oʻzlarining hujjatlar toʻplamini (22-band) qogʻozda va elektron shaklda koʻrib chiqish uchun taqdim etishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tanlov ishtirokchisi Tanlov komissiyasiga quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi kafedra mudirining (Tanlovda kafedra mudiri qatnashgan hollarda tavsiyanoma oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) tomonidan beriladi) Tanlov ishtirokchisining oliy taʼlim muassasasidagi pedagogik, kasbiy va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi maʼlumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchisining pedagogik konsepsiyasi tavsifi (3-6 bet bosma matnli hajmda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchisining ahamiyatli boʻlgan oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy materiallari yoki ijodiy ishlari, ularga tashqi taqrizlar bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlar asosidagi faoliyatda qatnashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, unda grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, qatnashishning shakli va darajasi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi maʼlumotlar, ularda maqomi va nomi, oʻtkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (maʼruzachi, hammaʼruzachi, tashkilotchi) koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, moliyalashtirish manbalari va hajmi, ishtirok etish darajasi koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash kurslaridan, stajirovkadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarning va guvohnomalarning nusxalari (mavzusi, soatlar hajmi va oʻtkazilgan joyi koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilingan materiallarining belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita Tanlov ishtirokchisi rahbarligida tanlovlarda, loyihalarda, olimpiadalarda ishtirok etish uchun tayyorlangan talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek uning kasbiy oʻsishi va yutuqlari haqidagi boshqa materiallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar toʻplamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda Tanlov ishtirokchisining soʻnggi 3 yildagi faoliyatiga doir maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tanlovning oliy taʼlim muassasasidagi bosqichi doirasida 25-aprel — 15-may mobaynida Tanlov ishtirokchisi tomonidan akademik guruhda Tanlov komissiyasi vakili ishtirokida ochiq dars oʻtkazilishi kerak, uning yakuni boʻyicha oʻtkazilgan ochiq dars sifatiga mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida tegishli baho qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tanlov ishtirokchisi ochiq mashgʻulotning mavzusi, turi va shaklini, shuningdek talabalar guruhini ularning taʼlim yoʻnalishi va tayyorlagan mavzusidan kelib chiqqan holda tanlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tanlov ishtirokchisi Tanlov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tanlov komissiyasi, hujjatlar toʻplamini va oʻtkazilgan ochiq mashgʻulotlar sifatini baholash natijalarini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq har yili 30-maygacha har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni (1, 2, 3-oʻrinlarni) aniqlaydi va har bir nominatsiya boʻyicha birinchi oʻrinlarni egallagan gʻoliblar nomzodini Tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tanlov komissiyasining qarorlari aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tanlov komissiyasining qarorlari ikki nusxada protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ular Tanlovning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Protokollarda Tanlov komissiyasi aʼzolarining alohida fikrlari qayd etiladi (mavjud boʻlgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan nominatsiyalar boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan Tanlov ishtirokchilari oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda, egallab turgan lavozimiga koʻra shtat boʻyicha maoshining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsiyenti miqdoridagi pul mablagʻlari bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Moddiy ragʻbatlantirish uchun pul mablagʻlari oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi asosida oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan har bir taʼlim sohasi boʻyicha Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblarini aniqlaydigan Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkiblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oliy taʼlim muassasalari 1-iyundan boshlab 20 ish kuni mobaynida Tashkiliy qoʻmitaga Tanlovning oliy taʼlim muassasa bosqichi doirasida ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan nominatsiyalar boʻyicha 1-oʻrinni egallagan gʻoliblar orasidan respublika bosqichida qatnashishga nomzodlar boʻyicha buyurtmanoma — tavsiyani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishtirokchisining asosiy kasbiy yutuqlarining tavsifidan iborat rezyum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchining tanlov ishi (ochiq mashgʻuloti, mualliflik pedagogik texnologiyasi, pedagogik konsepsiyasining taqdimoti yoki videoroligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar toʻplami (22-band), unda Tanlov ishtirokchisining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Barcha materiallar qogʻozda va elektron shaklda taqdim etiladi va qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Har bir taʼlim sohasi boʻyicha ishtirokchilarning kelib tushgan hujjatlarini Tanlov komissiyalari 20-iyundan boshlab 20 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tanlov dasturi doirasida ishtirokchi oʻzining tanlov ishi taqdimotini namoyish etadi, mazkur jarayonda unga pedagogik mahoratini, kasbiy salohiyatini, ijodiy imkoniyatlari va qiziqishlarini namoyon etish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimot 2-sentabr — 20-sentabr mobaynida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tanlov komissiyalari tanlov ishlari taqdimotini baholashda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlarga amal qiladi. Tanlov komissiyalarining majlislarida taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyada 1-oʻrinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari 25-sentabrgacha boʻlgan muddatda aniqlanadi. Tanlov komissiyalari majlislari natijalari Tashkiliy qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Zarur holatlarda, Tashkiliy qoʻmita hujjatlarni topshirish va Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini oʻzgartirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari faxriy diplomlar bilan mukofotlanadilar va ular Tanlov qatnashchisi lavozim maoshining 5 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladilar. Tanlov yakunlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi Tashkiliy qoʻmitaning qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar oʻzlarining hisobidan tanlov gʻoliblarini qoʻshimcha ravishda pul mablagʻlari bilan moddiy ragʻbatlantirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Gʻoliblarni mukofotlash oktabr oyining birinchi oʻn kunligida tantanali vaziyatda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor (yoki dotsent) ilmiy unvonlarini olish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovning respublika bosqichi gʻolibining faxriy diplomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy unvonlarni belgilangan tartibda berish uchun nashr etilgan darsliklarga, oʻquv qoʻllanmalariga, ilmiy maqolalarga ega boʻlish boʻyicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi oʻtkaziladigan taʼlim sohalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomlari

1.

Pedagogika

2.

Gumanitar fanlar

3.

Matematika

4.

Tabiiy fanlar

5.

Sanʼat

6.

Sotsiologiya va psixologiya

7.

Jurnalistika va axborot

8.

Iqtisod

9.

Huquq

10.

Muhandislik ishi

11.

Ishlab chiqarishlar texnologiyalari

12.

Kompyuter texnologiyalari va informatika

13.

Arxitektura va qurilish

14.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari

15.

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi

16.

Qishloq xoʻjaligida menejment

17.

Qishloq xoʻjaligi texnikasi

18.

Veterinariya

19.

Irrigatsiya va melioratsiya

20.

Sogʻliqni saqlash

21.

Ijtimoiy taʼminot

22.

Xizmat koʻrsatish sohasi

23.

Transport

24.

Atrof-muhit muhofazasi

25.

Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎Ochiq mashgʻulot sifatini baholash
‎ MEZONLARI
‎_________________________________________________________________
‎(tanlov ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi
‎va unvoni, lavozimi)
‎Mashgʻulot mavzusi ________________________________________________________ ________________________________________________________________________ Taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi, kurs, guruh _________________________________ ________________________________________________________________________
‎ Mashgʻulot oʻtkazilgan sana __________________________________________________

T/r ‎

Mashgʻulotni baholash mezonlari‎‎

Baho‎
‎‎1. Mashgʻulotning tashkil etilishi (15 ball)
1.‎ ‎‎Oʻqitishning texnik vositalaridan foydalanish malakasi
2.‎ ‎‎Talabalarni nazorat qilish
3.‎ ‎‎Auditoriyani jalb etish darajasi
‎‎2. Mashgʻulot mazmuni (15 ball)
1.‎ ‎‎Mashgʻulot mazmunining dolzarbligi
2.‎ ‎‎Ilmiy-amaliy yoʻnaltirilganligi
3.‎ ‎‎Avval oʻzlashtirilgan mavzular bilan bogʻliqligi
4.‎ Tavsiya etilgan adabiyotlar sifati (yangiligi va qulayligi)‎‎
5.‎ ‎‎Talabalarning qiziqishlarini va moyilliklarini taʼminlash usullaridan foydalanganligi
‎‎3. Pedagogik madaniyati (20 ball)
1.‎ ‎‎Pedagogning tashqi koʻrinishi
2.‎ ‎‎Oʻzini tutish etikasi
3.‎ ‎‎Nutq madaniyati
4.‎ ‎‎Umumiy eruditsiyasi
5.‎ ‎‎Talabalar bilan muloqoti
‎‎4. Oʻqitish metodikasi (50 ball)
1.‎ ‎‎Materiallarni bayon etishdagi aniqlilik, mantiqiy tuzilganlik va izchillik
2.‎ ‎‎Xorijiy tillardagi oʻquv materiallaridan foydalanish darajasi
3.‎ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi‎‎‎

4.‎

‎‎Mashgʻulotning maqsadiga erishganlik

5.‎

‎‎Mashgʻulotning tarbiyaviy yoʻnaltirilganligi

‎‎JAMI (maksimal ball — 100):

Tanlov komissiyasi aʼzolari ‎‎

_____________‎‎

__________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

_____________‎‎ ‎‎

__________________‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

‎‎Ochiq mashgʻulotni baholash koʻrsatkichlari:
‎‎“qoniqarsiz” —‎ ‎0 — 55 ball;
‎‎“qoniqarli” —‎ ‎‎56 — 70 ball;
‎‎“yaxshi” —‎ ‎‎71 — 86 ball;
‎‎“aʼlo” —‎ ‎‎87 — 100 ball.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov ishlarini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI

T/r‎

Mezonlar‎

Ballar miqdori‎
1.‎

Pedagogik konsepsiyaning aniq qoʻyilishi, uning taʼlim rivojlanishining zamonaviy bosqichidagi asosiy anʼanalariga mosligi ‎

0 — 2 (2 — toʻliq mos keladi;
‎1 — qisman mos keladi;
‎ 0 — mos kelmaydi) ‎
2.‎

Ilmiy-pedagogik gʻoyalarni kasbiy faoliyatida amalga oshirish darajasi‎

0 — 2 (2 — toʻliq oshirilgan;
‎ 1 — qisman oshirilgan;
‎0 — amalga oshirilmagan) ‎
3.‎

Taqdimotning mantiqiyligi va yaxlitligi, asosiy gʻoyalarning shakllantirilganligi, oʻz fikrlarini bayon etish qobiliyati‎

0 — 2 (2 — talab darajasida;
‎1 — qisman talab darajasida;
‎0 — talabga javob bermaydi) ‎
4.‎

Taqdimot shakli, fikrlar yaxlitligi, oʻziga xoslik, estetik bezak, texnik jihatdan tayyorlanganlik darajasi‎

0 — 2 (2 — talab darajasida;
‎1 — qisman talab darajasida;
‎0 — talabga javob bermaydi) ‎
5.‎ Kasbiy kompetentligi‎ 0 — 3 (3 — aʼlo darajada;
‎2 — yaxshi darajada;
‎1 — qoniqarli darajada;
‎ 0 — qoniqarsiz) ‎
6.‎

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni oʻzlashtirganlik darajasi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish malakasi‎

0 — 3 (3 — yetarli darajada;
‎2 — faqat bitta mezon boʻyicha yetarli darajada;
‎1 — yetarli emas;
‎0 — umuman bilmaydi)
7.‎ Taqdimot reglamentiga rioya etilishi‎ 0-1 (1 — rioya etilgan;
‎0 — rioya etilmagan) ‎
Ballarning maksimal miqdori‎ 15‎

Taqdimotning davom etish muddati — 10 — 15 daqiqagacha.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 8-son, 94-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)