16.01.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
16.01.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim

Xalqaro temir yoʻl aloqasi sohasidagi oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi, ikki mamlakat oʻrtasidagi temir yoʻl aloqasini hamda ularning hududlari boʻyicha uchinchi davlatga tranzit qatnovni amalga oshirishni osonlashtirishga intilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki davlat temir yoʻl transportini muvofiqlashtirishga va ularning birgalikdagi faoliyatiga muhim ahamiyat berib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz munosabatlarini oʻzaro yordam va oʻzaro manfaat ruhida rivojlantirishni istab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

1. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlararo va xalqaro aloqalarda Hamdoʻstlikka aʼzo boʻlgan davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari boshliqlarining Kengashida qabul qilingan muvofiqlashtirilgan tarif siyosatini amalga oshirish zarurligini tan oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlari oʻrtasidagi temir yoʻllarda yuklar va yoʻlovchilar tashishni mazkur Bitimni imzolash paytida amalda boʻlgan normativ hujjatlar asosida amalga oshirishga kelishdilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda tegishli bitim tuzgan holda ushbu yoʻnalishlarda qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasidan Turkmaniston hududi boʻylab va Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab temir yoʻl transporti orqali yuk va yoʻlovchilarni tranzit tashishda tarif siyosatini ishlab chiqishda oʻz harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishdilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar tashilgan yuklar uchun toʻlovni quyidagicha amalga oshirishga kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan Turkmaniston orqali Oʻzbekistonga yuboriladigan tranzit yuklar uchun yuk joʻnatuvchi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK bilan tuzilgan shartnomaga ega boʻlgan ekspeditor orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasi orqali Turkmanistonga yuboriladigan yuklar uchun — yuk oʻtadigan butun masofa uchun Turkmaniston Davlat temir yoʻllari orqali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar yangi bitimlar va shartnomalar tuzilgunga qadar yoʻlovchilar va yuklarni temir yoʻl transportida xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bitimda va mazkur Bitimni imzolash davrida amalda boʻlgan boshqa shartnomalarda oʻz ishtirokini saqlab qoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar ularning ichki qonunlariga muvofiq berilgan harakatdagi sostav va lokomotivlarni boshqarish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni va boshqa hujjatlarni, yuk tashish va transport-ekspeditsiya faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalarni oʻz hududlarida oʻzaro tan oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz hududlarida mavjud temir yoʻllar Ustavi, temir yoʻl transporti ishini tartibga soluvchi qoidalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, standartlar, texnikaviy shartlar va boshqa normativ hujjatlar amal qilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti boshqaruvining tegishli organlariga hamkorlik qilish, ilmiy-texnikaviy axborotni va hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beruvchi boshqa axborotni ayirboshlash boʻyicha muzokaralar olib borish huquqini berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro asosda tomonlar manfaatiga tegishli boʻlgan va temir yoʻl transporti ishini tartibga soluvchi amaldagi normativ hujjatlarni oʻzgartirishga va yangilarini joriy etishga kelishdilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oziq-ovqat mahsulotlari, don, neft mahsulotlari va boshqa yuklar uzluksiz keltirilishi va olib chiqib ketilishi maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga va Turkmanistonga tegishli boʻlgan oʻz vagonlari va ijaraga olingan vagonlar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar temir yoʻl xodimlariga ikkinchi davlat hududida boʻlgan paytlarida oʻz xizmat vazifalarini bajarishda yordam berish, toʻsatdan kasal boʻlgan yoki jarohat olganlari taqdirda tekin tibbiy yordam koʻrsatish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda

Mazkur Bitimning alohida moddalarini talqin qilish va bajarish bilan bogʻliq holda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan barcha nizoli masalalar muzokaralar olib borish va maslahatlashish yoʻli bilan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda

Ahdlashuvchi Tomonlarning mazkur Bitim bajarilishi uchun javob beruvchi vakolatli organlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmanistondan — Turkmaniston davlat temir yoʻli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim noaniq muddatga tuzilgan va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ahdlashuvchi Tomonlarning istalgan biri Bitimning amal qilishini toʻxtatish yoki uni rad etish moʻljallangan sanadan kamida uch oy oldin bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatishga yoki uni rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 16-yanvarda, Chorjoʻy shahrida, oʻzbek, turkman va rus tillarida ikki nusxada tuzildi. Matnlarda farqlar kelib chiqqan taqdirda rus tilidagi matn asos qilib olinadi.

(imzolar)