28.11.2014 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 28.11.2014 yildagi 269-son
Date of entry into force
28.11.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonunchiligi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emasligini tartibga soluvchi qonunchilikni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik normalariga amal qilishi lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning bitimlarning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi normalari bir taraflama, ikki taraflama va ko‘p taraflama bitimlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlar bitimni haqiqiy emas deb topish tushunchasini shartnomani bekor qilishdan farqlashlari lozim. Bitimning haqiqiy emasligining shartnomani bekor qilishdan farqi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni haqiqiy emas deb topishga FKning 115 — 126 moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, shartnomani bekor qilish asoslari esa FKning 382-383-moddalarida nazarda tutilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning haqiqiy emasligiga uning g‘ayriqonuniyligi, bekor qilinishiga esa shartnomani bekor qilishga olib keladigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo‘ladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa, u amalda bo‘lgan vaqtdagi o‘zaro huquq va majburiyatlarga ta’sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga daxl qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bekor qilish haqidagi talabni bildirishga shartnoma amal qilishining muddati mobaynida yo‘l qo‘yiladi, bitim esa uning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. FKning 11 va 113-moddalariga, shuningdek IPKning 26-moddasiga ko‘ra, sud bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqishga haqli.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan bitimning bir qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo ham ko‘rilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FKning 128-moddasiga muvofiq, bitimning haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonun talablari asosida muhim deb hisoblanadigan shartlar, agar qolgan shartlar bitim ishtirokchilari uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmasa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimning bir qismi u o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi yoxud nizoli bo‘lganligi sababli haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sud bitimning barcha taraflari va boshqa manfaatdor shaxslarni ishga jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. FK 113-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bitim FKda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar, u o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganligi sababli haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, FK o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo berish imkoniyatini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab faqat FKda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Shu bois, sud muhokamasi davomida da’vogarda nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni bunday bitim huquq va manfaatlariga ta’sir qiluvchi har qanday manfaatdor shaxs taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan ham qo‘llashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar da’vo arizasida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan bo‘lsa, biroq uning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligini da’vogar bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni asoslashda keltirgan bo‘lsa, sudlar faqatgina bunday bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror mavjud emasligiga asoslanib da’voni qanoatlantirishni rad etishga haqli emaslar, balki qarorning asoslantiruvchi qismida da’vogarning vajlariga baho berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud muhokamasi paytida javobgar o‘z e’tirozlarida bitimning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga asoslanayotgan bo‘lsa, sudlar javobgarning e’tirozlariga baho berishlari va ular asosli bo‘lgan taqdirda, nizoning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan bitimning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, ish bo‘yicha qaror qabul qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlar haqiqiy bo‘lmagan bitimni tuzilmagan bitimdan farqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uni tuzish uchun qonunchilikda belgilangan zarur shartlar mavjud bo‘lmagan (qonunchilikda ko‘rsatilgan barcha muhim shartlar bo‘yicha kelishuvning mavjud emasligi, oferta yo‘llagan shaxs tomonidan aksept olinmaganligi, mulkning topshirilmaganligi, agar uning topshirilishi qonunchilikka muvofiq shartnoma tuzish uchun talab etilsa va hokazo) bitim tuzilmagan deb tan olinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lib, u FKning qoidalariga ko‘ra tuzilmagan deb hisoblansa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. FKning 109-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollardan tashqari bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan, agar xo‘jalik shartnomasining yozma shakliga rioya qilinmagan bo‘lsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar qonunchilik talablariga yoki bitim taraflarining kelishuviga ko‘ra, u notarial tasdiqlanishi yoki qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, sud notarial shakliga yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya etilmaganligi sababli bitimni haqiqiy emas deb topishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, FKning 115-moddasiga muvofiq bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga nisbatan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun haq undirish to‘g‘risidagi da’volar ko‘rilayotganda shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi, shartnomaning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Bunday holatda shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.1. Agar notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitim bir taraf tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilib, ikkinchi taraf uni notarial tartibda tasdiqlashdan bosh tortayotgan bo‘lsa, sud bitimni notarial tartibda tasdiqlashni bajargan tarafning da’vosiga ko‘ra, FKning 112-moddasiga muvofiq uni haqiqiy deb topishi mumkin va bunday holatda uning keyinchalik notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilmaydi. Agar bunday bitimni tuzishga qonunchilikda cheklov (taqiq) belgilangan yoki taraflar tomonidan uning barcha asosiy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, bitim sud tomonidan haqiqiy deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitimni haqiqiy deb topish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda uning tuzilganligi, bir taraf tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilganligi holati faqat yozma dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin, agar boshqacha holat qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lmasa.
(11.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.2. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud FK 112-moddasining uchinchi qismiga muvofiq boshqa tarafning talabi asosida bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli, keyinchalik esa, bu bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunday holatda bitim bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi (FK 366-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. FK 116-moddasiga ko‘ra o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘lib: qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan mazmunda; huquq-tartibot asoslariga qarshi maqsadda; axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim hisoblanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar bitimning bir yoki bir necha shartlari qonunchilik talablariga zid bo‘lsa, bitimning mazmuni ushbu talablarga muvofiq kelmasligi sababli, o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishda sudlar, bu bitim huquq-tartibot asoslarini ta’minlovchi, ya’ni konstitutsiyaviy tuzum asoslari, davlatning mudofaa, xavfsizlik va iqtisodiy tizimi (qurol-yarog‘ning noqonuniy eksporti, soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash va boshqalar), fuqaro va shaxsning huquq va erkinliklarini qo‘riqlovchi va himoyalovchi huquq normalarining talablari buzilganligi yoxud ijtimoiy axloq asoslari, ya’ni jamiyatda shakllangan ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob haqidagi qarashlarga zid yoki zid emasligini aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.1. Bitimni tuzgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan imzoning aslligi bo‘yicha shubha mavjudligi sababli bitimni haqiqiyligi yuzasidan nizolashilganda, bildirilgan talab asosli bo‘lsa, bitim FKning 116-moddasiga muvofiq haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.2. FK 129-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turli subyektlari nomidan aynan bir vakil tomonidan, masalan bir tarafdan yuridik shaxs va ikkinchi tarafdan boshqa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomidan bitimning tuzilishi uni FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi, tijorat vakilligi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan FKning 122-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim deganda sudlar taraflarning haqiqiy xohish-istagini aks ettirmaydigan, uni tuzish vaqtida taraflar nazarda tutgan huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lmagan bitim ekanligini tushunishlari lozim. Tuzilgan bitimga nisbatan qo‘llaniladigan qonun normalarini noto‘g‘ri sharhlash, huquq va majburiyatlar hamda bitimning asl huquqiy oqibatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur etish yanglishishning misoli bo‘lishi mumkin. Bunda qonunni bilmaslikka havola qilinishi bitimni ushbu asos bilan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yanglishish ta’sirida harakat qilgan taraf yanglishish muhim ahamiyatga ega ekanligini va bitim predmeti yoki mohiyatiga ta’sir etishini isbotlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimni ushbu asos bo‘yicha haqiqiy emas deb topish uchun yanglishish bitimni tuzish paytida mavjud bo‘lishi va uning tuzilishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, nazarda tutish kerakki, yanglishish bitimning boshqa ishtirokchilarining qasddan qilingan harakatlari natijasi bo‘la olmaydi. Yanglishish ta’siri ostida tuzilgan bitim aldash ta’siri ostida tuzilgan bitimdan shu bilan farq qiladiki, agar aldash atayin qilinsa, yanglishish boshqa biron shaxsning qasddan qilingan harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa tarafning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalangandagina, bitim yanglishish ta’sirida tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. FKning 123-moddasiga muvofiq aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FK 123-moddasining qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar tomonidan ham tuzilgan bitimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FKning 123-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida va og‘ir holatlar yuz berishi tushunchalarini bir-biridan aniq farqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.1 Aldash deganda, boshqa shaxsga yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish, shuningdek bitimni tuzishga ta’sir etuvchi faktlar haqida sukut saqlash yo‘li bilan qasddan chalg‘itish tushuniladi. Aldash bitim elementlariga nisbatan ham, uni doirasidan tashqaridagi holatlarga ham, shu jumladan, bitimni tuzish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aldash, bir tarafning boshqa tarafni bitim tuzishga undash vositasi bo‘lganda, yuridik ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.2. Bitim zo‘rlik ta’sirida tuzilganligi sababli haqiqiy emas deb topilishi uchun uni tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga jismoniy ta’sirning ko‘rsatilganligi faktining mavjudligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zo‘rlik g‘ayriqonuniy, biroq jinoiy jazoga tortilishi shart bo‘lmagan xatti-harakatlarda, masalan, tarafning xohish-irodasiga xizmat mavqeyidan foydalangan holda ta’sir qilishda namoyon bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zo‘rlik deganda, bitim ishtirokchisi bo‘lgan fuqaroga yoxud yuridik shaxs organi va uning vakillariga bevosita jismoniy ta’sir qilishni tushunish lozim. Zo‘rlik bitim ishtirokchisining mol-mulkiga ta’sir qilishda, ya’ni uni yo‘q qilish yoki unga shikast yetkazishda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.3. Qo‘rqitish ta’sirida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun bitim tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga ruhiy ta’sir ko‘rsatish fakti mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘rqitish deganda, bitimni tuzishga majburlash maqsadida jismoniy zo‘rlik qilish, ruhan azob berish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish, moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish yoki boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bilan shaxsning xohish-irodasiga ruhiy ta’sir ko‘rsatish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan asos bo‘yicha bitimni haqiqiy emas deb topish uchun qo‘rqitishning jiddiyligi va uning haqqoniyligi zaruriy shart hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.4. Bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi deganda, ushbu shaxslar o‘rtasidagi kelishuv natijasida ulardan biri uchun noqulay shartlarda bitim tuzish to‘g‘risidagi kelishuv tushunilishi lozim. Bunda shunday kelishuv ishtirokchisi bitimning tuzilishidan qandaydir naf olganligi yoki bitim vakil qilingan shaxsga zarar yetkazish maqsadida tuzilganligi ahamiyatga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.5. Bitim ishtirokchilaridan biri ongli ravishda o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar asosida tuzishga majbur bo‘lgan bitim, og‘ir holatlar yuz bergan sharoitda tuzilgan bitim (asoratli bitim) deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qalbaki bitimlar ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlardan farqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qalbaki bitimni tuzishda taraflarning maqsadi qandaydir fuqarolik-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan bo‘lmaydi. Bunday bitim, qoida tariqasida, taraflar yoki ulardan biri uchun huquqiy oqibatni keltirib chiqarishga erishish maqsadida tuziladi (masalan, qarzdorning mol-mulkini xatlashdan qochish maqsadida uni nomigagina begonalashtirilishi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimni tuzishda taraflarning maqsadi boshqa bitimni yashirish hisoblanadi. Shu munosabat bilan ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, FK 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Bunday holatda taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga oid qoidalar qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo ko‘rilayotganda, nizolashilayotgan bitim haqiqatda qaysi bitimni yashirayotganligi aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 124-moddasining mazmuniga ko‘ra, qalbaki bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblansa, ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim nizoli bitim hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, yuridik shaxs huquq layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari FKning 125-moddasida nazarda tutilgan. Bunda mazkur moddada bitimni haqiqiy emasligining ikkita asosi nazarda tutilgan: yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan uning faoliyat maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimlar va tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.1. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, unitar korxonalar va qonunda nazarda tutilgan boshqa tashkilotlardan tashqari tijorat tashkilotlari, agar ularning ta’sis hujjatlarida tashkilot shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati qat’iy belgilangan bo‘lmasa, ular qonunda taqiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli ustav maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sudlar nizolashilayotgan bitim tijorat tashkilotining ustav maqsadlariga muvofiq kelishini aniqlash maqsadida tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarini o‘rganishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.2. Tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar shuni e’tiborga olishlari zarurki, litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat turlarining ro‘yxati “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan. Shu sababli, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar bitim litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat doirasida, lekin litsenziya mavjud bo‘lmagan holda (litsenziya umuman olinmagan, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan yoki tugatilgan, litsenziya bekor qilingan) tuzilgan bo‘lsa, bitim bunday asos bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(16.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.3. FKning 125-moddasida nazarda tutilgan bitimlar nizoli bo‘lib, ularni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’voni faqat yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organi berishi mumkin. Shu bois, FKning 125-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqida boshqa shaxs, shu jumladan, bitimdagi taraf da’vo bilan murojaat qilgan taqdirda, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. FKning 126-moddasiga ko‘ra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo‘yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko‘rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan bo‘lsa, faqat o‘sha shaxsning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shu bois, FKning 126-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo bilan boshqa shaxs murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim tuzish vakolatlarini cheklash belgilanishidan manfaatdor shaxs bitimni keyinchalik ma’qullaganda, FKning 126-moddasida belgilangan bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bitim, agar u bo‘yicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.1. Sudlarga tushuntirilsinki, korporativ nizolarga oid ishlar doirasidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabni ko‘rib chiqishda, affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim hamda yirik bitim tuzish tartibi qoidalari buzilgan taqdirda FKning 126-moddasi qo‘llaniladi.
(17.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. FKning 380-moddasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan bir qatorda shartnoma tuzish huquqi kimoshdi savdosining predmeti bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar kimoshdi savdosining predmeti tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘lsa, kimoshdi savdosining natijalari haqidagi bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi va agar taraflardan biri uni imzolashdan bosh tortsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi va FK 380-moddasining to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. FK 381-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bois, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar kimoshdi savdosining natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimni savdo o‘tkazish qoidalari buzilganligi sababli haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo berilgan bo‘lib, biroq kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish haqida talab qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi. Kimoshdi savdosi belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda o‘tkazilgan bo‘lsada, ammo kimoshdi savdosining natijalari bo‘yicha tuzilgan bitim FKda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emas bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab sud tomonidan qanoatlantirgan bo‘lsa, keyinchalik bitimni haqiqiy emas deb topilishi talab etilmaydi. Bu holatda taraflarning har biri bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, sud muhokamasi paytida kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimning FK qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi aniqlansa, kimoshdi savdolari haqiqiy emas deb topilishidan qat’i nazar, bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Haqiqiy bo‘lmagan bitim, uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmasligini inobatga olib, sudlar nazarda tutishlari kerakki, bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda taraflar bitim tuzishdan oldingi holatga keltirilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talab nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab bilan yoki o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab bilan birga yoxud alohida da’vo ko‘rinishida bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nizoli bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini ushbu bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi sudning hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan taqdirdagina qo‘llash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari da’vogarning o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilganidan keyin ham, bunday qaror mavjud bo‘lmaganda ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday qaror mavjud bo‘lmaganda, sudlar bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashni qarorning asoslantiruvchi qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim fakti mavjudligi to‘g‘risidagi xulosalari bilan asoslab berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan qo‘llash sudning majburiyati emas, balki huquqidir. Bunda inobatga olish lozimki, nizoli bitimlarga nisbatan sudlarga bunday huquq berilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. FK 114-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, olingan narsani aslicha qaytarib berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat) olingan narsaning o‘rnini to‘ldirish miqdori o‘xshash vaziyatlarda, odatda o‘xshash mol-mulkdan foydalanish (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) uchun olinadigan baho bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni natura shaklida qaytarishda sudlar nazarda tutishlari lozimki, mol-mulkni yaxshilanishi uchun qilingan xarajatlarning kompensatsiyasi yuzasidan talab, u nizoli xarakterga ega bo‘lganligi sababli, sud tomonidan alohida ish doirasida ko‘rib chiqiladi, agar sud tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari qo‘llanilayotganda kompensatsiya bo‘yicha qarshi talab bildirilmagan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga muvofiq, bitimni haqiqiy emasligi .oqibatlarini qo‘llash haqidagi talab bildirilganda da’vo arizasida har bir tarafga nisbatan aynan qaysi oqibatlar qo‘llanilishi ko‘rsatilishi lozim. Agar bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini faqat da’vogarga nisbatan qo‘llash so‘ralgan bo‘lsa, FK 114-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud o‘z tashabbusi bilan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini boshqa tarafga nisbatan ham qo‘llashi lozim.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda sud, qarorning xulosa qismida IPKning 180-moddasiga muvofiq pul mablag‘larining undirilishini, mol-mulkning olib berilishini ko‘rsatishi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sudlar hisobga olishlari lozimki, bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari tuzilmagan shartnomaga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim sud tomonidan tuzilmagan deb topilgan hollarda hamda bunday bitim yuzasidan ma’lum xatti-harakatlar (mol-mulk topshirilgan yoki to‘lov to‘langan) amalga oshirilgan bo‘lsa, tuzilmagan bitim bo‘yicha majburiyatni bajargan shaxs FKning 1023-moddasiga muvofiq asossiz orttirilgan mol-mulkni yoki to‘langan pul mablag‘larini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 114-moddasida belgilangan restitutsiya ko‘rinishidagi bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari FK 123-moddasining ikkinchi qismida belgilangan oqibatlardan farq qiladi. Shu bois, agar bitim FKning 123-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak (asli holicha yoki pul ko‘rinishida), jabrlanuvchi tomonidan bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olingan mol-mulk (yoki uning qiymati) esa, davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunda mazkur oqibatlar bitim to‘liq yoki qisman bajarilgan holdagina sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Manfaatdor shaxs tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish va bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi kiritilgan da’vo sudlar tomonidan ikkita mustaqil talabdan iborat bo‘lgan da’vo sifatida ko‘rilishi kerak. Bunday da’volar bo‘yicha davlat boji har bir talab uchun alohida to‘lanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud o‘z tashabbusi bilan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llasa, davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar da’vogar tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risida talab qo‘yilsa, davlat boji ushbu talab mulkiy xarakterga egaligidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimlarni haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati da’vogar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabga, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi hamda da’vo muddati faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan ijro varaqasi berilmaydi, shu bilan birga haqiqiy bo‘lmagan bitimning oqibatlarini qo‘llash haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan — beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sudlar mazkur toifadagi nizolarni ko‘rishda qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etishlari va huquqbuzarlik holatlari aniqlangan holda aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tegishli ta’sir choralarini ko‘rishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xo‘jalik sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269-son