28.11.2014 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qarori, 28.11.2014 yildagi 271-son
Date of entry into force
28.11.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga.oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bogʻliq nizolarni hal etish amaliyoti toʻgʻrisida” 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli qarorining 7-bandidagi “Temir yoʻllar Nizomiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustaviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish va temir yoʻl orqali tashish chogʻidagi kamomad hamda buzilib qolishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilish amaliyoti toʻgʻrisida” 1994-yil 5-yanvardagi 22-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1-banddagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Temir yoʻllar Ustavi” degan soʻzlar “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 2-banddagi “Temir yoʻllar Ustavi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 5-banddagi “Temir yoʻllar Ustavi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Qishloq xoʻjaligida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishdagi suiisteʼmolchiliklarning oldini olishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarorining 2-bandi “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlardan keyin “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-band:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XPKning 173-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “qarorlar” degan soʻzdan keyin “va ajrimlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 17-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxalari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 13.1-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlar, kreditorlar va boshqa taraflar soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlangan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 13.2-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlarga tushuntirilsinki, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi taraflar bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan har qanday tartib-taomil jarayonida xoʻjalik sudiga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik sudiga murojaat qilish XPKda belgilangan tartib va shaklda amalga oshiriladi. Bunday murojaatlar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar xoʻjalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik sudiga ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, shu jumladan, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar ham taalluqlidir, bundan mehnatga oid nizolar mustasno. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar boʻlishidan qatʼi nazar, faqat xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi uchinchi va toʻrtinchi jumlalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, xoʻjalik sudiga taalluqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 24-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ularga, hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli xoʻjalik sudiga yuboriladigan ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudiga yuborilishini taʼminlash majburiyati videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan xoʻjalik sudi zimmasiga yuklanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 35-bandning birinchi xatboshisi “qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli” degan soʻzlardan keyin “yoxud xoʻjalik sudining videokonferensaloka rejimidagi majlisini oʻtkazish chogʻida videokonferensaloka oʻrnatishning imkoni boʻlmagan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 37-bandning ikkinchi xatboshisi toʻrtinchi jumlasidan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomada bu haqdagi maʼlumot koʻrsatilishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida” 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-bandning birinchi xatboshisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 156-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XPK 162-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlariga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida, xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingan kundan keyin oʻn kunlik muddat ichida berilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 11-bandning birinchi xatboshisi birinchi jumlasidan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ish apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida koʻrilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 21-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi. Uning nusxalari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq kodeksi 70-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kameral nazorat soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir, ushbu Kodeks 71 -moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti toʻgʻriligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Kameral nazorat yoki xronometraj natijasi soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan quyidagi hollarda xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 35-band quyidagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan SK 54-moddasining uchinchi qismiga koʻra moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan boʻlsa, ushbu muddat davomida, yaʼni muddat tugamasdan davlat soliq xizmati organi sudga moliyaviy jarima qoʻllash haqida ariza bilan murojaat qilganda, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq qaytarilishi, ushbu holat yuzasidan arizasi ish yurituvga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 5-bandiga muvofiq ariza koʻrmasdan qoldirilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 38.2-bandning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq kodeksi 114-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlarning almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 38.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 40.1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda jarima qoʻllanilganidan keyin bir yillik muddat deganda, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun muddat berish toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kun yoki jarima sud tartibida qoʻllanilgan kundan boshlab oʻn ikki oy ichida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik tushuniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) quyidagi mazmundagi 40.4-band bilan toʻldirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan majburiy tartibda sertifikatlanmagan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik sifatida qaraladi hamda ushbu holat Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jarima qoʻllash uchun asos boʻladi”;
(VIII bandning 8-kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 11-fevraldagi 276-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) quyidagi mazmundagi 40.5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik holati soliq tekshiruvi davomida olingan bunday xulosa berishga vakolatli boʻlgan mustaqil tashkilotning xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “2003-yil 27-sentabrda 1279-son bilan roʻyxatga olingan “Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzurida tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida”gi Namunaviy Nizomning 1-bandiga muvofiq tuman (shahar) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimligi” degan soʻzlar “2014-yil 5-mayda 2580-son bilan roʻyxatga olingan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 1-bandiga muvofiq shahar (tuman) hokimligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik sudlari shuni nazarda tutishlari kerakki, ushbu organlarga hal qiluv qarori nusxalarining topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilganligi yoki tilxat olib topshirilganligi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilganligi ularning yozma ravishda xabardor qilinganligini bildiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 22-band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi “Sudning ajrimi topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi” degan soʻzlardan keyin “yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud ular sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 32-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XPK 15518-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining” degan soʻzlar tegishincha “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2013-yil 24-maydagi 248-sonli qarorining 2-bandidagi “nodavlat tashkilot-xalqaro tijorat arbitraji” degan soʻzlar “alohida har bir ish boʻyicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi arbitraj organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271-son