24.12.2014 yildagi 361-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.12.2014 yildagi 361-son
Date of entry into force
31.12.2014
Hujjat 22.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmoniga muvofiq, tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini va sifatini oshirish hamda sanatoriyda sogʻlomlashtirish hisobiga urush va mehnat fronti faxriylarining salomatligini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini (keyingi oʻrinlarda urush va mehnat fronti faxriylari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush va mehnat fronti faxriylarini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi tuzilmasida xodimlarining soni 4 nafardan iborat boʻlgan Urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriylarda sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻlinmasi tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriylarda sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻlinmasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlasin, unda xodimlarga budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobiga lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda ustama belgilashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2014-yil 30-dekabrgacha boʻlgan muddatda barcha urush va mehnat fronti faxriylari yashash joyidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin, uning natijalariga koʻra har bir urush va mehnat fronti faxriysiga sanatoriyda sogʻlomlashtirishning tavsiya etilgan yoʻnalishini koʻrsatgan holda sanatoriy-kurort kartasi ochsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 20-yanvargacha boʻlgan muddatda — urush va mehnat fronti faxriylarini 2015-yilda sanatoriylarda sogʻlomlashtirishga yoʻllanmalar ajratish uchun ularning roʻyxatlari shakllantirish ishlari tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2015-yilda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasining, har bir sanatoriyda urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun har bir oyda ajratilgan yoʻllanmalar sonini koʻrsatgan holda ishlab chiqilishini va tasdiqlashga taqdim etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 15-fevralgacha boʻlgan muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan cheklangan sutkalik xarajatlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari sanatoriylari bilan 2015-yilda urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-martdan boshlab — urush va mehnat fronti faxriylariga 2015-yil uchun sogʻlomlashtirishga yoʻllanmalar berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-maydagi 89-son qarori 3-ilovasiga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
361-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmoniga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini (keyingi oʻrinlarda urush va mehnat fronti faxriylari deb ataladi) sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) yuborish tartibini, shuningdek ularni sogʻlomlashtirish shart-sharoitlarini, muddatlarini va davomiyligini, yoʻllanmalar qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlari uchun maqbul muddatlarda yiliga bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari sanatoriylarida oʻn ikki kunlik sogʻlomlashtirish kursidan tekin oʻtish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urush va mehnat fronti faxriylari sogʻlomlashtiriladigan sanatoriylar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1-guruh nogironligi boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari bir nafar kuzatuvchi shaxs uchun qoʻshimcha tekin yoʻllanma olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urush va mehnat fronti faxriylarining boshqa toifalari ushbu sanatoriyda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda kuzatuvchi shaxs uchun toʻlov asosida qoʻshimcha yoʻllanma olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriylarda sogʻlomlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlariga qarashli sanatoriylarda, urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun oʻrinlar soni parametrlaridan kelib chiqqan holda, oʻrinlar fondi (kvotasi)ning 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda joy ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har yili 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga urush va mehnat faxriylari roʻyxatlarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari har yili urush va mehnat faxriylari roʻyxatlari olingandan keyin oʻn kun muddatda roʻyxatlarni urush va mehnat faxriylari yashaydigan joydagi tibbiyot muassasalariga yetkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiyot muassasalari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan taqdim etilgan urush va mehnat faxriylari roʻyxatlari boʻyicha har yili 15-oktabrgacha boʻlgan muddatda urush va mehnat faxriylarini majburiy dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar, uning natijalariga koʻra sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Urush va mehnat fronti faxriysini dispanserizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida uning tibbiy kartasida sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi va zid koʻrsatmalar (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tibbiy kartadagi yozuv asosida tibbiyot muassasasi urush va mehnat fronti faxriysiga belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasi rasmiylashtiriladi, ushbu karta rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida amal qiladi va yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda, urush va mehnat fronti faxriysining salomatligi oʻzgargan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tibbiyot muassasalari har yili 20-oktabrgacha boʻlgan muddatda dispanserizatsiyadan oʻtgan urush va mehnat fronti faxriylarining roʻyxatini sogʻlomlashtirishning talab qilinadigan yoʻnalishini va tavsiya etilayotgan muddatini koʻrsatgan holda tuzadilar, roʻyxatni tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tibbiyot muassasasi rahbari urush va mehnat fronti faxriylarini dispanserizatsiyadan oʻtkazishning belgilangan muddatlari taʼminlanishi uchun, shuningdek tibbiyot va sanatoriy-kurort kartasida sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi toʻgʻrisidagi yozuvlarning toʻgʻriligi va ularning faxriyning salomatligi holatiga mos kelishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilish va ularni olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sanatoriyga yoʻllanma olish uchun urush va mehnat fronti faxriylari tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasportining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush faxriysi guvohnomasi yoki 1941 — 1945-yillarda mehnat frontida qatnashganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlomlashtirishning tavsiya etilgan yoʻnalishi va mavjud zid koʻrsatmalar yozilgan sanatoriy-kurort kartasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvga muhtoj boʻlgan 1-guruh nogironi boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari oʻzini kuzatib borayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (pasportining nusxasi va ushbu shaxs nogironni amalda parvarish qilayotganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining maʼlumotnomasini) ham taqdim etadi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda, zarur boʻlgan yoʻnalish, sanatoriyning nomi va sogʻliqni tiklash uchun oʻzi xohlagan muddat koʻrsatilgan holda ariza bergan shaxslar roʻyxatlarini shakllantiradilar, ularni “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlinmalarida kelishadilar hamda yoʻllanmalar ajratish yuzasidan har yili 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga buyurtmanoma taqdim etadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yoʻllanmalar tushganda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi uch kun muddatda bu haqda urush va mehnat fronti faxriylarini xabardor qiladi va sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalarni rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tushgan yoʻllanmalarni tegishli sanatoriylarga rasmiylashtirish urush va mehnat fronti faxriysining familiyasi, ismi, otasining ismi, muhr bilan tasdiqlangan yoʻllanmani bergan muassasa nomi koʻrsatilgan holda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmalarning urush va mehnat fronti faxriylarining yashash joyiga yetkazilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yoʻllanma unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urush va mehnat fronti faxriysi salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmada koʻrsatilgan sanatoriyga kelish muddatidan kamida 15 kundan kech boʻlmagan muddatda bu haqda, faxriyning istagini hisobga olgan holda, yoʻllanmaning amal qilish muddatini keyingi chorakdan oldin boʻlmagan muddatga koʻchirish toʻgʻrisida tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga xabar berishi shart. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshqa hollarda ushbu yil uchun yoʻllanma foydalanilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sanatoriyda sogʻlomlashtirishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda yoʻllanma navbatlilik tartibida boshqa urush va mehnat fronti faxriysiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yoʻllanmalarni taqsimlash va ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Har bir sanatoriy boʻyicha urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun oylarga taqsimlangan va ajratilgan oʻrinlar soni koʻrsatilgan holda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi har yili 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri, Sogʻliqni saqlash vaziri, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi sogʻliqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan oʻtgan urush va mehnat fronti faxriylarining soni va sogʻlomlashtirish yoʻnalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yoʻllanmalarni taqsimlashning tasdiqlangan rejasiga muvofiq Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, kelgusi kalendar yil uchun oʻrinlar ajratishning oylar boʻyicha rejasini sanatoriylarga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Zarurat boʻlganda, yil mobaynida Yoʻllanmalarni taqsimlash asosli sabablardan (tibbiy koʻrsatkichlar, urush va mehnat fronti faxriylarining rad etishi va shu kabilardan) kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi har chorak oxirgi oyining 25-sanasigacha boʻlgan muddatda kelgusi chorak uchun oʻrinlar ajratishning tuzatishlar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yoʻllanmalarni taqsimlashning tasdiqlangan yillik rejasiga muvofiq Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi har qaysi yilning birinchi oʻn kunligidan kechikmay Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriylari bilan keyingi yil uchun urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi, ularda urush va mehnat fronti faxriylari uchun beriladigan oʻrinlar soni hamda sogʻlomlashtirish qiymati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish yuzasidan shartnomalar tanlov savdolari oʻtkazilmasdan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga va sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar urush va mehnat fronti faxriylarini qabul qilishni taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yoʻllanmalarni ajratish Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari shakllantirgan buyurtmanomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmalar asosan urush va mehnat fronti faxriylari yashaydigan mintaqada joylashgan sanatoriylarga ajratiladi. Ushbu mintaqada talab qilinadigan sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi sanatoriy mavjud boʻlmagan taqdirda yoki boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda yoʻllanmalar respublika mintaqalaridagi eng yaqin joylashgan tegishli sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi sanatoriylarga, ularda oʻrinlar mavjudligidan kelib chiqqan holda ajratilishi mumkin;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratilgan yoʻllanmalar sanatoriyga yetib kelishning belgilangan sanasigacha bir oydan kech boʻlmagan muddatda bevosita urush va mehnat fronti faxriysiga yoki uning qonuniy vakiliga berish uchun tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi berilgan yoʻllanmalar reyestrini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Urush va mehnat fronti faxriysiga ajratilgan yoʻllanma uning sanatoriyda sogʻlomlashtirish vaqtiga doir talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda boshqa sanatoriyga yoʻllanma ajratish yoki sogʻlomlashtirish muddatini koʻchirish masalasi, uning talablarini qondirish imkoniyati mavjudligini hisobga olgan holda, yakka tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu masalalarni hal etish hokimlikning, “Nuroniy” jamgʻarmasining, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vakili hamda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori ishtirokida Komissiya tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sanatoriylarning rahbarlari tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻrinlarning zarur miqdorda boʻlishini taʼminlash yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatoriy urush va mehnat fronti faxriylarini qabul qilishni hamda yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarda sogʻlomlashtirish uchun oʻrin berishni rad etgan taqdirda urush va mehnat fronti faxriysi yaqin joydagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga darhol murojaat qiladi, markaz vakili murojaat qilingan kundan boshlab bir kundan kechikmay rad etishning holatlarini aniqlash va tegishli choralar koʻrish uchun sanatoriyga boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Sogʻlomlashtirishga va yoʻllanmalar uchun toʻlovlarga xarajatlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari sanatoriylarida urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirishga xarajatlarni moliyalashtirish Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi xarajatlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan smetasida yoʻllanmalar uchun toʻlovga har yili maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanatoriylarida urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish ular taʼminoti uchun har yili nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sanatoriylarda 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari qiymatini toʻlash uchun kalendar yildagi xarajatlarning cheklangan miqdori har yili 10-noyabrgacha boʻlgan muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan sanatoriylarda sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalarning oʻrtacha qiymatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-oktabrgacha boʻlgan muddatda — kelgusi yil uchun 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalarining qiymati va oʻrinlarning umumiy soni, shu jumladan urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun ajratiladigan yoʻllanmalar qiymati toʻgʻrisida takliflar olish uchun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasiga talabnoma yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-noyabrgacha boʻlgan muddatda — olingan maʼlumotlarni sanatoriylarda 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari qiymatini toʻlash xarajatlarining cheklangan miqdorini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalarining qiymati toʻgʻrisida sanatoriylardan olingan takliflardan kelib chiqqan holda, ularni toʻlash uchun xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori, shuningdek urush va mehnat fronti faxriylarining kutilayotgan soni hamda kelgusi yil uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining prognoz hajmlari asosida, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriylari bilan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya yili boshida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu kalendar yil uchun shartnomalar summasining 15 foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Urush va mehnat fronti faxriylari sogʻlomlashtirilgan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari sanatoriylari har oyda Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markaziga ular asosida amalda foydalanilgan yoʻllanmalardan (amalda foydalanilgan kunlar sonidan qatʼi nazar) kelib chiqib, toʻlangan avansni hisobga olgan holda uzil-kesil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalarini va oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Sanatoriylarda yashash va sogʻlomlashtirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxs foydalanishi mumkin. Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sanatoriyga kelgan urush va mehnat fronti faxriylarida pasporti, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va yoʻllanma boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Urush va mehnat fronti faxriylari standart tartib raqamlari bilan taʼminlanadilar. Urush va mehnat faxriylarini kuzatib keluvchi shaxslarga, qoidaga koʻra, faxriy joylashgan palatada joy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Urush va mehnat fronti faxriylari sanatoriyning davolovchi shifokori tayinlagan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi navbatda taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Urush va mehnat fronti faxriysining sanatoriyda boʻlishi tugagach muassasa rahbari Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markaziga yoʻllanmaning qaytish (yirtma) talonini joʻnatadi, unda urush va mehnat fronti faxriysining ushbu sanatoriyda haqiqatda boʻlgan davri koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ajratiladigan oʻrinlarning talab qilingan miqdorda boʻlishini, sanatoriylarda urush va mehnat fronti faxriylari uchun sogʻlomlashtirishning zarur darajadagi sifatini va qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda har yili kamida bir marta sanatoriylarni ajratilgan oʻrinlari sonining va sifat parametrlarining urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvni amalga oshiradi, bunda ularning gerontologik xususiyatlarini hisobga oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tegishli xulosani taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Sanatoriylar tomonidan urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun joylarning Yoʻllanmalarni taqsimlashning tasdiqlangan rejasiga muvofiq ajratilganligi yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda ushbu sanatoriylar oʻzlarining tasarrufida boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatoriylar rahbarlari Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yoʻllanmalar Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda tayyorlanadi, ular “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma (yirtma) talon boʻladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Urush va mehnat fronti faxriylariga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yoʻllanmalar hisobi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yoʻllanmalarning oʻz vaqtida va maqsadli berilishini, shuningdek ularni berishda navbatlilikka rioya etilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda “Nuroniy” jamgʻarmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriya-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎___________________ tuman (shahar)
‎ Bandlikka koʻmaklashish va aholini
‎ijtimoiy muhofaza qilish markazi
‎ direktoriga

‎‎___________________________________
‎ ____________________ manzilida yashovchi
‎ ________________________________dan
‎ (ariza beruvchining F.I.O.)
‎ ___________________________________

‎‎ARIZA

‎‎Menga ______ yil _____________ oyiga _______________________ sanatoriysiga

(sanatoriy nomi)

‎‎yoʻllanma ajratishingizni soʻrayman.
‎Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
‎pasport nusxasi;
‎urush faxriysi guvohnomasining/1941 — 1945-yillarda mehnat frontida qatnashganlik toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;

‎sogʻlomlashtirishning tavsiya etilgan yoʻnalishi koʻrsatilgan sanatoriy-kurort kartasi;
‎boshqa hujjatlar: _________________________________________________________

‎‎‎‎Murojaat qiluvchining imzosi:

‎‎___________________

‎‎Sana: 20___ yil “___” _______________

‎‎
‎Arizani roʻyxatdan oʻtkazuvchi

‎__________________________________________
‎‎(Arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O., lavozimi)

‎Sana: 20__ yil “___” _____________

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAFTARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

F.I.O.

Urush va mehnat fronti faxriysi-ning toifasi

Doimiy yashash joyi

Tibbiy maʼlumot-nomaning tartib raqami va sanasi, shuningdek tibbiy maʼlumotnomani bergan muassasaning nomi

Tibbiy maʼlumotnomada koʻrsatilgan sanatoriyning nomi

Sanatoriyning nomi, tartib raqami, sanasi, yoʻllanmaning muddati

Yoʻllanmani bergan masʼul xodimning imzosi va F.I.O.

Yoʻllanmani olgan urush va mehnat fronti faxriysining imzosi

Sanatoriyga kelish kuni

Sanatoriydan ketish kuni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish sohasidagi faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazining
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y.,52 (I)-son, 642-modda; 2015-y., 24-son, 314-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)