Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 23.12.2014 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.12.2014 yildagi 359-son
Date of entry into force
29.12.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi binosining tashqi qismini milliy ruhda, zamonaviy arxitektura dizayniga mos ravishda rekonstruksiya qilish, ekspozitsiya zallarini mukammal taʼmirlash, zarur moʻtadil ob-havoni taʼminlovchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi binosini (keyingi oʻrinlarda inshoot deb ataladi) milliy ruhda rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Investitsiya dasturi doirasida tanlov savdolari natijasida tejalgan mablagʻlar hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻ ajratilishni nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida inshootni rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent shahar hokimligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va buyurtmachi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyihachiga zaruriy maʼlumotlar (hokim qarori, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining 1-2 qismlari, toposʼyomka, obyektning texnik holatini oʻrganish toʻgʻrisidagi xulosalari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nuqson dalolatnomalari va tasdiqlangan loyiha topshirigʻi)ni taqdim etsin va shartnomani rasmiylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inshootning tashqi qismi va tegishli hududini rekonstruksiya qilish, binoning ichki qismini mukammal taʼmirlash, binoda zarur moʻtadil ob-havoni taʼminlovchi uskunalar bilan jihozlash va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, namunali servis xizmatini koʻrsatish (hunarmandlar shaharchasi, art-kafe, sovgʻalar doʻkonlari qurish) uchun moʻljallangan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish va bajarilayotgan qurilish-montaj va mukammal taʼmirlash ishlari yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda, loyiha-smeta hujjatlariga koʻra, bosh loyihachi tashkilot tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan metalloprokat va sementni cheklangan narxlarda, belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi muzeydagi mavjud moddiy va maʼnaviy jihatdan eskirgan, iqtisodiy samarasiz va foydalanishga yaroqsiz boʻlgan uskunalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida muntazam ravishda turli mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, “Mahorat darslari” kabi maʼnaviy tadbirlar, shuningdek maktab dasturiga oid ochiq darslar oʻtkazilishini va ularga oʻquv yurtlari oʻquvchi-talabalarini keng jalb etish choralarini koʻrsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2018-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining 100 yilligini nishonlash hamda uni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
359-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 623-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 38-son, 1040-modda)