1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.17.00 Sudyalarning malaka darajasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi, sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi, sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi, harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Sudyalarning malaka hayʼatlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sudyalarning malaka hayʼatlari sudya kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni kuchaytirish, munosib nomzodlar koʻrsatish hamda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hayʼati deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida, harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari esa, harbiy sudlar sudyalarining konferensiyalarida tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan besh yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudyalar malaka hayʼatlari aʼzolarining soni ularning ish hajmiga qarab belgilanadi, ammo sudyalar malaka hayʼati raisi va uning oʻrinbosarlari bilan birgalikda toʻqqiz kishidan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida oʻzlarini saylab qoʻygan organlarga bir yilda kamida bir marta axborot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudyalar oliy malaka hayʼati; Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga, xoʻjalik sudi sudyaligiga nomzodlarning bu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) sudyalarga malaka darajalari beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarini, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalarini maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudi sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudi sudyalarining vakolatlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar oliy malaka hayʼati fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari qarorlari ustidan berilgan taqdimnoma va shikoyatlarni ham koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarini maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) sudyalarning zaxirasini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudyalar malaka hayʼatlarining majlislari zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼati oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni hayʼat aʼzolarining yarmidan kam boʻlmagan tarkibida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining majlisini tayyorlash sudyalar malaka hayʼatining raisi yoki uning topshirigʻiga binoan rais oʻrinbosari yoxud sudyalar malaka hayʼatining aʼzolaridan biri tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining majlisi tegishli taqdimnoma yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish sudyalarning malaka hayʼatiga kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining raisi majlis oʻtkaziladigan vaqt va joyni belgilaydi, koʻrilayotgan masalaga aloqador boʻlgan shaxslar bu haqda oldindan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari rahbarlaridan, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudyalar malaka hayʼatining majlisiga raislik qiluvchi majlisni belgilangan vaqtda ochadi, qanday masala koʻrilajagini hamda sudyalar malaka hayʼatining tarkibini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining majlisda ishtirok etayotgan aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi mumkin, sudyalar malaka hayʼatining majlisida masalasi koʻrilishi kerak boʻlgan sudya yoki sudyalikka nomzod esa sudyalar malaka hayʼatining aʼzolarini rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzini oʻzi rad etish yoki sudyalar malaka hayʼatining aʼzosini rad etish masalasi yopiq maslahatlashuvda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalani koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatning taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Sudyalar malaka hayʼati vakolatlariga taalluqli va hal etilishi lozim boʻlgan masalalarning mohiyatiga qarab, hayʼat majlisiga taklif qilingan shaxslarning fikri eshitiladi, zarur hujjat va materiallar tahlil qilinadi, soʻngra sudyalar malaka hayʼati oʻz xulosasini beradi yoki tegishli qaror qabul qiladi. Sudyalar malaka hayʼatining majlisida bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi hamda sudyalar malaka hayʼatining kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qaror yoki xulosa shu majlisda ishtirok etgan sudyalar malaka hayʼati aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan yopiq maslahatlashuvda qabul qilinib, chiqarilgan xulosa bayon etilgan holda ular tomonidan imzolanadi va oʻqib eshittiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining ish boʻyicha qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan aʼzosi sudyalar malaka hayʼatining qaroriga imzo qoʻyadi va oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bildiradi, bu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudyalarning malaka hayʼati sudyalarning maʼmuriy va intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi hamda ularning vakolatlarini toʻxtatib turish haqidagi masalalar koʻrilganda qaror chiqaradi, boshqa masalalar koʻrilganda esa xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudyalar malaka hayʼatining qarori yoki xulosasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: sudyalar malaka hayʼatining nomi, uning tarkibi, ish koʻrilgan joy va vaqt; ishi koʻrilayotgan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi va mansabi; taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxsning mansabi va familiyasi; ish holatlari; sudyaning tushuntirishlari va uning shaxsini tavsiflovchi maʼlumotlar; qabul qilingan qaror yoki xulosaning daliliy asoslari; belgilangan intizomiy jazo chorasi yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish asoslari; qaror (xulosa) ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudyalar oliy malaka hayʼatining, shuningdek Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qaror va xulosalari ustidan shikoyat qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning boshqa malaka hayʼatlari qarorlari va xulosalari ustidan qaror yoki xulosa qaysi sudya xususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudya, shuningdek taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxs Sudyalar oliy malaka hayʼatiga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalani qayta koʻrish toʻgʻrisidagi shikoyat yoki taqdimnoma qaror qabul qilingan yoki xulosa chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida qaror yoki xulosa chiqargan sudyalar malaka hayʼati orqali beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat yoki taqdimnoma tushishi bilanoq material zudlik bilan Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudyalar oliy malaka hayʼati shikoyat yoki taqdimnoma bilan kelgan materialni bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi Sudyalar oliy malaka hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror yoki xulosani oʻzgarishsiz, shikoyat yoki taqdimnomani esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni oʻz ish yuritishiga olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorni bekor qilish va intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorni oʻzgartirish va sudyaga boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar oliy malaka hayʼatining va Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qarori yoki xulosasi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga, umumiy yurisdiksiya quyi sudlarining sudyalariga taalluqli masalalar boʻyicha esa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari yoki xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga, tegishli sudlarning rahbarlariga, shuningdek qaror yoki xulosa qaysi sudya xususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudyaga besh kunlik muddat ichida yuboriladi. Mazkur malaka hayʼatlarining qarorlari yoki xulosalari ana shu muddat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Malaka imtihoni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — mazkur sudlarning raislari taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
okrug va hududiy harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat oʻtkazish, ogʻzaki savol-javoblar, roʻyxati sudyalarning tegishli malaka hayʼati majlisida tasdiqlanadigan amaliy masalalarni hal etishdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudyalarning malaka hayʼati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan oʻtgan yoki oʻtmaganligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Malaka imtihonini topshira olmagan sudyalikka nomzod kamida bir yildan keyin qaytadan imtihonga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudyalar malaka hayʼatining nomzodni yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etish mumkinligi haqidagi xulosasi tegishli sud raisi taqdim etgan materiallar asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudyalar malaka hayʼatining raisi nomzodning yoki sudyaning tayyorligi haqidagi masalaga oid xulosani materialni taqdim etgan sud rahbariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning vakolatlari muddati tugayotgan sudyalariga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan koʻriladi. Sudyalar malaka hayʼatlarining mazkur shaxslarning oʻz lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi xususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboriladi, bu organ taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqqanidan keyin ularni oʻzi tayyorlagan xulosa bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish va ularga malaka darajalari berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sudyalarning malaka attestatsiyasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sudyalar sifat tarkibini yaxshilash, ularning kasb malakasi oshishiga baho berish va ragʻbatlantirish, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Malaka attestatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining taqdimnomasiga binoan harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Birinchi marta sudyalik lavozimiga saylangan (tayinlangan) shaxslarning malaka attestatsiyasi ular ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning navbatdagi malaka attestatsiyasi ularga berilgan malaka darajasida boʻlish muddati tamom boʻlgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaga muddatidan oldin yuqoriroq malaka darajasi berish uchun unga avval berilgan malaka darajasida boʻlish muddatining yarmi oʻtganidan keyingina navbatdagi malaka attestatsiyasi oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Malaka attestatsiyasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan sudyaga attestatsiya oʻtkazishdan kamida bir oy oldin uning kasb faoliyatiga, ishchanlik va axloqiy jihatlariga baho berilgan tavsifnoma hamda ishi haqidagi maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli sudning rahbari sudyani u haqda tayyorlangan tavsifnoma va maʼlumotnoma bilan malaka attestatsiyasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga yuborishdan oldin tanishtirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka attestatsiyasi oʻtkaziladigan vaqt haqida sudyaga kamida ikki hafta oldin xabar qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Malaka attestatsiyasi taqdimnoma tushgan kundan boshlab bir oy ichida, qoida tariqasida, attestatsiyadan oʻtuvchi sudyaning ishtirokida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma kiritgan sudning rahbari sudyalar malaka hayʼatining majlisida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sudyani malaka attestatsiyasidan oʻtkazish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatining taqdim qilingan hujjat va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Shundan soʻng attestatsiyadan oʻtuvchining, zarur hollarda esa, sudyani attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborgan mansabdor shaxsning fikri eshitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning kasbiy bilim darajasi, ishchanlik jihatlari, ish staji va tajribasi, egallab turgan lavozimiga qarab quyidagi xulosalardan birini beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaga taqdimnomada koʻrsatilgan malaka darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyani ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining xulosasi malaka attestatsiyasi materiallari bilan birgalikda Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani sudyalarning malaka hayʼati chiqargan xulosa bilan bogʻliq boʻlmagan holda hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati xoʻjalik sudlarining sudyalariga malaka darajalarini umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalariga beriladigan tartibda beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sudyaga malaka darajasi berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi. Sudyalar tegishli malaka hayʼatining malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi matbuot organlarida eʼlon qilinadi, shuningdek sudyaning shaxsiy ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻrish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 73-moddasiga muvofiq sudya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonunchilikni buzganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek xizmat borasidagi yoki obroʻsiga putur yetkazadigan boshqa xatti-harakati uchun faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga asosan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sudyalar oliy malaka hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosarlarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati xoʻjalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish huquqiga quyidagilar ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi — umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalariga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari — shu sudlar sudyalari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyalariga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi — shu sud sudyalariga hamda okrug va hududiy harbiy sudlar sudyalariga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi — xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida tegishli sudlarning rahbarlari qaror chiqaradilar, unda intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga sabab boʻlgan asoslar koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxs sudyani javobgarlikka tortish asoslariga taalluqli maʼlumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma tushuntirish talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustidan ish qoʻzgʻatilgan sudya intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan bu materiallarni sudyalar malaka hayʼatiga yuborishdan oldin tanishtirilishi shart. Bunda sudya qoʻshimcha tushuntirishlar taqdim etishga yoki qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror zarur materiallar bilan birga sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror uni qoʻzgʻatgan shaxs tomonidan ishni sudyalar malaka hayʼatida koʻrib chiqish boshlangunga qadar chaqirib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror chaqirib olinayotgan sudya ishni mazmunan koʻrib chiqishni sudyalarning malaka hayʼatidan talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Sudya, nojoʻya xatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan boshlab xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqt, sudyaning uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan vaqti hamda sudyalarning malaka hayʼatida intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran esa, kechi bilan olti oy ichida intizomiy jazoga tortilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Zarur hollarda, ishni koʻrib chiqish boshlangunga qadar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari qoʻshimcha ravishda tekshiriladi, bunday tekshirishni oʻtkazishni sudyalar malaka hayʼatining raisi sudyalar malaka hayʼati aʼzolaridan biriga topshiradi. Bunda qoʻshimcha hujjat va materiallar, shuningdek koʻrib chiqish chogʻida sudya qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan sudlar ishlari ham talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan organlarga yuborish haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasi oldiga qoʻyilgan organ yoki mansabdor shaxs bunga asos yoʻq deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish sudyalarning malaka hayʼatiga qaytariladi va ish yuritish qaytadan boshlanadi. Dastlabki qaror chiqqan kundan ishni qaytargunga qadar oʻtgan vaqt intizomiy javobgarlikka tortish muddatlariga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayfsan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazo qoʻllanayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va uning oqibatlari, nojoʻya xatti-harakatning ogʻir-yengilligi, sudyaning shaxsi, uning aybdorlik darajasi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan intizomiy javobgarlikka tortish muddatlari oʻtkazib yuborilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni majlisda muhokama etish bilangina chegaralanib, intizomiy jazoni qoʻllashni maqsadga muvofiq emas deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Sudyaning vakolatlarini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasiga muvofiq, sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda sudyalarning malaka hayʼati qarori bilan toʻxtatiladi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini toʻxtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar uning vakolatlarini toʻxtatib turadi, ushbu asoslar bekor boʻlganidan keyin esa sudyaning vakolatlari toʻxtatilishini olib tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning vakolatlari: u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda; sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda; sogʻligʻi holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda tegishli sudyalar malaka hayʼatining qarori asosida muddatidan ilgari tugatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning malaka hayʼatiga kiritish huquqiga quyidagilar ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi — umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalariga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi — xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi taqdimnoma va materiallar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan — Sudyalar oliy malaka hayʼatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan — sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi masalani koʻrib chiqib, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga rozilik berish yoki bermaslik toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼatining xulosasi kechi bilan besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Sudyalar zaxirasini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasi sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda respublika mintaqalari boʻyicha sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan shakllantiriladi. Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlikda eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Sudyalar malaka hayʼati shaxsan suhbat oʻtkazish hamda taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqish yoʻli bilan sudyalikka nomzodning kasbiy layoqat darajasini, bilim saviyasini, dunyoqarashini aniqlaydi. Sudyalar malaka hayʼati sudyalikka nomzodni malaka imtihoni natijalariga binoan sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishi rad etilgan shaxs shu zaxiraga kirish uchun tegishli ariza bilan bir yil muddat oʻtganidan soʻng takror murojaat etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Sudyalar malaka hayʼati taqdim etilgan barcha materiallarni oʻz qarori bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboradi, bu organ sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarni tayyorlash va oʻqitish ishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimi sudyalik lavozimi zaxirasida turgan shaxslarga taalluqli materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalik lavozimi zaxirasida turgan shaxslarning sudyalik lavozimiga layoqat darajasini sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda imtihon qabul qilish yoʻli bilan baholaydi, bunda ularning mehnat faoliyati, shaxsi va dunyoqarashini eʼtiborga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar malaka hayʼati boʻshab qolgan sudyalik lavozimiga taqdim etilgan shaxslar orasidan bitta lavozimga kamida ikki-uch nafar nomzodni tanlab oladi hamda ularga doir materiallarni oʻzi tayyorlagan xulosalar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlarining sudyalari zaxirasini shakllantirish “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oltita malaka darajasi joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi malaka darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi malaka darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi malaka darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻrtinchi malaka darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beshinchi malaka darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va maʼmuriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyalariga;
Uchinchi malaka darajasi
Toʻrtinchi malaka darajasi
Beshinchi malaka darajasi
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari, tuman (shahar) maʼmuriy sudlari, shuningdek hududiy harbiy sudlar sudyalariga.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa malaka darajalari tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan Sudyalarning oliy malaka hayʼati tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi marotaba saylangan (tayinlangan) sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining birinchi uch oyi mobaynida beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har bir malaka darajasida boʻlish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi malaka darajasida
—
ikki yil
toʻrtinchi malaka darajasida
—
uch yil
uchinchi malaka darajasida
—
toʻrt yil
ikkinchi malaka darajasida
—
besh yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi malaka darajasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori malakali sudyalarga ish tajribalarini hisobga olib, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qatʼi nazar, ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori boʻlmagan malaka darajasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish vaqtida qonuniylikni qoʻpol buzgan taqdirda malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka darajasidan mahrum etish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalarning mansab maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorining 1-ilovasida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy boʻlimlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mansab darajalari ijobiy attestatsiyasi, oliy yuridik maʼlumoti yoki boshqa oliy maʼlumoti mavjud boʻlgan taqdirda, malakasi, egallab turgan lavozimi va ish stajiga qarab, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonini eʼtiborga olgan holda navbati bilan beriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mansab darajalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Kengash raisiga;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Markaz direktoriga;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Markaz direktorining oʻrinbosariga;
1-darajali adliya maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Departament direktoriga;
2-darajali adliya maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi boʻlimi mudiriga, Markazning boʻlim boshliqlariga, Departament direktorining oʻrinbosariga;
3-darajali adliya maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga, Departamentning boʻlim boshliqlariga, Departamentning hududiy boʻlimlari boshliqlariga;
1-darajali yurist
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining boʻlim boshliqlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining bosh mutaxassislariga (bosh konsultantlariga), sudya katta yordamchilariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyasining katta yordamchilariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining yordamchilariga, Markazning kadrlar boʻyicha katta inspektoriga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar boʻyicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;
2-darajali yurist
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining katta mutaxassislariga (katta konsultantlariga), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining devonxona mudirlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining malaka hayʼatlari kotiblariga, Departament hududiy boʻlimlarining bosh mutaxassislariga;
3-darajali yurist
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga, tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining sudya yordamchilariga, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga beriladi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash va Markaz xodimlariga — Kengash raisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining devoni xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlarning devonlari, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Har bir mansab darajasida boʻlish muddati ijobiy attestatsiya mavjud boʻlgan taqdirda 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — ikki yarim yilni, 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — toʻrt yilni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida boʻlish muddati belgilanmaydi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha boʻlgan mansab darajasini berishga — egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilgan darajadan qatʼi nazar, izchillikka va mansab darajasida boʻlish muddatiga rioya etmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlarga, Kengashga, Markazga, Departamentga va uning hududiy boʻlimlariga huquqni muhofaza qilish organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga oʻtgan xodimlarga ular qaysi lavozimga tayinlanganliklarini, bilim va tajribalarini hisobga olgan holda mansab darajalari beriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Kengash raisi:
(8-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oldingi mansab darajasida boʻlish uchun belgilangan muddat tugamasdan, ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) xodim yuqori lavozimga tayinlanayotganda navbat tartibiga rioya qilmagan holda, lekin uning oʻz darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) attestatsiyadan birinchi marta oʻtayotgan xodimlarga ularning lavozimlari boʻyicha belgilangandan bir pogʻona past mansab darajasi berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuridik mutaxassislik boʻyicha ish tajribasi boʻlmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy vaqt oʻtgach mansab darajasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulqida jiddiy kamchiliklari boʻlgan sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining mansab darajasi koʻtarilmaydi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mansab darajasi berilgan xodimlar shu mansab darajasida umrbod boʻladilar va faqat sudlarda, Kengashda, Markazda, Departamentda va uning hududiy boʻlimlarida ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda undan mahrum qilinishlari mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xizmat burchini qoʻpol buzgani yoki xizmat vazifasini muttasil lozim darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq boʻlmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Kengash raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mansab darajasi boʻlgan sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga ustama haq miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-iyundagi OʻRQ-435-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 444-modda)
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorining 1-ilovasida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) alohida holatlarga koʻra sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
(4-band birinchi xatboshisining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatni oʻtash davrida sodir etgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar, agar ular ish sudda koʻrilish paytiga kelib xizmatdan boʻshab ketgan boʻlsalar ham harbiy sudlar tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va maʼmuriy sudlar tomonidan koʻriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining sudloviga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ofitserlar tarkibidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo belgilanishi mumkin boʻlgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
polkovnik, 1-darajadagi kapitan unvoniga ega boʻlgan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi boʻyicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy harbiy sudlar sudloviga podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori boʻlmagan harbiy unvondagi shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bir guruh shaxslarni ayblashga oid ish boʻyicha, garchi ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli boʻlsa va uni qonunga koʻra alohida ish yuritishga ajratish mumkin boʻlmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sud tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblanib, garchi jinoyatlardan loaqal biri toʻgʻrisidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli boʻlsa, hamma jinoyatlar toʻgʻrisidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning sodir etilgan jinoyatlar natijasida ularga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish toʻgʻrisidagi fuqarolik daʼvolarini ham koʻrib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshirib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy sudlar sud amaliyotini, shuningdek sud statistikasini yuritish ishi qanday tashkil etilganligini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi harbiy sudlar ishini tashkil etish masalalariga doir buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Harbiy sudlar sudyalari “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Harbiy sudlarning xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼatini va harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti zimmasiga yuklatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qoʻriqlab olib borish va ularni sud majlisida qoʻriqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni koʻrish joyiga qoʻriqlab olib borish va qoʻriqlash belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qoʻshinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Harbiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 12-modda; 2002-y., 1-son, 23-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 296-modda; 2009-y., 15-son, 177-modda, 52-son, 553-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 23-son, 444-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)