Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003 04.01.1999 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.01.1999 yildagi 1-son
Date of entry into force
04.01.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003
Hujjat 24.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI ChAKANA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan Qoidalarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, meva-sabzavot tovarlari sotuvchi barcha korxonalarga yetkazilishini taʼminlasinlar hamda aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
4-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot doʻkonlarida, oziq-ovqat doʻkonlarining boʻlimlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilonlarda yangi uzilgan sabzavot, hoʻl meva, uzum, rezavor meva, subtropik oʻsimliklar, yongʻoq mevalar, poliz mahsulotlari, qoʻziqorin, yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot tovarlari deb ataladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka koʻplab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmogʻini tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qoʻshimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, oʻsimlik moyi, tuz, uksus, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xoʻjalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va oʻrash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bogʻ-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlari va koʻchatlarini sotishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Meva-sabzavot tovarlari va kartoshka sotuvchi korxonalar va tashkilotlar texnik jihozlash normalariga muvofiq zarur savdo-texnologiya asbob-uskunalari, mexanizatsiya vositalari va anjomlar bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Turgʻun savdo korxonalarida tovarlar uchun xaridorlar bilan hisob-kitoblar qatʼiy ravishda nazorat-kassa mashinalari vositasida amalga oshiriladi. Ularning pul mablagʻlari inkassatsiyasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Savdo tarmoqlari tomonidan foydalaniladigan tosh-tarozi va boshqa oʻlchov asboblari soz holatda boʻlishi, aniq tamgʻasi boʻlishi va amaldagi tartibga muvofiq belgilangan muddatlarda tekshirish uchun taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Savdo binolarida xaridorga koʻrinarli joyda nazorat tarozilari va boshqa oʻlchov asboblari, shuningdek takliflar va mulohazalar daftari qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Meva-sabzavot tovarlari sotuvchi korxonalar va tashkilotlar mazkur Qoidalar bilan nazarda tutilgan barcha hollarda doʻkonlar ishlashining asosiy qoidalariga, oziq-ovqat doʻkonlari uchun sanitariya qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI KELTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Meva-sabzavot tovarlari va kartoshka sotuvchi korxona va tashkilotlar ish sharoitlariga qarab koʻrsatib oʻtilgan mahsulotni bevosita tovar yetishtiruvchilardan — yuridik va jismoniy shaxslardan, tayyorlov-sotish korxonalaridan shartnoma asosida erkin narxlar boʻyicha oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayda ulgurji savdo tarmogʻi meva-sabzavot va boshqa qoʻshimcha tovarlar bilan oʻzlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa qoʻshimcha tovarlarni sotuvchi korxonalar va tashkilotlarga ularni keltirish talab va taklifga bogʻliq ravishda shartnomaga muvofiq miqdor va turlarda tashkil etiladi. Ularning resurslari yetishmagan taqdirda savdo korxonalari va tashkilotlari bunday tovarlarni belgilangan tartibda chetdan, shu jumladan import boʻyicha keltiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sotuvga qoʻyiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan boʻlishi va sifatiga koʻra davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. Saralash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari (“Oq olma”, “Astraxan oq olmasi”, “Rozmarin”), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xoʻjagʻat), smorodina (qoragʻat), danakli mevalar (olcha, gilos, olxoʻri, oʻrik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yoʻl qoʻyiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq boʻlmasa, koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni taʼminlovchi idishda va oʻramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va oʻziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hoʻl meva-sabzavot tovarlari ularni qabul qilish va sotish joylariga, qoidaga koʻra, ixtisoslashtirilgan avtotransportda keltirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki oʻrash materiali yopilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI QABUL QILIB OLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Meva-sabzavot tovarlarini yetkazib beruvchilardan miqdori va sifati boʻyicha qabul qilib olish savdo korxonalari va tashkilotlarining vakolatli shaxslari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalq isteʼmol tovarlarini miqdori va sifati boʻyicha qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi davlat standartlari, texnik shartlar va yoʻriqnomalarda nazarda tutilgan tartibda tovarshunos (u bor joylarda) ishtirokida amalga oshiriladi. Meva-sabzavot tovarlari sifati tovar yetishtiruvchi tomonidan taqdim etiladigan va Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning sifatini nazorat qilish vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan sifat, muvofiqlik, tovarning kelib chiqish sertifikatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Meva-sabzavot tovarlarini miqdori va sifatiga, turiga koʻra tekshirish tovarga ilova qilinadigan hujjatda, shuningdek oldi-sotdi shartnomasida yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq oʻtkaziladi. Sifatsiz tovar yoki keltirilgan tovarning tegishli hujjatda koʻrsatilgan miqdorga, turga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda savdo korxonasi yoki tashkiloti uni qabul qilishni toʻliq yoki qisman rad etishga, mahsulotni miqdori va sifatiga koʻra qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga muvofiq dalolatnoma tuzishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini taʼminlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalari old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi oʻralgan bostirmali maydon ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SAQLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hoʻl, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorugʻlik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi soʻrilarga qoʻyiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va koʻtarish mexanizmlari bilan jihozlanganligiga bogʻliq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hoʻl meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar taʼminlanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mahsulotning nomi‎

Selsiy boʻyicha ‎ harorat darajasi‎ Havoning nisbiy ‎ namligi, foiz‎
Kartoshka‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-95‎
Sabzi, petrushka, selderey, sholgʻom, erqalampir (xren), lavlagi, turp, rediska, bryukva, piyoz‎ -1 dan +1 gacha‎ 90-95‎
Karam‎ -1 dan +3 gacha‎ 90-95‎
Pomidor‎ +10 dan +13 gacha‎ 75-80‎
Bodring, kabachki, kovok, patisson, baqlajon‎ +13 dan +15 gacha‎ 90-95‎
Salat, ismaloq, koʻkpiyoz, borlamli rediska va boshqa oshkoʻklar‎ +1 dan +3 gacha‎ 90-95‎
Qovun‎ +10 dan +13 gacha‎ 85-90‎
Tarvuz‎ +3 dan +4 gacha‎ 80-85‎
Olma‎ +4 dan +5 gacha‎ 95‎
Nok‎ +2‎ 95‎
Uzum‎ 0 dan-1 gacha‎ 90-95‎
Danakli mevalar (�lcha, gilos, oʻrik, olxoʻri, shaftoli)‎ 0 dan-1 gacha‎ 80-95‎
Qalampir‎ +6 dan +7 gacha‎ 90-95‎

Bulgʻor qalampiri‎

+10 dan +13 gacha‎ 90-95‎
Sariq, toʻq sariq tusli sitrus mevalar‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-90‎
Mandarin, apelsin va limon‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-90‎
Pishgan ananas‎ 8 dan +9 gacha‎ 85-90‎
Pishgan banan‎ +12 dan +14 gacha‎ 90-95‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday sharoitlar yaratish imkoni boʻlmagan istisno hollarda poʻchoqli urugʻi boʻlgan mevalar, sitrus mevalar, sabzavotlar (oshkoʻklardan tashqari) va kartoshka ikki kecha-kunduzdan ortiq boʻlmagan muddatda havoning nisbiy namligi 80 — 85 foiz boʻlgan holda +10 dan +12 gacha darajali haroratda saqlanishi mumkin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yogʻoch bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — soʻkchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam 0 dan — 2 gradus C gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4 gradus C gacha haroratda, sovutiladigan xonalar boʻlmagan taqdirda omborlarda 4 — 12 gradusC dan oshmaydigan haroratda, tungi vaqtda majburiy shamollatishni qoʻllagan xolda koʻpi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Quritilgan mevalar, sabzavot va qoʻziqorinlar 0 darajadan 4 — 10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori boʻlmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, soʻkchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yogʻoch (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +10 gradus C darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati –8 — –10 gradus C darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va gʻalvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Meva-sabzavot tovarlari saqlanayotgan xonalardagi haroratni va havoning nisbiy namligini nazorat qilishni taʼminlash uchun, termometrlar va psixrometrlar boʻlishi va ularning koʻrsatkichlari kuzatuv daftariga qayd qilib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SOTIShGA TAYYORLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qoʻyishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi, qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash — kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Doʻkonlarda yangi va quritilgan meva-sabzavot tovarlari va kartoshkani sotish tovarning narxi va navi koʻrsatilgan, qadoqlangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Doʻkonlarda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda koʻrsatib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish usuli bilan savdoga tayyorlanadigan tovarlar doʻkonlarida bogʻlamlanadi, qadoqlanadi, ovqat tayyorlash uchun toʻplam qilib qoʻyiladi, ip va polietilen toʻrxaltalarga, qopchalarga va boshqa oʻrash-joylash materiallariga joylanadi hamda markalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Savdo korxonalari moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolangan, toʻgʻri rasmiylashtirilgan narxnomalar boʻlishini taʼminlashga va ularni tovar bilan yonma-yon joylashtirishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Peshtaxtalarga, polkalarga va vitrinalarga savdoda mavjud boʻlgan barcha tovarlarning namunalari qoʻyilishi kerak, ularda tovarning nomi, navlari va bir kilogrammi yoki bir donasi (bogʻlami)ning narxi koʻrsatilgan yorliqlari boʻlishi lozim. Sotuvchi xaridorning talabiga koʻra tovarning asosiy isteʼmol xususiyatlari haqida toʻliq axborot berishi, tovarlarni toʻgʻri oʻlchagan, tarozida tortgan holda sotishi, xaridorlarga zarur darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sotuvchining ish joyi savdo boshlangungacha yetarli miqdordagi va turdagi meva-sabzavot tovarlari bilan taʼmirlanishi kerak. Tovarlar sotilishi jarayonida savdo zalida ularning zaxiralari muntazam ravishda toʻldirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Savdo korxonalari va tashkilotlari imkoniyatga qarab isteʼmolchilar (xaridorlar)ning oldindan berilgan buyurtmanomalari boʻyicha, buyurtmachi manziliga oʻz (yoki yollangan) transporti bilan mahsulotlarni yetkazib bergan holda, tovarlarni sotish uchun zarur sharoitlar yaratishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SOTISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Meva-sabzavot mahsulotlariga chakana narxlar savdo korxonalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va sotib olish narxidan, transportda tashish, saqlash va sotish xarajatlaridan, shuningdek zarur foyda olishdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari savdo korxonalari tomonidan xaridorning ishtirokida taroziga tortib berish yoki oldindan qadoqlab va tortib qoʻyish yoʻli bilan sotiladi. Bunda qadoqlangan mahsulot, qoidaga koʻra, qadoqlangan kunida sotilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini qadoqlangan holda sotishda ularning tortib qoʻyilgan har bir boʻlagi (paketi, qopchasi va hokazo), amaldagi GOSTlar bilan belgilangan meʼyoriy vazn koʻrsatkichidan yoʻl qoʻyiladigan tafovutlarni hisobga olgan holda, tovardagi yoki tortib qoʻyilgan boʻlakdagi narxnomaga toʻgʻri kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GOSTlar bilan ular uchun nominal vazn koʻrsatkichlaridan tafovutlar belgilanmagan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini qadoqlangan holda sotishda haqiqiy vazn nominal vaznga toʻgʻri kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini ogʻirligi xaridorga koʻrinarli joyda koʻrsatilgan idishda tortishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan qoʻziqorin amaldagi standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq foiz nisbatlaridagi sharbat, tuzli va sirkali suv bilan birga sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa tuzlangan va sirkalangan meva-sabzavot tovarlarini sotishda suyuqlik tovar tortib boʻlingandan soʻng xaridor iltimosiga koʻra tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilgan mahsulotlarni sotishda maxsus asboblar (qoshiq, vilka, koʻrakchalar) qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tovarning sifatsiz partiyasi aniqlanganda sotuvchi bu toʻgʻrida yaroqsiz tovarni savdodan chiqarish uchun maʼmuriyatga darhol xabar berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notoʻgʻri saqlash, transportda tashish va boshqa sabablar bilan sifati buzilgan meva-sabzavot tovarlari sotilganda korxonalar xodimlari xaridor talabiga koʻra ularni sifatlisiga almashtirib berishga yoki toʻlangan summani qaytarishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Sotish jarayonida sifati pasaygan, ammo isteʼmolga yaroqli meva-sabzavot tovarlari belgilangan tartibda oʻz vaqtida qayta narxlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qilish uchun ishga yangi qabul qilinadigan barcha shaxslar korxona maʼmuriyati tomonidan mazkur Qoidalar bilan tanishtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Boshqa qoʻshimcha tovarlarni sotish boʻyicha chakana savdo qoidasi har qaysi tovarlar guruhi uchun belgilangan alohida Qoidalar bilan tartibga solinadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni amalga oshiruvchi korxonalar, tashkilotlar rahbarlari ularga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 1-son, 1-modda)