Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2019 12.01.2000 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.01.2000 yildagi 11-son
Date of entry into force
12.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2019
Hujjat 27.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIDA BOʻLIShINING QOʻShIMChA ShARTLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 17-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning bojxona chegarasidan oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yigʻim undirilganligi uchun tenglikni taʼminlovchi muqobil chora-tadbirlar hamda xorijiy davlatlar avtotransportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtishining qoʻshimcha shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda quyidagi chora-tadbirlar joriy qilinganligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qozogʻiston Respublikasida — tashuvchining yoʻlovchi oldidagi Fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sugʻurta yigʻimlari, avtotransportning qaytarib olib chiqib ketilishi toʻgʻrisidagi majburiyat uchun yigʻimlar, karantin va avtomobilda oʻtganlik uchun yigʻimlar qoʻllanilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmanistonda — xorijiy davlatlar avtotransport vositalari uchun motor yoqilgʻisi qiymati tafovutini qoplash boʻyicha yigʻim joriy etilganligi, Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan yigʻimlarga teng boʻlmagan yigʻimlar belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurta yigʻimlarining (sugʻurta mukofotlarining) Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonda amal qiluvchi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tegishli stavkalardan yuqori ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga 1-ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sugʻurtalanganligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchining polosi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini sugʻurta qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi 2-ilovaga muvofiq namunaviy qoidalarga binoan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan motor yokilgʻisi tafovutini qoplash boʻyicha muqobil yigʻimlar miqdori 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasining avtotransport vositalariga nisbatan shunga oʻxshash yigʻimlarni qoʻllovchi xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtayotganda tenglik asosida bir xil miqdordagi stavkalarni nazarda tutgan holda muqobil yigʻimlar joriy etish va ularni bekor qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 12-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha bir oygacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiradigan bitta avtotransport vositasidan undiriladigan sugʻurta mukofotlari
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stavkalari

‎T/r‎

‎Transport turlari‎

Sugʻurta javobgarligi miqdoridan sugʻurta mukofotlari stavkalari (foizlarda) ‎‎ ‎‎‎

1000 AQSh dollari
‎ (Qozogʻiston Respublikasi) ‎ ‎

3000 AQSh dollari
‎(Turkmaniston)‎ ‎

1.‎

Yuk avtomobillari ‎

1,0‎

2,5‎

2.‎

Avtobuslar ‎

0,8‎

2,0‎

3.‎

Yengil avtomobillar ‎

0,5‎

1,5‎

4.‎

Traktorlar, kombaynlar va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar ‎

0,4‎

1,0‎

5.‎

Mototransport
‎ ‎

0,2‎

0,7‎

Sugʻurta summasi miqdori:
‎‎

Qozogʻiston Respublikasi avtotransporti uchun‎

‎‎— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 400 AQSh dollari;‎

— oʻlim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 600 AQSh dollari.‎

Turkmaniston avtotransporti uchun‎

‎‎— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 1000 AQSh dollari;‎

— oʻlim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 2000 AQSh dollari.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: yigʻimlar bojxona organlari tomonidan bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, mablagʻlar keyinchalik shartnoma asosida sugʻurta tashkilotlarining hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu qoidalarda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartibi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. “Sugʻurtalanuvchilar” — jismoniy shaxslar — toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sugʻurta toʻlovlari toʻlaydigan va sugʻurtalovchilar bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kirishadigan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. “Sugʻurtalovchi” — sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta qoplamasi (sugʻurta summasi) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs.
(2.2.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. “Sugʻurta polisi” — sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalanuvchiga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat. U tuzilgan sugʻurta shartnomasini tasdiqlaydi va uning barcha shartlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. “Sugʻurta shartnomasi” — sugʻurta toʻlovi toʻlangan va sugʻurta polisi berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. “Sugʻurta hodisasi” — sugʻurta hodisasi boshlanganda sugʻurtalovchining uchinchi shaxsga (jabrlanuvchiga) sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini olishiga sabab boʻladigan voqea yoki baxtsiz hodisa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. “Sugʻurta tovoni” — uchinchi shaxslarga toʻlanadigan summa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. “Sugʻurta mukofoti” — sugʻurta shartnomasi tuzishda sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurtalovchiga toʻlanadigan toʻlov.
(2.7.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. “Transport vositalari” — transport vositalari deganda barcha mexanik transport vositalari, shuningdek, traktorlar, oʻziyurar mashinalar va tirkamalar, yarim tirkamalar hamda yoyilma tirkamalar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Mexanik transport vositalariga dvigatelli transport vositalari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta qilish obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilish obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurta qilish subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Jismoniy shaxslar — toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sugʻurta mukofotlari toʻlaydigan va sugʻurtalovchilar bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kirishadigan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari sugʻurtalanuvchilar hisoblanadi.
(4.1.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurta hodisalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Xorijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanishini nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning sogʻligʻiga, hayotiga zarar yetkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining, shuningdek, mol-mulkning shikastlanishi, nobud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin joydagi texnik xizmat koʻrsatish stansiyasigacha yetkazish va uni tuzatish xarajatlari ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sugʻurta shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Sugʻurtalanuvchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi xorijiy transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida boʻladigan davrda, biroq koʻpi bilan bir yil amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Agar sugʻurta shartnomasining amal qilishi mobaynida xorijiy transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlangan boʻlsa yoki u kelgusida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan boʻlsa, u holda shartnomaning amal qilishi sugʻurtalanuvchining xohishiga koʻra toʻxtatiladi, sugʻurta toʻlovi esa sugʻurta shartnomasining oʻtgan davriga mutanosib ravishda sugʻurtalanuvchiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Xorijiy transport vositasi boshqa haydovchiga oʻtganda, sugʻurta oʻz-oʻzidan bekor qilinadi va sugʻurta mukofoti transport vositasi sugʻurtalovchining javobgarligida turgan kunlar soniga mutanosib summada qaytariladi.
(6.3.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurta summalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Fuqarolarning sogʻligʻiga yoki hayotiga, ularning mol-mulkiga, yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sugʻurtalanuvchining fuqarolik javobgarligi yoʻl-transport hodisasining (keyingi oʻrinlarda yoʻl-transport hodisasi deb ataladi) har bir holati boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri yetkazilgan zarar miqdorida, biroq transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakatning ana shunday sugʻurta summasi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda sugʻurta qilingan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sugʻurta mukofotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Sugʻurta mukofotlari sugʻurta kompaniyasi tomonidan transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakatning sugʻurta toʻlovlari stavkalariga teng miqdorda belgilangan sugʻurta summasidan hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. Sugʻurtalanuvchilar sugʻurta mukofotlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotganda toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.3. Sugʻurta mukofotlari bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi, keyinchalik bu mablagʻlar shartnoma asosida sugʻurtalovchining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta mukofotlari naqd pul bilan ham, pul oʻtkazish shaklida ham toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.4. Hisoblab chiqilgan sugʻurta mukofoti toʻlangandan keyin sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga belgilangan namunadagi polis beradi.
(8-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sugʻurta tovoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Sugʻurta tovoni agar yoʻl-transport hodisasi yoki baxtsiz voqea oqibatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchi mayib boʻlsa yoki uning sogʻligʻiga boshqa shikast yetkazilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchi vafot etsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud boʻlsa, yoʻq qilinsa yoki shikastlansa sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.2. Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan zararlarga, shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasiga yoʻlovchilar chiqarish yoki tushirish paytida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasi yoʻlda toʻxtab turgan yoki tuzatilayotgan vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.3. Sugʻurtalovchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— aybdor shaxsning transport vositasida boʻlgan yukka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻl-transport hodisasi natijasida atrof-muhitga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yongʻin kelib chiqishi tufayli oʻrmonlarga, daraxtzorlarga va bogʻlarga yetkazilgan zarar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— naqd pul, qimmatli qogʻozlar, har qanday turdagi hujjatlar, shuningdek, filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar va boyliklar yoʻqolganligi uchun javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.4. Agar jabrlanuvchi tomonidan qasddan jinoyat sodir etilgan boʻlsa, sugʻurta tovoni toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sugʻurta tovoni miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.1. Zarar uchun tovon mazkur Namunaviy qoidalarda belgilangan fuqarolik javobgarligi doirasida belgilanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.2. Zarar miqdori aybdor, jabrlanuvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi zararning miqdorini aniqlash uchun mustaqil ekspertni jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda zarar miqdori sud tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.3. Shaxsga yetkazilgan zarar uchun sugʻurta summasi jabrlanuvchiga, unga boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan summalardan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori davolash-profilaktika muassasasining tegishli hujjatida koʻrsatib oʻtilgan zarar darajasiga qarab yoki vafot etganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Salomatlikka yetkazilgan zarar uchun tovon sugʻurta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 60 foizidan (oʻlgan taqdirda) koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki nobud boʻlganligi uchun sugʻurta tovoni sugʻurta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 40 foizidan (mol-mulk toʻliq nobud boʻlgan taqdirda) koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun yoki jabrlanuvchilarning sogʻligʻiga ziyon yetkazganlik uchun sugʻurta toʻlovi har bir aniq sugʻurta hodisasi boʻyicha bir vaqtda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.4. Sugʻurta toʻlovini sugʻurtalovchi barcha zarur hujjatlar olingandan soʻng 72 soat mobaynida toʻlaydi. Toʻlov sugʻurtalovchining aybi bilan kechiktirilgan har bir kun uchun hisoblab chiqilgan sugʻurta tovoni summasining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sugʻurta hodisasi boshlangan taqdirda sugʻurtalanuvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.1. Yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) kelib chiqqan taqdirda sugʻurtalanuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrishga, voqea oqibatlarini yengillashtirish, shuningdek, mol-mulkning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— imkoni boricha zararning koʻpayishini bartaraf etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— jabr koʻrgan shaxslarga fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan sugʻurtalovchi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— voqea roʻy bergan joydagi sugʻurtalovchini darhol xabardor qilishga yoki sugʻurta tuzishga va voqea roʻy bergandan keyingi ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchiga zarur axborot va tushuntirish xati taqdim etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.2. Transport vositasi egasi, haydovchi yoki daʼvo qiluvchi shaxs sugʻurta tashkilotiga yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa)ga taalluqli mavjud dalillarni taqdim etishi hamda sugʻurtalovchining yuz bergan voqea tafsilotlarini va yetkazilgan zarar miqdorining aniqlanishini taʼminlashi, shuningdek, sugʻurtalovchi tomonidan yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) aybdorlariga qarshi daʼvolarni tekshirishda yordam koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sugʻurta hodisasi boshlangan taqdirda sugʻurtalovchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.1. Yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) toʻgʻrisida xabar olingandan soʻng sugʻurtalovchi zarar miqdorini, hodisaning haqiqiy holatlarini aniqlash maqsadida harakat qiladi hamda sugʻurta dalolatnomasini va manfaatdor shaxslar ishtirokida belgilangan namunadagi hisob-kitob smetasini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.2. Sugʻurtalovchi transport vositasi egasini va daʼvo qiluvchi shaxsni toʻlanadigan zarar miqdorini aniqlash uchun qanday hujjatlar taqdim etish zarurligi haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jabrlangan shaxsning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.1. Jabrlanuvchi yoki uning topshirigʻiga koʻra vakolatli shaxs transport vositasi tomonidan yetkazilgan zarar toʻgʻrisida sugʻurtalovchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.2. Agar zarar nomaʼlum transport vositasi tomonidan yetkazilgan boʻlsa, u holda jabrlanuvchi militsiyaga yoki DANga, sugʻurtalovchiga darhol xabar berishi va zarar nomaʼlum transport vositasi tomonidan yetkazilganligi toʻgʻrisida tergov organlarining tasdiqnomasini olishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.3. Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda sugʻurtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi uchun tovon toʻlashga majbur emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Regress
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.1. Quyidagi haydovchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini ataylab yuzaga keltirgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasini alkogol ichimlik ichish yoki giyohvand modda isteʼmol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sugʻurta voqeasini yuzaga keltirgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasidan uning egasining raʼyiga qarshi foydalangan va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi toʻlangan sugʻurta tovonini sugʻurtalovchiga qaytarishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.2. Agar sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga zarar yetkazilganligi toʻgʻrisida xabar bermasa yoki oʻz vaqtida xabar bermasa, u holda sugʻurtalovchi bunday xabar bermaslik yoki oʻz vaqtida xabar bermaslik oqibatida kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlar va sud chiqimlarini qoplash yuzasidan sugʻurtalangan shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtalovchining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.1. Jabrlanuvchilar va sugʻurtalanuvchilarning arizalari va shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.2. Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar daʼvo muddati doiralarida amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmaniston avtotransport vositalaridan motor yoqilgʻisi tafovutini qoplash boʻyicha undiriladigan muqobil yigʻimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(1 kilometr uchun AQSh dollarida) ‎‎

benzin‎

dizel
‎yoqilgʻi‎

a) yuk avtotransport vositalari — ‎yuk koʻtarish imkoniyati:‎

10 tonnagacha‎

0,12‎

0,09‎

10 tonnadan 20 tonnagacha‎

—‎

0,13‎

20 tonnadan ortiq‎

—‎‎

0,16‎

b) avtobuslar — oʻrindiqlar soni:‎
12 tadan kam‎

0,06‎

0,04‎

13 tadan 30 tagacha‎

0,12‎

0,09‎

30 tadan ortiq‎

0,16‎

0,16‎

v) yengil avtomobillar‎

0,06‎

0,04‎

g) mototsikllar‎

0,04‎

—‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: yigʻimlar bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, mablagʻlar keyinchalik bojxona organlari depozit hisob raqamlari orqali respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.