Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2024 31.08.2000 yildagi 116-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 31.08.2000 yildagi 116-II-son
Date of entry into force
20.09.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIShLOQ XO‘JALIK O‘SIMLIKLARINI ZARARKUNANDALAR, KASALLIKLAR VA BEGONA O‘TLARDAN HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-877-sonli “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 11-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishni ta’minlash, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson sog‘lig‘iga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirining oldini olish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
begona o‘tlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy o‘simliklar orasida o‘sib ko‘payishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki o‘simliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararkunandalar — qishloq xo‘jalik o‘simliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pestitsidlar — o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xo‘jalik o‘simliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya nazorati — zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish sur’ati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalari — o‘simliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamenti — o‘simliklarni himoya qilish vositasi sifatida qo‘llaniladigan har bir kimyoviy yoki biologik vositadan foydalanishda rioya etilishi shart bo‘lgan talablar (usullar, davriylik, muddatlar, normalar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilishning biologik vositalari — o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan o‘xshash biologik moddalar, sun’iy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan o‘simlik yoki boshqa organizm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan organ (bundan buyon — maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilishning samarali, ekologik jihatdan xavfsiz va kam zaharli vositalarini qo‘llash hisobiga qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish va ularning hosilini saqlab qolishga qaratilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari natijalari yuzasidan xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilishda Qo‘llanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qo‘llash reglamentlariga rioya etish, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson sog‘lig‘i va atrof muhitga ta’sirini aniqlash bilan bog‘liq davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinayotgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining sifati ustidan nazoratni uyushtiradi, ulardan foydalanishga doir xulosalar beradi, agar inson sog‘lig‘i va atrof muhitga nomaqbul ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlansa, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilishning davlat dasturlarini ro‘yobga chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa mamlakatlardan o‘simliklarning karantinli va o‘ta xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda begona o‘tlar kirib kelishi xavfining oldini olish va unga barham berish choralarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, yangi texnika va texnologiya jarayonlari hamda ulardan foydalanish usullarini yaratish, sinash va joriy etishga doir ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va loyihalash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilishi va malakasi oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyoviy, biologik va boshqa preparatlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqadi va ularni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalari va qo‘llash reglamentlariga rioya etilishini uyushtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga bo‘lgan, favqulodda vaziyat hollari uchun esa kimyoviy vositalarning zaxiralarini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashning sifati ustidan nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
(7-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash normalari, qoidalari hamda normativlariga rioya etilishi ustidan sanitariya-gigiyena nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toksikologik-gigiyenik jihatdan baho berish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil etadi va o‘tkazadi, pestitsidlarning oziq-ovqat mahsulotlaridagi, ishlab chiqarish va atrof muhit obyektlaridagi gigiyenik normativlari hamda reglamentlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasini o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan bevosita ishlaydigan shaxslarning dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tishini, pestitsidlar bilan zaharlangan bemorlarga tashxis qo‘yilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning oltinchi xatboshisi Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
(8-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining atrof tabiiy muhitga ko‘rsatadigan ta’siriga baho beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilarni va idishlarni ko‘mib tashlash jarayonida ishtirok etadi;
(8-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yo‘q qilib tashlash va ko‘mib tashlashda atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat fitosanitariya nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fitosanitariya nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘simliklarni himoya qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simliklarni himoya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning keng rivojlanishi hamda tarqalishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligi yerlarini muntazam ravishda nazarlaridan o‘tkazishlari va himoyalash tadbirlarini amalga oshirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘simliklarni himoya qilish xizmatining talabiga binoan o‘z hududlaridagi yerlar, o‘simliklar va saqlanayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining fitosanitariya holatiga, shuningdek ularni himoya qilish tadbirlarining amalga oshirilishi va o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanilishiga doir ma’lumotni taqdim etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar va jonivorlarning xavfsizligini ta’minlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘simliklarni himoya qilish xizmatini xavfli fitosanitariya oqibatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan xabardor qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartibga rioya etishlari, mazkur vositalar qishloq xo‘jalik mahsulotlari va atrof muhitni ifloslantirishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish maxsus vakolatli organ tomonidan ro‘yxatga olish sinovlarining natijalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalari besh yil muddatga ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, olib kelish, realizatsiya qilish va qo‘llash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari ularni qo‘llash reglamentlarini ishlab chiqish va asoslash uchun o‘tkazilib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash samaradorligini aniqlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sirining qay darajada xavfliligini baholashni va gigiyena normativlarini, sanitariya normalari hamda qoidalarini ishlab chiqishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashga ekologik jihatdan baho berishni o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida talabnoma bergan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatga olish sinovlarini o‘tkazish uchun o‘simliklarni himoya qilish vositalarining texnik hujjatlari va namunalarini taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olish sinovlarini o‘tkazish muddati ikki yildan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa maxsus vakolatli organ tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlash muddati olti oydan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida talabnoma bergan, shuningdek ularni yaratgan shaxslar o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlanishida qatnashishga haqli emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli organning o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga olish haqidagi qarori ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish va vositani O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarining ro‘yxatga olinganligi haqidagi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qayta ro‘yxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qayta ro‘yxatga olish belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tegishli ariza asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalari yangi muddatga qayta ro‘yxatga olinganda ular qayta ro‘yxatga olish muddati davomida maxsus vakolatli organning ruxsati bilangina qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik va qayta ro‘yxatga olganlik uchun haq to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik va qayta ro‘yxatga olganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarining ro‘yxatga olinganligini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘llanilayotgan vositalar tarkibida aralashmalar bo‘lsa yoki ularning tarkibi ro‘yxatga olingan tarkibdan farq qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olingan o‘simliklarni himoya qilish vositalari qo‘llanilganda fuqarolar sog‘lig‘iga, atrof muhitga yoki foydali entomofaglarga zarar yetkazilishi ehtimoli to‘g‘risida yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga olingan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining nomaqbul xossalari, biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining xulosasi asosida maxsus vakolatli organ ularning ro‘yxatga olinganligini bekor qiladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Taqiqlangan faol va nofaol ingrediyentlarni hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarining qo‘llanilishi taqiqlangan yoki cheklangan faol va nofaol ingrediyentlarini maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda aniqlaydi va Qo‘llanilishi taqiqlangan va cheklangan faol hamda nofaol ingrediyentlar reyestriga kiritadi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qo‘llash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish yuzasidan ro‘yxatga olinmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llagan tarzda shoshilinch choralar ko‘rish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda bunday vositalarni bir yilgacha muddatda tajriba tarzida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qo‘llash uchun ruxsatnoma maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda beriladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qo‘llash uchun ruxsatnoma berishda maxsus vakolatli organ tajriba rahbarini, shuningdek uni o‘tkazish qoidalari va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tajriba tarzida qo‘llash muddati tugaganidan keyin tajriba rahbari maxsus vakolatli organga tajriba natijalari to‘g‘risida hisobot, shuningdek o‘simliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlari, tajriba o‘tkazishda foydalanilgan priborlar va moslamalarning turgan joyi haqida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan, ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalari fitosanitariya, sanitariya va ekologiya vaziyatini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llaniladi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari to‘g‘risidagi ma’lumot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilarni o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari to‘g‘risidagi ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qo‘llash va saqlashga doir ma’lumot hamda ogohlantiruvchi markirovkasi bo‘lgan idish yorlig‘ini taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qo‘llash va saqlash to‘g‘risidagi tavsiyanomalarning shakli va ularni tasdiqlash tartibiga hamda idish yorlig‘iga nisbatan qo‘yiladigan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, yo‘q qilib yuborish, utilizatsiya qilish, tashish va ko‘mib tashlashga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, tashish va ko‘mib tashlash chog‘ida fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan bexatarligini ta’minlovchi sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga, hayvonat dunyosi va hayvonlarning yashash muhitini muhofaza qilish talablariga, o‘simlik dunyosi obyektlari va ularning o‘sib ko‘payish muhitini muhofaza qilish talablariga rioya etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini faqat ularni saqlashga mo‘ljallangan maxsus omborxonalarda saqlashga ruxsat etiladi. O‘simliklarni himoya qilish vositalarini idishsiz saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus moslangan transport vositalarida tashishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini saqlash va tashish chog‘ida odamlar sog‘lig‘iga va atrof muhitga zarar yetkazilishini istisno etadigan talablarga rioya qilinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qo‘llanilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yo‘q qilib yuborish va ko‘mib tashlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qo‘llanilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini yo‘q qilib yuborish usullari o‘simliklarni himoya qilish vositalarining tayyorlovchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda maxsus vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib olinadi.
(24-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Ekologik xavf ehtimoli bo‘lgan vaziyatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish uchun qo‘llaniladigan o‘ta toksik, kuchli ta’sir etuvchi zaharli, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ekologik xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoli paydo bo‘lganda tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistrallari yoqalab qonunchilikka muvofiq alohida huquqiy rejim o‘rnatiladi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. O‘zlariga berib qo‘yilgan yer uchastkalarida fuqarolarning o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zlariga berib qo‘yilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanadigan o‘simliklarni himoya qilish vositalari oddiy va ishlatish uchun xavfsiz bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zlariga berib qo‘yilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanishlariga ruxsat etilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxati maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 31-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 588-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)