Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.09.2003 yildagi 403-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2003 yildagi 403-son
Date of entry into force
17.09.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARNI BOʻShATISh HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar – rezervga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar — zaxiraga boʻshatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1976—1985-yillarda tugʻilgan, chaqirilish muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2003-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli butlanishini taʼminlash maqsadida joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ.Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ.Gʻulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan taʼminlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli oʻtkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib koʻrilishini tashkil etsin. Chaqiriluvchilarni tibbiy tekshirishning xolisligi muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish orqali taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
403-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 150-modda)