Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019 01.08.2003 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 01.08.2003 yildagi 335-son
Date of entry into force
01.08.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019
Hujjat 01.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINING MINTAQAVIY FILIALLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning mintaqaviy filiallariga yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2003-yil 1-iyuldan boshlab shaharlar va tumanlar hokimliklaridagi bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassis lavozimi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2003-yil 1-iyuldan boshlab Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallari shtatlariga vakil lavozimini (har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun bir nafardan) kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan kiritilayotgan shtat birliklarini mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yilda — shaharlar va tumanlar hokimliklari budjetida bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassis lavozimini mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga, ularni Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallariga berish yoʻli bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yildan boshlab — Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari Jamgʻarma mintaqaviy filiallarining mazkur hududga biriktirilgan vakillarini bepul asosda xizmat xonalari, kommunal, foydalanish xizmatlari bilan, shuningdek asosiy faoliyatni yuritish uchun aloqa xizmatlari bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-ilovadagi “bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassis” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 5a-ilovadagi “Jami — 3 kishi” soʻzlari “bosh mutaxassis — vakil — har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun 1 nafardan” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda (qarorga 6-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-banddagi “shuningdek shaharlar va tumanlar hokimliklari shtatlariga yangidan kiritilgan, bolalar sporti sport bazalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassislar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-bandga “shuningdek har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun 1 nafardan bosh mutaxassis — vakildan” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 123-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)