07.07.2003 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.07.2003 yildagi 305-son
Date of entry into force
07.07.2003
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ICHKI BOZORNI YOGʻOCH-TAXTA MATERIALLARI BILAN TOʻLDIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi va respublika korxonalarining yogʻoch-taxta materiallariga va yogʻochga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikaga yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch olib kelishning belgilangan tartibiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qatʼiy rioya qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvining va bojxona toʻlovlari undirishning toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 7-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
305-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 7-iyuldagi
305-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta va arralangan materiallar, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tovarning nomi

TIF TNkodi‎

1. Ishlov berilmagan, shilingan yoki shilinmagan, xomaki bruslangan yoki bruslanmagan yogʻoch-taxta materiallari

4403‎

2. Temir yoʻllar yoki tramvay yoʻllari uchun yogʻoch shpallar‎

4406‎

3. Uzunasiga arralangan yoki yorilgan, randalangan yoki poʻsti olingan, yoʻnilgan yoki yoʻnilmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch-taxta materiallari‎

4407‎

4. Yelimlangan fanera uchun bir qatlamli fanera va bir qavatli yupqa fanera uchun listlar (yelimlangan yoki yelimlanmagan) hamda uzunasiga arralangan, qismlarga kesilgan yoki poʻsti olingan, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch ‎

4408‎

5. Har qanday qirrali yoki yassilikdagi, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan, bir shaklga keltirilgan oʻlchovli (oʻrkachli, oʻyiqli, shpuntlangan, chetlari yoʻnilgan, yarim doira randalangan shaklda biriktirilgan, bir qolipdagi, dumaloqlangan yoki shunga oʻxshash) arralangan binokorlik materiallari (polni parket bilan qoplash uchun yigʻilmagan planka va friz ham shu jumlaga kiradi) (rasmlar, fotosuratlar, oynalar yoki shunga oʻxshash buyumlar uchun bir qolipdagi ramkalardan, shuningdek parket yoki polni yogʻoch bilan qoplash uchun yigʻilmagan brus, planka va frizlardan tashqari) ‎

4409 (440910110, ‎0440920110 va ‎440920910 dan ‎ tashqari‎

6. Yogʻoch-payraxa plitalar va yogʻochdan yasalgan shunga oʻxshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bogʻlovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yogʻochsimon materiallar‎

4410 ‎(441032000 dan tashqari

7. Yogʻochdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar yoki qatron yoki organik moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan yogʻochsimon boshqa materiallar‎

4411‎

8. Yelimlanadigan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materiallar‎

4412‎

9. Blok, plita, brus yoki bir qolipdagi (buyum) shakllardagi presslangan yogʻoch‎

4413‎

(roʻyxatning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2003-yil 17-oktabrdagi 449-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 189-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 107-modda; 20-son, 189-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)