Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar roʻyxati 1, 2-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xodimlarining cheklangan soni 146 (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi apparati tuzilmasi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarining tuzilmasi, apparati xodimlarining toifalariga koʻra cheklangan soni 4b-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi hamda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar 6, 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida 15 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼat tarkibiga Qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoqlari va sohalari muammolarini hal etish boʻyicha kengashlar raislari kiradi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xizmat koʻrsatuvchi, tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan oʻzaro munosabatlariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga xoʻjaliklar tomonidan gʻoʻza va don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishga doir tavsiyalarga rioya etishlari ustidan nazoratni taʼminlash yuklanadi.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga boʻysunadilar va hisob beradilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari rahbarlari tumanlar hokimlari taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
6. Tumanlar hokimliklariga viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari bilan kelishgan holda, xodimlarning mazkur qarorda tasdiqlangan cheklangan sonidan (4b-ilova) hamda tumanlarning qishloq xoʻjaligi ixtisoslashuvidan kelib chiqib 1, 2 va 3-toifaga kiruvchi qishloq tumanlari uchun belgilangan yagona tarif setkasiga qatʼiy muvofiq holda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari apparati xodimlarining aniq sonini va shtat jadvalini belgilash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, shuningdek tegishli uyushmalar, tashkilotlar va korxonalar muassislarining 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarni tugatish, qayta tashkil etish hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tugatilishini, qayta tashkil etilishini taʼminlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Hukumat qarorlari loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq xoʻjalik birlashmalarining, tashkilotlar va korxonalarning tugatilishi bosqichma-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarilishi, hamda qayta tashkil etilishi munosabati bilan boʻshayotgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkdan samarali foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi respublika tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarining davlat korxonalarini kelgusida xususiylashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-iyun,
290-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamlari, 2004-y., 22-23-son, 262-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar
ROʻYXATI
1. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi
3. “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” respublika birlashmasi
4. “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi
5. “Suvmaxsustaʼmirqurilish” uyushmasi
6. “Oʻzsuvxorijiyqurilish” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi
7. “Oʻzmaxsussuvdrenaj” uyushmasi
8. “Oʻzsuvloyiha” uyushmasi
9. “Oʻzirtaʼmirqurilish” uyushmasi
10. “Oʻzqishloqloyiha” aksiyadorlik jamiyati
Keyingi tahrirga qarang.
11. Suv xoʻjaligi sanoat korxonalari uyushmasi
12. SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
13. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
14. Veterinariya bosh davlat boshqarmasi va uning boʻlinmalari
15. “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi
16. Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi va uning boʻlinmalari
Keyingi tahrirga qarang.
17. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi
18. “Oʻzdavtexnazorat” mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi
19. “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
20. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
21. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”)
22. Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xoʻjaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazi
Oldingi tahrirga qarang.
Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
24. Markaziy texnologiya va dispetcherlik xizmati
25. Toshkent davlat agrar universiteti
26. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
27. Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
28. Andijon qishloq xoʻjaligi instituti
29. Suv xoʻjaligining foydalanish va boshqa tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
30. Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimiyo markazi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga muvofiq 30-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamlari, 2004-y., 22-23-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi apparati
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi apparati tuzilmasi
Viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarining tuzilmasi va apparati xodimlarining cheklangan soni
|
Lavozimlar nomi |
Qishloq tumanlari toifalari | ||
|
I guruh |
II guruh |
III guruh | |
| Tuman boʻlimi boshligʻi |
1 |
1 |
1 |
| Boʻlim boshligʻininig oʻrinbosari |
2 |
2 |
1 |
| Bosh mutaxassis |
3 |
2 |
1 |
| Etakchi mutaxassis |
4 |
2 |
2 |
| Mutaxassis |
4 |
3 |
2 |
| Suvdan foydalanish va yerlarni melioratsiyalash masalalari: |
| | |
| Boshliq oʻrinbosari |
1 |
1 |
1 |
| Bosh mutaxassis |
1 |
1 |
1 |
| Etakchi mutaxassis |
3 |
2 |
1 |
| mutaxassis |
4 |
3 |
2 |
| Jami xodimlarning cheklangan soni |
23 |
17 |
12 |
Izoh: mutaxassis atamasiga agronomlar, mexanizatorlar, muhandislar, iqtisodchilar, buxgaltyerlar, melioratorlar, chorvadorlar hamda qishloq va suv xoʻjaligiga taalluqli boshqa mutaxassisliklar kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Vazirlik qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻz tasarrufidagi respublika organlari va hududiy organlar orqali hal etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga egadir.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat koʻrsatayotgan tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xoʻjaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligini yuritishni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
seleksiya, urugʻchilik, naslchilik ishlari, veterinariya, oʻsimliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
irrigatsiya tizimlarini havzalar boʻyicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat suv xoʻjaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini taʼminlash;
ilgaridan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
er va suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
oʻrmon xoʻjaligidan foydalanish, uni qoʻriqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan taʼminlash;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, oʻsimliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga, begona oʻtlarga va chigirtkaga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamlari, 2004-y., 22-23-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ularni roʻyobga chiqarish strategiyasi va mexanizmlari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori konyunkturasi marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini zarur axborot bilan taʼminlaydi;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligiga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, budjet mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
navlarni sinash, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish va koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan oʻziga qarashli elita va urugʻchilik xoʻjaliklari ishini muvofiqlashtiradi;
tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va mehnatni tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat karantin qoidalari bajarilishini, epidemiologiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishi va chorva mollari, parrandalar va baliqlarni kasalliklardan himoya qilish qoidalariga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
seleksiya-naslchilik ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
suv resurslari balansini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar boʻyicha suv olish limitlarini belgilaydi;
suvdan limit boʻyicha foydalanish tartibi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
havza prinsipi asosida yer usti suv resurslari boshqarilishini amalga oshiradi;
suv resurslaridan foydalanishda oʻzaro munosabatlarning bozor prinsiplarini va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yerlarni oʻzlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
magistral, xoʻjaliklararo kanallar va kollektorlar, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
gidromelioratsiya tizimlaridan texnik foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslari hisobini olib boradi va ulardan foydalanilishini nazorat qiladi, “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini yuritishda qatnashadi;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati, sugʻorish va kollektor-drenaj suvlari sifati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi;
transchegara suv resurslari va obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi;
oʻrmonlarni boshqarish, ulardan foydalanish, ularni qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlashni, davlat oʻrmon kadastrini yuritishni amalga oshiradi hamda qoʻriqxona ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, oʻrmon va ovchilik xoʻjaligini yuritishga doir normativ-texnik hujjatlar bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, loyihalash-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, ularni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, ularning natijalari amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohasida xalqaro hamkorlik qilishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika oʻquv yurtlarida va ilmiy muassasalarida, shuningdek xorijda shirkat va fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasi oshirilishini va tajriba almashuvini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi, zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar tarqalishi imkoniyatlarini oʻrganadi va prognozlashtiradi, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kimyoviy va biologik himoya vositalari, stimulyatorlar bilan taʼminlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish sohasida qishloq xoʻjaligi korxonalari va aholini metodik taʼminlashni, shartnoma asosida qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmatlari koʻrsatish ishlari bajarilishini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
oʻsimliklarni himoya qilish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamlari, 2004-y., 22-23-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlik:
paxtachilikni rivojlantirish;
gʻallachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolari boʻyicha Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
III. Vazirlikning huquqlari
9. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
kelishish uchun oʻziga taqdim etiladigan yer, suv va oʻrmon resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalari va takliflar yuzasidan xulosalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan respublika hududiga jahonning epizootik jihatdan nosogʻlom mintaqalaridan chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, shuningdek dehqonchilik mahsulotlari va urugʻlik keltirilishini taqiqlash;
suv manbalariga suv kelishi oʻzgargan taqdirda suv olish limitlariga oʻzgartirishlar kiritish;
limitdan ortiq suv olingan, suv resurslaridan xoʻjasizlarcha, nooqilona foydalanilgan taqdirda suv berishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, suvdan foydalanish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslarini samarali boshqarganlik va ulardan tejamli foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni va suv xoʻjaligi tashkilotlarini iqtisodiy ragʻbatlantirishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik boshqaruvi sohasiga tegishli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga qarashli budjet korxonalari va tashkilotlarida davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;
ommaviy axborot vositalari taʼsis etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlarining vazirliklar, idoralar, muassasalar, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish boʻyicha Kengashlar
11 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasida:
paxtachilikni rivojlantirish;
gʻallachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish boʻyicha Kengashlar tuziladi.
Kengashlar toʻgʻrisidagi nizomlar Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Quyidagilar Kengashlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tarmoqlarni isloh qilish va rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini, ular samaradorligini oshirish yoʻnalishlari va yoʻllarini belgilash;
har bir mintaqaning iqlim, ob-havo sharoitlarini va xususiyatlarini hisobga olgan holda ekinlarni kelgusida va har bir qishloq xoʻjaligi yilida oqilona joylashtirish boʻyicha aniq agrotexnologiya tavsiyalarini ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligida, shuningdek naslchilik ishlarida ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
zamonaviy, resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
13. Kengashlarning tarkibiga, egallab turgan lavozimlari va ilmiy unvonlaridan qatʼi nazar, fan va amaliyotning tegishli sohalarida obroʻsi eʼtirof etilgan yetakchi mutaxassislar va olimlar jamoatchilik asosida kiradilar. Kengashlar aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
14. Kengashlarning raislari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati aʼzolari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Kengashlarning barcha tavsiyalari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati majlislarida muhokama qilinadi, uning qarorlarining bajarilishi majburiydir.
16. Kengashlarning ishchi organlari funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boshqarmalari va boʻlimlariga yuklanadi.
V. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
17. Vazirlikka belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Vazirning suv xoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanuvchi oʻrinbosari ayni vaqtda Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasining boshligʻi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi.
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
19. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat boʻlganda xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining va oʻziga qarashli budjet tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolari boʻyicha Kengashlar toʻgʻrisidagi nizomlarni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tasarrufidagi budjet tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
Vazirlikning, uning hududiy organlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
hududiy organlar va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (koʻrsatmalarni) bekor qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Vazirlikda 15 kishidan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Uning tarkibiga Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish boʻyicha Kengashlar raislari, ayrim boʻlinmalar, agrosanoat kompleksi tizimi vazirliklari va idoralari rahbarlari, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining boshqa rahbar xodimlari kiradi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Vazirlikning hududiy organlari hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka boʻysunadilar va hisob beradilar.
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
23. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari tuman hokimlari taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
24. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari lavozimga Vazir tomonidan tanlov asosida tayinlanadi.
Tanlovni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik va uning hududiy organlari ekspert va maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda Vazir yoki hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
25. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va korxonalarning xoʻjalik hisobidagi faoliyatidan olinadigan daromadlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini va uning boʻlinmalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida belgilangan tartibda Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi, Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan, Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan tuzilgan shartnomalar asosida shirkat xoʻjaliklari (qishloq xoʻjaligi kooperativlari)ning xoʻjalik faoliyatidan (ixtiyoriy tartibda) ajratiladigan mablagʻlar Jamgʻarmaning manbalari hisoblanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari ilmiy-qidiruv, maʼrifiy, bosmaxona va noshirlik ishlariga yoʻnaltiriladi. Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari taʼminotini moliyalashtirish ham Jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Vazirlik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi toʻgʻrisida
Namunaviy nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli viloyat hududida amalga oshiradi.
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari hamda oʻziga qarashli tashkilotlar va korxonalar orqali hal etadi.
4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
5. Boshqarma viloyatda agrar siyosat oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mintaqada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muhim turlarini barqaror yetishtirishni taʼminlovchi dehqonchilik, agrotexnologiyalar va suvdan foydalanishning ilgʻor tizimlarini joriy etishga qaratilgan agrar siyosatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
gʻoʻza va don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish yuzasidan tavsiyalarga xoʻjaliklar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning roʻyobga chiqarilishi va hududda mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllari rivojlantirilishi monitoringini olib borish;
yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini, tuproq unumdorligini oshirishni taʼminlash;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini olib borish, tuzilgan shartnomalarni umumlashtirish asosida paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xaridi hajmlari toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishning yangi ilgʻor agrotexnologiyalari joriy etilishini tashkil etish;
seleksiya, urugʻchilik, naslchilik ishlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga koʻmaklashish;
investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi monitoringida qatnashish;
qishloqda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi suvdan foydalanuvchilariga maʼmuriy tumanlar boʻyicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash va ularga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan oqilona foydalanilishiga, ularning samaradorligini oshirishga, suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
limitlangan suvdan tejab foydalanish uchun viloyat suvdan foydalanuvchilari ragʻbatlantirilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjaliklar ichidagi gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish ishlarini va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek suvdan foydalanishni hisobga olishni tashkil etish va uni rivojlantirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
viloyatda suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishida koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan viloyat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq va suv xoʻjaligi korxonalariga ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda metodik yordam beradi;
fermerlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor konyunkturasi toʻgʻrisidagi axborot hamda ilgʻor texnologiyalar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash tajribasi haqidagi boshqa ilmiy-texnika va axborot materiallari bilan taʼminlaydi;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini yuritadi, tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va yer-suv resurslaridan foydalanishdagi ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etish boʻyicha seminarlar tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
mehnatni tashkil etish va ichki xoʻjalik munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarni amalga oshiradi;
almashlab ekishni joriy etishni tashkil qilish, ekin maydonlari tarkibini, navlarni almashtirishni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishni takomillashtirish, tuproqni himoya qiluvchi va suvni tejovchi samarali texnologiyalarni oʻzlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, sunʼiy qochirish tadbirlarini amalga oshiradi, ularning monitoringini olib boradi;
Havza irrigatsiya tizimlarining suv xoʻjaligi kengashlari ishida qatnashadi;
qishloq xoʻjaligi suvdan foydalanuvchilariga maʼmuriy tumanlar boʻyicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritadi;
umuman viloyat boʻyicha suvdan foydalanish uchun shartnomalar tuzish boʻyicha ishlarga koʻmaklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
takliflarni ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasiga limitlangan suvdan tejab foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi va ularni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar taʼminlanishida koʻmaklashadi, ularni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari faoliyati, ichki xoʻjalik gidromelioratsiya ishlari oʻtkazilishi va suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilishi monitoringini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suv oʻlchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularni rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
korxonalarning qishloq va suv xoʻjaligi kadrlariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi, qishloq yoshlarini oʻqishga yuborish uchun tanlashda, shuningdek ularni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining Kengashlar tavsiyalari asosida qabul qilingan qishloq xoʻjaligi salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha qarorlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
qishloq va suv xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlariga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirishda va ularning malakasini oshirishda amaliy yordam koʻrsatadi.
III. Boshqarmaning huquqlari
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida kelishish uchun unga taqdim etiladigan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish toʻgʻrisida iltimosnomalar kiritish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
8. Boshqarmaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari boshqarmaning tegishli hududiy organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
9. Boshqarmaga viloyat hokimining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
10. Boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari viloyat hokimining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
11. Boshqarma boshligʻi:
boshqarma faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
viloyat boshqarmasi apparati shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat boʻlganda tasdiqlangan tuzilmaga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
viloyat boshqarmasi apparati xodimlarini, oʻziga qarashli tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini, shuningdek tumanlar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
viloyat boshqarmasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, oʻziga qarashli davlat korxonalari va tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida boshqarmaning tegishli hududiy organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish va ularning oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari, oʻziga qarashli tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari hamda oʻziga qarashli tashkilotlarning ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarini (yozma koʻrsatmalarini) bekor qiladi.
12. Boshqarma huzurida tarkibiga boshqarma boshligʻi (Kengash raisi), lavozimiga koʻra Kengash tarkibiga kiruvchi boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek boshqa yuqori malakali xodimlar kiradigan Kengash tashkil etiladi. Kengash 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Kengashning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi, Kengash qarorlari Boshqarma boshligʻining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Boshqarma boshqa ekspert yoki maslahat organlarini ham tashkil etishi mumkin, ular toʻgʻrisidagi nizomlar viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, suv resurslarini boshqarish boʻyicha esa – budjet mablagʻlari Boshqarmalarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi toʻgʻrisida
Namunaviy nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman hududida amalga oshiradi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Kengash qarorlariga hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi buyruqlariga, tuman hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Tuman boʻlimining vazifalari
4. Boʻlim tumanda agrar siyosat oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
seleksiya, urugʻchilik va agrotexnologiyalarni yaxshilash ishlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirishning yangi agrotexnologiyalarini joriy etish;
qishloqda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi, qishloq xoʻjaligida ijara va pudrat munosabatlari rivojlantirilishi ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;
fermer xoʻjaliklarining keng rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish boʻyicha bozor infratuzilmasi rivojlantirilishini tashkil etish;
er va suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman qishloq xoʻjaligi suvdan foydalanuvchilari boʻyicha suvdan foydalanish limitlarini belgilashga doir takliflar tayyorlash, bozor prinsiplari va mexanizmlari amalga oshirilishiga, shuningdek suvdan limit boʻyicha foydalanish tartibiga rioya qilinishiga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
limitlangan suvdan tejab foydalanilganligi uchun tuman suvdan foydalanuvchilari ragʻbatlantirilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilarning suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanishini nazorat qilishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni taʼminlash, ularning tashkil etilishiga va samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini, suvni hisobga olish tizimlarini taʼmirlash va rivojlantirish hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
ilgʻor tajribani, ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ishlarini tashkil etish;
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridi boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini tashkil etish;
naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan tuman inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish.
5. Boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etishda koʻmaklashadi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
qishloq xoʻjaligi shirkatlari boshqaruvi, oilaviy pudratchilar va ijarachilar oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik ichki shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ularning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, ekologiya jihatidan xavfsiz texnologiyalarni joriy etish tadbirlarini tashkil qiladi;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mineral va organik oʻgʻitlardan samarali foydalanishda yordam koʻrsatadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha himoya va oldini olish kompleks tadbirlarini oʻtkazishda koʻmaklashadi;
chorvachilikda seleksiya-naslchilik ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
chorva mollari yuqumli kasalliklariga yoʻl qoʻymaslik va karantin tadbirlariga rioya qilishning profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻorishning ilmiy asoslangan rejimlari, suvni tejovchi tadbirlar va texnologiyalar joriy etilishini tashkil etadi;
magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining Suv xoʻjaligi kengashlari ishida qatnashadi;
irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga tuman qishloq xoʻjaligi suvdan foydalanuvchilari boʻyicha suvdan foydalanish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tumanda suvdan foydalanish yuzasidan shartnomalar tuzish ishlariga koʻmaklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
takliflar ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻorish suvidan foydalanilishini tahlil qiladi hamda suvdan foydalanuvchilarni limitlangan suvdan tejab foydalanganligi uchun ragʻbatlantirish boʻyicha viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar taʼminlanishiga koʻmaklashadi, ular bajarilishining monitoringini olib boradi, ularni tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suvni oʻlchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish ishlarini tashkil etadi;
xoʻjalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini taʼmirlash va ularni rivojlantirish, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni olib boradi;
“Oʻzsuvnazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda, shuningdek irrigatsiya tizimlari boshqarmasi bilan oʻzaro hamkorlikda suvdan limit boʻyicha foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi;
axborot taʼminotini amalga oshiradi hamda fan yutuqlari, agrotexnika, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda koʻmaklashadi;
muqobil mashina-traktor parklari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi va ularning monitoringini olib boradi;
qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etadi.
III. Boʻlimning huquqlari
6. Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanishga doir qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida iltimosnomalar kiritish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunlar buzilishini toʻxtatish va ularning oqibatlarini tugatish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini koʻzlab xoʻjalik sudlariga daʼvo arizalari berish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
7. Boʻlimning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
8. Boʻlimga tuman hokimining taqdimnomasiga koʻra viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
9. Boʻlim boshligʻi:
boʻlim faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va boʻlimga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
boshliq oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga taqdim etadi;
Boʻlim apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Boʻlim xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Boʻlimni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Boʻlim faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Tugatiladigan, qayta tashkil etiladigan hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqariladigan tashkilotlar va korxonalar
ROʻYXATI
|
T/r |
Tashkilotlar va korxonalar nomi |
Qayta tashkil etish va tugatish |
| 1. | Mehnat boʻyicha respublika normativ-tadqiqot stansiyasi | Uning funksiyalari va mutaxassislarini Agrasanoat kompleksida bozor islohotlari Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot institutiga bergan holda tugatiladi |
| 2. | Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi | Mol-mulki va shtatlar sonini tashkil etilayotgan tumanlararo xoʻjalik sudlariga bergan holda tugatiladi |
| 3. | Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita) | Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmitaga aylantiriladi |
| 4. | “Oʻzsabzavotnavurugʻlari” uyushmasi | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 5. | “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi korxonalarni xususiy mulk etib qayta oʻzgartirgan holda tugatiladi |
| 6. | “Asal” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklarni hududiy qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tasarrufiga bergan holda tugatiladi |
| 7. | “Oʻzmevasabzavot” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklarni hududiy qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tasarrufiga bergan holda tugatiladi |
| 8. | “Suvmaxsustaʼmirqurilish” ishlab chiqarish-moliya uyushmasi | Boshqaruvning 2 boʻgʻinli tizimiga oʻtkaziladi |
| 9. | “Oʻzirtaʼmirqurilish” uyushmasi | Boshqaruvning 2 boʻgʻinli tizimiga oʻtkaziladi |
| 10. | “USUB” AJ (“Oʻzsuvuskunabutlash”) | Toʻliq xususiylashtirishni hisobga olgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 11. | “Suvinshootmash” uyushmasi | “NEM” uyushmasi bilan suv xoʻjaligi sanoat korxonalarining yagona uyushmasiga birlashtiriladi |
| 12. | “NEM” nasos-kuch va energetika mashinasozligi uyushmasi | “Suvinshootmash” uyushmasi bilan suv xoʻjaligi sanoat korxonalari yagona uyushmasiga birlashtiriladi |
| 13. | “Oʻzmeliosuvtrans” uyushmasi | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 14. | “Nasl-xizmat” respublika uyushmasi | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 15. | Oʻzbekiston veterinariya sanitariyasi va akarologiya ilmiy-tadqiqot instituti | Mol-mulki va shtatlar sonini Oʻzbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga bergan holda tugatiladi |
| 16. | “Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi huzuridagi respublika chorvadorlar ilgʻor tajriba maktabi | “Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga beriladi |
| 17. | Respublika bogʻbonlar maktabi | “Meva-sharbat” bogʻdorchilik, uzumchilik va vino ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi tasarrufiga beriladi |
| 18. | “Mevasabzavot” Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 19. | “Mevasabzavot” Andijon hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 20. | “Mevasabzavot” Jizzax hududiy birlashmasi” | Tugatiladi |
| 21. | “Mevasabzavot” Qashqadaryo hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 22. | “Mevasabzavot” Namangan hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 23. | “Mevasabzavot” Samarqand hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 24. | “Mevasabzavot” Surxondaryo hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 25. | “Mevasabzavot” Toshkent hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 26. | “Mevasabzavot” Fargʻona hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 27. | Samarqand viloyatidagi Bulungʻur agrofirmasi | Tugatiladi |
| 28. | Samarqand viloyatidagi Nurobod agrofirmasi | Tugatiladi |
| 29. | Samarqand viloyatidagi Samarqand agrofirmasi | Tugatiladi |
| 30. | Samarqand viloyatidagi Qoʻshrabot agrofirmasi | Tugatiladi |
| 31. | Samarqand viloyatidagi Toyloq agrofirmasi | Tugatiladi |
| 32. | Namangan viloyatidagi Yangiqoʻrgʻon agrofirmasi | Tugatiladi |
| 33. | Toshkent viloyatidagi Ohangaron agrofirmasi | Tugatiladi |
| 34. | Toshkent viloyatidagi Boʻstonliq agrofirmasi | Tugatiladi |
| 35. | Toshkent viloyatidagi Zangiota agrofirmasi | Tugatiladi |
| 36. | Toshkent viloyatidagi Qibray agrofirmasi | Tugatiladi |
| 37. | Toshkent viloyatidagi Parkent agrofirmasi | Tugatiladi |
| 38. | Toshkent viloyatidagi Toshkent agrofirmasi | Tugatiladi |
| 39. | Fargʻona viloyatidagi Soʻx agrofirmasi | Tugatiladi |
| 40. | Fargʻona viloyatidagi Quvasoy agrofirmasi | Tugatiladi |
| 41. | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi loyihalar ekspertizasi boʻlimi | Suv xoʻjaligi kompleksidagi loyihalar ekspertizasi boʻyicha injiniring firmasiga aylantiriladi |
| 42. | Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridagi jamoa xoʻjaliklariaro kengashlar | Tegishli viloyatlarning qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasiga aylantiriladi |
| 43. | Amudaryo energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi | Qoraqalpogʻiston energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi bilan birlashtiriladi |
| 44. | Denov hududiy nasos stansiyalari boshqarmasi | Surxondaryo energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi bilan birlashtiriladi |
| 45. | Qashqadaryo viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi | Qashqadaryo viloyati gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasiga aylantiriladi |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarorining 1—3 va 6-bandlari va qarorga 1—8-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 2-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Suv xoʻjaligi departamenti, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1 va 5-ilovalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 98-modda; 2004-y., 22-23-son, 262-modda; 2006-y., 48—50-son, 488-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda, 52-son, 534-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2014-y., 50-son, 595-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda, 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)