26.06.2003 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.06.2003 yildagi 288-son
Date of entry into force
26.06.2003
Hujjat 26.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN EKSPERTLIK FAOLIYATIDA FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori K.J. Doʻsmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 26-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
26-iyundagi 288-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ashyoviy dalillar hisoblanadigan protsessual harakatlarni huquqiy tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoiy-protsessual kodeksi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Surushtiruvchi, tergovchining tegishli qarori yoki sud ajrimi ekspertizalar oʻtkazish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ekspertizaga berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekspertizalarni tayinlash, amalga oshirish va ularning tayyor materiallarini rasmiylashtirish tartibi qabul qilingan protsessual normalarga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ular boʻyicha ekspertizani amalga oshirish tayinlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertiza muassasasiga idishga joylangan-oʻralgan holda beriladi. Idish-oʻrovlarni tegishli muhrlar ottisklari, shaxslarning imzolari va boshqa choralar bilan belgilab qoʻyish undagi mavjud moddalardan ruxsatsiz foydalanishni istisno qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ekspert yoki uning rahbari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni zarur koʻrinishda taqdim etilishini quyidagi hollarda talab qilishga haqlidir:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar idishga joylanmagan-oʻralmagan holda taqdim etilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idish-oʻrovning undagi moddadan foydalanishga imkon beradigan butligi buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idish-oʻrov rekvizitlari (muhrlar ottisklari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni idishga joylash-oʻrashda qatnashgan shaxslar familiyalari) muvofiq boʻlmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ilova qilinadigan materiallarda (ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda, ashyoviy dalilni olib qoʻyish protokolida va boshqalarda) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar haqidagi maʼlumotlarning, miqdoriy (obyektlar birliklarining vazni, miqdori) maʼlumotlarning mavjudligidan qatʼi nazar, ekspert materialni ekspertizaga taqdim etgan shaxs hamda oʻzining bevosita rahbari ishtirokida idish-oʻrovni ochishi va taqdim etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning miqdorini, ularning vaznini, qarorda koʻrsatilgan obyektlarning olib qoʻyish protokoliga muvofiqligini aniqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki koʻrikdan oʻtkazish va tortib koʻrish natijalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar tomonidan imzolangan dalolatnomada aks ettirilgan boʻlishi kerak. Dalolatnoma matnini ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning boʻsh joyida joylashtirishga ruxsat etiladi. Dalolatnomaning nusxasi materialni ekspertizaga taqdim etgan shaxsga beriladi. Ekspertiza qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha oʻtkazilgan taqdirda dalolatnoma nusxasi jinoiy ish materiallariga joylashtiriladi. Dalolatnomaning asl nusxasi ekspertiza muassasasida ekspert xulosasi nusxasi bilan birga saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ekspertizaga berilgan barcha materiallarning saqlanishi uchun mazkur ekspertizani bajarish zimmasiga yuklangan ekspert bevosita javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning saqlanishini taʼminlovchi zarur shart-sharoitlarning yaratilishi uchun javobgarlik ushbu turdagi ekspertizalarni amalga oshiruvchi ekspert-kriminalistika boʻlinmasi rahbariga bevosita yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar alohida qulflanadigan, muhrlanadigan seyflarda, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya bilan jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak. Seyflarning alohida qulflanadigan va muhrlanadigan seksiyalaridan bir nechta ekspertlar tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash maxsus ajratilgan joylarda va jihozlangan xonalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizalarini oʻtkazish va ularning natijalarini berish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tekshirish (analiz qilish) ekspertlar oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etishda ilmiy asoslangan va ishonchli natijalar olishni taʼminlaydigan rasmiy metodik tavsiyanomalarga va normativ-hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Qoidaga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlarining ekspertiza muassasalari tizimida qabul qilingan metodik tavsiyanomalardan, zarur hollarda esa — boshqa vakolatli muassasalarning tavsiyanomalaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni oʻtkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faqat tekshirish uchun zarur boʻlgan miqdorda sarflanishi mumkin. Ekspertiza tugagach ushbu tekshirish obyektlari, agar ular toʻliq sarflanmagan boʻlsa, surushtiruvchiga, tergovchiga yoki ekspertizani tayinlagan sudga qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ekspert tekshirishlarning tayyor natijalari belgilangan shakl boʻyicha ekspert xulosasi tarzida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ushbu Nizomning 5-bandi talablariga rioya qilingan holda idishga joylanadi-oʻraladi, ekspert boʻlinmasining muhri ottiski va ekspertning imzolari qoʻyilgan nakleykalar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tayyor materiallarni olish va berish belgilangan shakldagi maxsus daftarda qayd etiladi. Tayyor materiallarni olayotgan shaxs daftarda oʻz lavozimini, familiyasini, guvohnomasining tartib raqamini koʻrsatishi, shuningdek daftarda ekspert xulosasi hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar olinganligini qayd etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta orqali joʻnatish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ekspertiza va tekshirishlarning oʻtkazilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning ekspertizalari va tekshirishlarini oʻtkazishga mazkur turdagi ekspertizalarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga maxsus ruxsatnomasi boʻlgan ekspertlar qoʻyiladi, maxsus ruxsatnoma mutaxassis tegishli oʻqitishdan oʻtgandan keyin ekspertiza muassasalarining ekspert-malaka komissiyalari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ekspertiza muassasalari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning hamda ularning ekspertizalar va tekshirishlarni oʻtkazishga oʻqitish jarayonlarini taʼminlash, ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan noqonuniy (xonaki) tayyorlanishi va isteʼmol qilinishi bilan bogʻliq obyektlarini shakllantirishni va oʻquv-amaliy kolleksiyalarini yuritishni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ekspert-kimyochilarni koʻrsatib oʻtilgan moddalarni tekshirish metodlariga oʻqitishni taʼminlash uchun namunalar sifatida zarur boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish huquqi berilgan tashkilotlar orqali xarid qilish yoʻli bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tekshirish uchun taqdim etilgan moddaning vazni kamida 20 grammni tashkil qilsa, tekshirish uchun taqdim etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning koʻpi bilan 3 foizini olish yoʻli bilan olinadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olish ular boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mavjud boʻlgan ashyoviy dalillar jumlasidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning namunalaridan, shuningdek surushtiruv, tergov organlarining, shuningdek giyohvandlik va narkobiznesga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan boshqa tuzilmalarning xodimlarini oʻqitishda ham foydalanilishi mumkin. Xodimlarni oʻqitish ekspert-kriminalistika boʻlinmalari bazasida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar namunalarini hisobga olish, saqlash, sarflash va hisobdan chiqarish tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda tasdiqlanadigan ichki idoraviy yoʻriqnomalarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ekspertizalar va tekshirishlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning kimyoviy jihatdan toza namunalari (standartlari) asoslangan buyurtmanomalar boʻyicha, belgilangan tartibda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fizik va kimyoviy metodlardan foydalanadigan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizalari va tekshirishlarini amalga oshiruvchi laboratoriyalarning moddiy-texnik jihozlanishi ularning analiz qilish boʻyicha qabul qilingan metodlarini amaliyotda qoʻllanishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarni Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari operativ-tergov amaliyoti ehtiyojlari darajasida taʼminlashi va xalqaro standartlar normalariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Giyohvandlik va narkobiznesga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi operativ-tergov boʻlinmalari xodimlari ekspertiza muassasalarini noqonuniy muomalaga jalb etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yangi turlari, ularni tayyorlash va isteʼmol qilishning yangi metodlari toʻgʻrisida darhol xabardor qilishlari hamda ekspertiza muassasalari tomonidan ekspertiza va tekshirishlarni oʻtkazishga tayyorlanishda oʻz vaqtida oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrishga yordam beruvchi boshqa axborotlarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.