Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 23.05.2003 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.05.2003 yildagi 230-son
Date of entry into force
23.05.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjat 06.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShDA JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-kassa mashinalarining texnik holati va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi uchun javobgarlikni oshirish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda ulardan noqonuniy foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, nazorat-kassa mashinalarini mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar va ulardan foydalanuvchilar, shuningdek ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash korxonalari foydalanilayotgan nazorat-kassa mashinalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, mashinaning daromad yashirilishiga koʻmaklashuvchi fiskal xotirasiga xizmat koʻrsatuvchi dasturning noqonuniy oʻzgartirilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar fiskal xotiraga xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan holda texnik talablarga muvofiq boʻlmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan taqdirda ulardan soliq organlari tomonidan eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida, qoida buzish takrorlanganda esa — eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qarorga muvofiq soliq organlari tomonidan solingan jarima qoida buzuvchi tomonidan toʻlanmagan taqdirda, sud ijrochilari undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxsning mol-mulkiga qaratishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatishni va ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ularni taʼmirlash hamda plombalash boʻyicha talablarga qatʼiy rioya etilishi uchun javob beradilar, fiskal xotiraga xizmat koʻrsatish dasturlarining noqonuniy oʻzgartirilishi hollari toʻgʻrisida soliq organlariga darhol xabar qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizomni ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash va ulardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 23-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 78-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 46-47-son, 458-modda)