15.05.2003 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.2003 yildagi 217-son
Date of entry into force
15.05.2003
Hujjat 15.05.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChAKANA SAVDO QOIDALARINI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY OVQATLANISh MAHSULOTLARINI (XIZMATLARINI) IShLAB ChIQARISh VA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2003 YIL 13 FEVRALDAGI 75-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari (qarorga 1-ilova) 60-bandining oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maktabgacha bolalar muassasalari, diniy muassasalardan, oʻquv yurtlaridan 300 metr kam masofada joylashgan koʻchma va turgʻun savdo obyektlarida, shuningdek bevosita davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida — koʻrsatib oʻtilgan oʻquv yurtlari va korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan vaqtda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida (qarorga 2-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Umumiy ovqatlanish subyekti taomlar, mahsulotlar, ichimliklarning assortiment roʻyxatini sanitariya va texnologiya talablariga toʻliq rioya qilishni hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqadi, taomlar retsepturalarini tuzadi va tasdiqlaydi, ular tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya nazorati xizmatlari bilan kelishib olinadi. Kalkulatsiya kartochkasi mahsulot narxini belgilash uchun asos hisoblanmaydi, u faqat savdo obyektlari egalari tomonidan ichki foydalanish uchun xizmat qiladi. Kalkulatsiya kartochkasini yuritish shart emas. Mahsulot narxi unga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18—27-bandlar 17—26-bandlar hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 74-modda)