29.07.2014 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.07.2014 yildagi 205-son
Date of entry into force
11.08.2014
Hujjat 12.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan majburiy tartibda shartnomalar tuzilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, shuningdek ularning tegishli ruxsatnomalar olmasdan oʻtkazilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish davomida xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilinadigan boʻlinmalari xatti-harakatlari muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini aholining keng qatlamlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish tadbirlari oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda — har bir ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti boʻyicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar, ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari tarkibi va ularning ish tartibi tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda — ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlarini pasportlashtirish, yondosh hududlarning aniq chegaralarini belgilash tugallanishini, mavjud binolar, inshootlar va imoratlar, muhandislik-texnik, kommunikatsiya, yongʻinga qarshi, evakuatsiya inshootlari, kirish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, texnik asbob-uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan maxsus vositalarning hisoblab chiqilgan zaxirasi va nomenklaturasining texnik holati tahlili oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining ishonchliligini va qurilish konstruksiyalarining barqarorligini, ularning kommunikatsiya, yongʻinga qarshi, evakuatsiya va boshqa muhandislik-texnik vositalar hamda ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tizimlari bilan jihozlanganligini aniqlash maqsadida ular texnik holatining muntazam monitoringi amalga oshirilishini, aniqlangan kamchiliklarning obyektlar maʼmuriyati tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlari va texnik xizmatlar rahbarlari bilan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda qonunchilikka, qurilish, yongʻinga qarshi, ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va talablariga rioya etish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish masalalari boʻyicha instruktaj oʻtkazilishini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibini belgilaydi hamda ular ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlarining, ichki ishlar organlarining ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha oʻzaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi yigʻilishlar, namoyishlar, koʻcha yurishlari va namoyishlarini, shuningdek toʻy, oilaviy, yubiley, vafot etganlar xotirasiga bagʻishlangan oilaviy aza marosimlari va tadbirlarni oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati — tasarrufida, foydalanishida, ixtiyorida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti joylashgan davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik­tanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini oʻtkazish maqsadida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifadagi ommaviy tadbir — 200 va undan koʻp kishilar ishtirokida Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan ommaviy tadbir;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — birinchi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti — ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus moʻljallangan yoki moslashtirilgan, yongʻinga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis­-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlangan, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatlariga kiritilgan ochiq joy uchastkalari, binolar, inshootlar va boshqa joylar (madaniyat­maʼrifat muassasalari, sport majmualari va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir dasturi — ommaviy tadbirni oʻtkazish maqsadlari, obyekti, sanasi va aniq vaqtini, har bir bosqichini oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxslarni koʻrsatgan holda uning asosiy bosqichlarining vaqt boʻyicha jadvalini (bosqichma­bosqich rejasini), foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr taʼminoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat koʻrsatish, ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududning yigʻishtirilishi)ni belgilab beruvchi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishuv boʻyicha ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma — ommaviy tadbirni oʻtkazish huquqini beradigan, vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va ommaviy tadbir tashkilotchisiga beriladigan qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlar — chegaralari mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan belgilanadigan joy uchastkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir ishtirokchilari — ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan ommaviy tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ommaviy tadbirlar birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari roʻyxatiga kiritilgan obyektlarda oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlari tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim ommaviy tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining roʻyxatlariga kiritilmagan joylarda oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ommaviy tadbir uni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmogʻida ommaviy tadbirning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuv boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining rahbariyati bilan kelishuv boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Navroʻz”, “Mustaqillik” va “Yangi yil” umumxalq bayramlarini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ruxsatnomalar, odatda, ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasida koʻrsatilgan muayyan tadbirni bir marotaba oʻtkazish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir qator ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur boʻyicha aynan bitta ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar) ommaviy tadbir ishtirokchisining arizasiga koʻra vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarning umumiy sonini koʻrsatgan holda, bir yilgacha amal qilish muddati bilan, bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun yagona ruxsatnoma berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uning berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ushbu Qoidalarning 1-ilovasida berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tegishli hujjatlar bilan ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, amal qilishini toʻxtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishga kiritish, shuningdek ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda komissiyalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirni oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda komissiya tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining ijtimoiy-­siyosiy, madaniy-­ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi (keyin oʻrinlarda OBOKM boʻlinmasi deb ataladi) komandiri kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning faoliyati taklif qilinayotgan masalalarni jamoa boʻlib, erkin va ochiq muhokama qilishga, komissiya aʼzolarining ularning xizmat faoliyati sohasi boʻyicha bilimdonligiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning shaxsiy tarkibi va uning ish reglamenti tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻz funksiyalarini bajarishda komissiya bevosita joyiga borgan holda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni oʻtkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshirish, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilish, zarur xulosalar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora­-tadbirlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — OBOKM boʻlinmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda — hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri, ishtirokchilarining soni, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining koʻlami, xususiyatlariga va boshqa muayyan shartlarga bogʻliq holda, ruxsatnoma shartlariga muvofiq OBOKM boʻlinmalari va hududiy ichki ishlar organlari birinchi yoki ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga doir chora-­tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga doir chora­-tadbirlar ommaviy tadbirning ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda tuziladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash shartnomalariga koʻra ichki ishlar organlari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi (homiylik va diniy maqsadlarda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlardan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan pul mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning umumiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ommaviy tadbirning ishtirokchisi tomonidan ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazishni tartibga soluvchi ushbu Qoidalar va boshqa qonun hujjatlari normalari talablariga majburiy rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ommaviy tadbir ishtirokchisining ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ommaviy tadbirning ushbu Qoidalar talablariga javob beradigan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ommaviy tadbir oʻtkazilishining joyi va vaqti boʻyicha boshqa ommaviy tadbir bilan toʻgʻri kelib qolmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tadbir ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ommaviy tadbirning ruxsatnoma shartlariga va ommaviy tadbir dasturiga muvofiq oʻtkazilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) agar ommaviy tadbirning oʻtkazilishi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish va (yoki) ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat olinishini talab qiluvchi harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlsa, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish va (yoki) harakatlarni bajarish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat)ning mavjudligi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ommaviy tadbirlarning quyidagi talablarga javob beradigan ommaviy tadbir oʻtkazish obyektida oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ommaviy tadbirlarni tayyorlashda va oʻtkazishda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining qonun hujjatlari, qurilish normalari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, yongʻinga qarshi qoidalar, ekologiya va sanitariya­gigiyena normalari hamda talablariga majburiy rioya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muhandis-texnik, kommunikatsiya, yongʻinga qarshi, evakuatsiya va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlarini, borish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, shuningdek yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan texnik uskuna, maxsus vositalarning hisob-­kitob qilingan zaxirasi va turlarining mavjudligi va ishga soz holatdaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) texnik foydalanish qoidalari (muhandislik, qurilish konstruksiyalari va texnik tizimlarning ishonchliligi va barqarorligi), ishtirokchilarni evakuatsiya qilish yoʻllarining belgilangan normativlarga muvofiqligi, yongʻin va sanitariya-­epidemiyaga qarshi xavfsizlikni, ommaviy tadbirni oʻtkazishning zarur sport-­texnologik shartlarini taʼminlash, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi texnik xizmatlar uchun xavfsizlik texnikasi yoʻriqnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarda xodimlar xatti-harakatlarining rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ommaviy tadbirni oʻtkazishda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan foydalanishning umumiy tartibini belgilovchi hujjatlarning mavjudligi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitlar va oʻziga xoslikni hisobga olgan holda tegishli hokimlik tomonidan tasdiqlangan ushbu obyektda ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazishni tartibga soluvchi yoʻriqnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining hududi boʻylab tomoshabinlarning harakatlanishini, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam, yongʻinga qarshi jihozlar va uskunalarni joylashtirish joylarini tashkil qilish sxemalari, ommaviy tadbir ishtirokchilarining xatti-­harakatlari qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir obyektining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirni oʻtkazishga ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti va xizmatlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir ishtirokchilarining ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida oʻzlarini tutish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib yurilishi taqiqlangan predmetlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xodimlarni yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlardagi xatti-harakatlarga muntazam oʻqitilishini tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sud tomonidan ishga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan, sud hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylaridagi, yil davomida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan jismoniy shaxslar, shuningdek faoliyati qonun tomonidan belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilgan yoki taqiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlari ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari boʻla olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ruxsatnoma olmasdan, shuningdek jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zoʻravonlik va shafqatsizlik, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qoʻzgʻash, qonunda taqiqlangan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadidagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ruxsatnoma olish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbirni oʻtkazish moʻljallangan sanadan oldin oʻttiz ish kunidan kechiktirmay quyidagi hujjatlarni komissiyaga taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Qoidalarning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishuvga koʻra ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirning dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ommaviy tadbirning tashkilotchisi — yuridik shaxs uchun (davlat organlaridan tashqari) — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati doirasida ommaviy tadbirni tashkil qiluvchi ommaviy tadbirning tashkilotchisi —­ jismoniy shaxs uchun — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; ommaviy tadbirning tashkilotchisi —­ jismoniy shaxs uchun — pasport (shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat)ning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Komissiya ommaviy tadbirlar oʻtkazishga ruxsat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ommaviy tadbir tashkilotchisidan ushbu Qoidalarning 21-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bevosita komissiyaga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ommaviy tadbir tashkilotchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ruxsatnomani olish uchun komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat hujjatlar komissiya tomonidan qabul qilingan sanani belgilagan holda darhol ommaviy tadbir tashkilotchisiga beriladi (yuboriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasini olingan kundan boshlab ikki ish kunidan kechikmay ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun rozilik olish maqsadida quyidagilarga soʻrovnoma yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga —­ birinchi toifadagi ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza olinganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomaga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun yozma shakldagi rozilik yoki rozilik berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi asoslangan xulosa komissiyaning soʻrovnomasi olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay komissiyaga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalarni tayyorlash va vakolatli organ rahbariga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi takliflarni taqdim etish ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha komissiya tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifadagi ommaviy tadbir uchun — ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir uchun — ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vakolatli organ rahbari komissiya takliflari olingan kundan boshlab besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va ruxsatnomani imzolagan holda ommaviy tadbir tashkilotchisiga berish yoki ruxsatnoma berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ruxsatnoma komissiya tomonidan ommaviy tadbir tashkilotchisiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ruxsatnomada hisobga olish seriyasi (MM I — birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar uchun, MM II — ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlar uchun), tartib raqami va berilgan sanasi boʻladi, u vakolatli organ rahbari tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda vakolatli organning nomi yozilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma blankalari vakolatli organning buyurtmasiga binoan ushbu Qoidalarning 3-ilovasidagi shakl boʻyicha bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish sabablari, muayyan qonun hujjatlarining normalari va ommaviy tadbir tashkilotchisi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqilishi uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay, yozma shaklda komissiya tomonidan ommaviy tadbir tashkilotchisiga yuboriladi (topshiriladi). Ommaviy tadbir tashkilotchisi rad etish sabablarini bartaraf etib va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ushbu Qoidalarning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisining ushbu Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga javob bermasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining yongʻinga qarshi va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik muhofaza qilish vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlanganlik tizimlariga qoʻyiladigan Yagona normativ­-huquqiy talablarga muvofiqligi jihatidan tayyorgarligini oʻrganish, tadqiq qilish, kuzatish va boshqa ilmiy va texnik baholash yakunlari boʻyicha komissiyaning asoslangan salbiy xulosasining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga nomuvofiqlik sabablari boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ruxsatnoma berilishini rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarning toʻliq koʻrib chiqilishi, ruxsatnomaning berilishi yoki uni berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi ommaviy tadbir tashkilotchisining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab yetti ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va umumiy asosda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hujjatlar qayta koʻrib chiqilayotganda komissiya tomonidan ommaviy tadbir tashkilotchisiga avval bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ommaviy tadbir tashkilotchisi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek komissiya yoki vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda yuqori organlarga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ommaviy tadbir tashkilotchisi ruxsatnoma olgandan keyin ommaviy tadbir boshlanishidan oʻn ish kuni oldin ichki ishlar organlari bilan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari xizmatlarining qiymati ushbu Qoidalarning 4-­ilovasiga muvofiq xizmatlar qiymatini hisob-­kitob qilish asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida ichki ishlar organlari bilan shartnoma tuzilishi, pul mablagʻlarining kelib tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ruxsatnomaga koʻra ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini bajarish yuklangan ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda komissiya tomonidan yangi yuzaga kelgan holatlarni hisobga olgan holda, obyektning ruxsat berilgan ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorligini va ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-­tadbirlari holatini oʻrganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh tarkibiga ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining xususiyatlarini, uning xarakterini va ishtirokchilarning sonini hisobga olgan holda vakolatli organ, hududiy ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati, boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora­-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan ichki ishlar organining vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, komissiya tomonidan faoliyatning ayrim yoʻnalishlari (muhandis-texnik kommunikatsiyalari, energiya taʼminoti va yongʻin xavfsizligini, yoʻl harakati xavfsizligini, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini taʼminlash v.h) boʻyicha bir necha ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tadbirning xarakteri, ob-havo sharoitlari va ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarga bogʻliq holda, ishchi guruh uning oʻtkazilishidan ikki sutka oldin ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tekshiradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv yakunlari boʻyicha ommaviy tadbirning oʻtkazilish imkoniyati yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining ommaviy tadbirni oʻtkazishga tayyorligini, uni oʻtkazish sanasi va vaqtini, ishtirokchilarining sonini, prognoz qilingan ob-havo sharoitlarini, borish yoʻllari va transport vositalari turish joylarining mavjudligi hamda joylashuvini, tibbiy xizmat koʻrsatish va ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududni yigʻishtirish bilan bogʻliq xarajatlarni, ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni hisobga olgan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ommaviy tadbirni oʻtkazishdan oldin bartaraf etish mumkin boʻlmagan fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-­tadbirlarining amalga oshirilishini murakkablashtiruvchi holatlar aniqlanganda ishchi guruh ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilishini, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi taklifni vakolatli organ rahbariga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Vakolatli organ rahbari ommaviy tadbir oʻtkazilishidan oʻttiz olti soat oldin ishchi guruh takliflarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Vakolatli organning rahbari tomonidan ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtini kechroq muddatga koʻchirish, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoki ommaviy tadbirni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya va ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbir boshlanishidan kamida yigirma toʻrt soat oldin tomoshabinlarning va boshqa ishtirokchilarning qabul qilingan qaror, ommaviy tadbirni oʻtkazishning yangi sanasi va vaqti, chiptalar qiymatini qaytarib berish shartlari toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida koʻrinarli joylarda ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilganligi, uning tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda, vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishga doir muayyan rejalarni ishlab chiquvchi jalb qilingan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qoʻmitalar tashkil etilishi mumkin, ushbu rejalar jamiyatga qarshi hodisalar profilaktikasini, yongʻin va sanitariya­-epidemiyaga qarshi xavfsizlikni, tibbiy taʼminotni taʼminlaydi, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish joylarini toʻldirish va ishtirokchilarni evakuatsiya qilish tartibini, favqulodda holatlar yuzaga kelganda turli xizmatlarning vazifalarini koʻzda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ommaviy tadbir tashkilotchisi komissiyani, ommaviy tadbirni oʻtkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora­-tadbirlari yuklangan ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilib, ommaviy tadbir ishtirokchilariga xabar berish va ularga chiptalar qiymatini qaytarish choralarini koʻrib, ommaviy tadbirni oʻtkazmaslik huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni oʻtkazish ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil qilingan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatga olingandan keyin yetti ish kuni mobaynida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani komissiyaga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbir tashkilotchisi — yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnoma olgan ushbu tashkilotchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyati joyi oʻzgargan taqdirda (ommaviy tadbir tashkilotchisi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda) jismoniy shaxs qayta roʻyxatdan oʻtgandan (familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargandan) keyin yetti ish kuni mobaynida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgungacha ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ommaviy tadbir tashkilotchisi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida komissiyaning belgisi qoʻyilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish faoliyatini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda komissiya ommaviy tadbirlarni oʻtkazish ruxsatnomalari reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza komissiya tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin ushbu Qoidalar 10-bandining ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda u ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Ruxsatnoma muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻttiz ish kunidan oldin komissiyaga berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasiga koʻra, ruxsatnomaning “Dublikat” belgisi qoʻyilgan dublikati beriladi, unda ruxsatnomaning asl nusxasida koʻrsatilgan amal qilish muddati koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini, shuningdek u buzilgan taqdirda ruxsatnomaning asl nusxasini berishi (yuborishi) shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, ruxsatnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ruxsatnoma amal qilishining belgilangan tartibda tugatilishiga asos boʻlgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning qoʻpol ravishda bir marotaba buzilishiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisining yoki ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilinishining belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisi yoki ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash manfaatlariga tahdid qiluvchi favqulodda vaziyatlar yoki boshqa holatlarning yuzaga kelish aniq xavfini paydo qiladigan tarzda buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qoidalar 10-bandining ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar yoki ommaviy tadbirlar dasturlari umumiy sonining oshib ketishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Ruxsatnomalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Vakolatli organ reyestr yuritadi, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (ommaviy tadbirlar tashkilotchilari — yuridik shaxslarning nomlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, ommaviy tadbirlar tashkilotchilari — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasporti maʼlumotlari, pochta manzili, telefoni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalar berilgan sanalar, hisobga olish seriyalari va raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berilgan ommaviy tadbirlar toifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining nomlari va joylashgan joylari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora­-tadbirlarini amalga oshirish yuklanadigan ichki ishlar organi (OBOKM boʻlinmasi)ning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomaning amal qilish muddati (ushbu Qoidalar 10-bandining ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berilgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, shuningdek ularning amal qilish muddatini uzaytirish (ushbu Qoidalar 10-bandining ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berilgan taqdirda), toʻxtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatishning asoslari va sanalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalarni bekor qilishning asoslari va sanalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalar dublikatlarini berishning asoslari va sanalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy tadbir tashkilotchisiga ruxsatnoma berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga kiritiladi. Reyestrdagi barcha belgilarga sana qoʻyiladi, masʼul shaxsning imzosi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻoz va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik boʻlganda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvorlikka ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr daftar tarzidagi qogʻoz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan yagona nusxada yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr daftari tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlari soni, daftarni yuritish boshlangan sana (kun, oy, yil) koʻrsatiladi, vakolatli organ rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi va uning muhri qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 53-bandida koʻrsatilgan reyestrdagi maʼlumotlar ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelmaganda, ushbu Qoidalarning 53-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, tiklash, toʻxtatish va ruxsatnomalarni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda vakolatli organ tegishli qaydlarni reyestrga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Reyestrdagi maʼlumotlardan hamma foydalanishi mumkin. Ruxsatnomalar berilgan ommaviy tadbirlarning muayyan tashkilotchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrdan koʻchirma sifatida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrdagi maʼlumotlar vakolatli organ tegishli soʻrovnomani olgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay vakolatli organ tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar, ular ishtirokchilarining, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlari maʼmuriyatlarining va ichki ishlar organlarining ularga rioya qilish boʻyicha majburiyatlari va huquqlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda uning ishtirokchilari fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga qoʻyiladigan talablarga rioya qilishga, ommaviy tadbir tashkilotchisining va fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida ommaviy tadbir ishtirokchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari va piyodalarning harakatlanishiga toʻsqinlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda joylashgan tashkilotlarning uzluksiz ishlashiga xalaqit berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazishning belgilangan tartibini buzuvchi yoki bunday xatti­-harakatlarni sodir qilishga undovchi harakatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida organ xodimlariga, shuningdek jamoat tartibini qoʻriqlashda koʻmak beruvchi jamoatchilik vakillariga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar roʻyxatiga kiritilgan sovuq, oʻqotar, gazli yoki boshqa qurollar, pirotexnika buyumlari, oʻq­-dorilar, oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni, shuningdek foydalanilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni olib yurish (sportchilar tomonidan sport tadbirlari dasturlarida koʻzda tutilgan sport anjomlaridan foydalanishlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sovuq, oʻqotar, gazli yoki boshqa qurollar, portlovchi moddalar va oʻq-dorilarning imitatorlari va mulyajlarini olib yurish (teatr va teatr tomoshalarida ulardan foydalanish bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirga hayvonlar bilan kelish (ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ulardan foydalanish bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining emblemalari, ramzlari, bayroqlari va vimpellaridan, shuningdek mazmuni jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qilish, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qoʻzgʻatish, qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadidagi emblemalar, ramzlar, bayroqlar, vimpellar, plakatlar, transparantlar va boshqa vositalardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mast holatda yoki giyohvand vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni isteʼmol qilish oqibatida insonning intellektual­-iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi holatda boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli mahsulotlarni sotish ommaviy tadbir oʻtkazilishidan kamida ikki soat oldin va ushbu tadbirni oʻtkazish vaqtida toʻxtatiladi (oldindan rejalashtirilgan tantana va marosim tadbirlari uchun belgilangan tartibda alkogolli ichimliklarni sotish holatlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ommaviy tadbir tashkilotchisining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash sharoitlarining mavjudligini hisobga olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtini tanlashda tomoshabinlar va ommaviy tadbir boshqa ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlari imkoniyatini, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlar transport vositalarining oʻtish yoʻllarining mavjudligini hisobga olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda — ommaviy tadbirda qatnashayotgan davlat organlari rahbarlarini, hurmatli mehmonlarni kutib olish va kuzatish joylarida sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda — ushbu obyektning sigʻdiruvchanligini hisobga olgan holda, ommaviy tadbir ishtirokchilarining sonini va ommaviy tadbir oʻtkazish vaqtida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, ularning xodimlarini joylashtirish uchun tomoshabinlar joylarining turli uchastkalaridagi joylarning kerakli miqdorini ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiptalar (taklifnomalar)ning orqa tomonida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar va buyumlar roʻyxati mavjudligini taʼminlash va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida metallning detektor nazorati toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma tuzish, shartnoma shartlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazishda, zarur holda, ichki ishlar organlarining xodimlarini tashish uchun transport vositalarini ajratish choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan holatlarda ommaviy tadbirning foto-, audio-, video- va kino tasvirga tushirish va yozib olish taqiqlanganligi toʻgʻrisida ommaviy tadbir ishtirokchilarini oldindan xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy boʻlishi yoki ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha farmoyish berish funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxsning oʻtkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish shartlari va tartibiga rioya etilishini, binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa mol-mulk, yashil oʻsimliklarning saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari bilan birgalikda — ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan sharoitlarda oʻzini tutish qoidalari, xavfsizlik texnikasi choralariga rioya qilish boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaslik toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati vakillarining qonuniy talablarini bajarish, fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashda ularga yordam berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga darhol xabar qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkaziladigan ommaviy tadbir toʻxtatilgan taqdirda bu haqdagi axborotni uning ishtirokchilariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisining farqlash belgisiga ega boʻlish (qoʻl bogʻlagichi, beyjik va sh.k.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni aniqlashtirish uchun komissiyaning taklifiga koʻra kelish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Ommaviy tadbir tashkilotchisining huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan ichki ishlar organidan ommaviy tadbirni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq kuch va texnik vositalar ajratilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir ishtirokchilaridan ushbu Qoidalarga rioya etishlarini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir ishtirokchilari jamoat tartibini va ushbu Qoidalarni buzayotgan boʻlsa, ulardan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan ketishlarini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻdira olishini hisobga olgan holda ommaviy tadbir ishtirokchilarining ushbu obyektga kiritilishini toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir dasturida belgilangan chiqishlar (harakatlar) tartibiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash manfaatlariga xavf soluvchi holatlar yuzaga kelganda ommaviy tadbirning tashkilotchisi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati va ichki ishlar organlari xodimlarining talabi boʻyicha shu zahoti chiqishlar (harakatlar)ni toʻxtatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari xodimlaridan shaxsiy xavfsizlikning taʼminlanishini, shuningdek tomoshabinlarning xulq-atvori bilan bogʻliq boʻlgan normal chiqish (harakatlar)ga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning bartaraf etilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatidan chiqishga tayyorgarlik koʻrish uchun sharoitlar yaratilishini talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Ommaviy tadbir tomoshabinlarining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibiga va umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tashrif buyurish tartibiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchilari, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati va ichki ishlar organlari vakillarining ushbu Qoidalar talablariga, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir qonuniy talablarini bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ommaviy tadbir tomoshabinlarining huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti hududiga va tribunalariga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar boʻyicha kirishlari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining umumiy sigʻimi doirasida ularda koʻrsatilgan joylarni egallash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida joylashgan saqlash kameralari, garderoblar, bufetlar, qahvaxonalar, maʼlumotlar byurosi, telefonlar, kioskalar va shu kabilardan belgilangan tartibda foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida mavjud boʻlgan barcha muhandislik va xabar berish tizimlari, qoʻriqlash va fizik muhofaza qilish, elektron-vizual kuzatish muhandis-texnik vositalarining uzluksiz ishlashini, xavfsizlikni taʼminlash tizimlarini boshqarishning statsionar (koʻchma) punktlarining tayyorligini, tomoshabinlar joylari (tribunalar), ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yoʻllarining tayyorligini, oʻt oʻchirish vositalarining mavjudligi va sozligini, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidagi xodimlarning favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yoʻriqnomalarini bilishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisiga tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari uchun moʻljallangan joylarning soni toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimiga muvofiq chiptalar (taklifnomalar)ning sotilishi (berilishi)ni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligini, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarning zarur darajada yoritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining koʻrinarli joylarida xavfsizlik belgilari, evakuatsiya qilish koʻrsatkichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yoʻriqnomalarini, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalarini joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir oʻtkazilishidan bir sutka oldin sotilgan chiptalar (berilgan taklifnomalar)ning soni, tomoshabinlar va ommaviy tadbirdagi boshqa ishtirokchilarning taxminiy soni toʻgʻrisidagi axborotni ichki ishlar organlariga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariyaviy (avtonom) elektr taʼminoti manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), ularni qoʻllash yoʻriqnomalarining mavjudligini taʼminlash va ulardan foydalanilishi uchun masʼul shaxsni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbir boshlangunga qadar ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining mahalliy radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) orqali ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning oʻzlarini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari eʼlon qilinishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kirishda, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tomoshabinlarni va boshqa ishtirokchilarni chiptalar (taklifnomalar) boʻyicha joylashtirishda kiritish rejimini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir ishtirokchilarining transport vositalari uchun toʻxtash joylari tashkil qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari vakillarining qonuniy talablarini bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisidan ommaviy tadbir dasturining oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilaridan ushbu Qoidalar talablari, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida huquq­-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga darhol xabar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar organlarining majburiyatlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning hajmi, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash uchun kuch va texnik vositalarni jalb qilish, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni tayyorlash va oʻtkazish davrida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini, yoʻl va yongʻinga qarshi xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiptalarni sotish vaqtida kassalar oldida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatidan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimidan kelib chiqib chiptalarni sotish (taklifnomalarni tarqatish) limitiga rioya etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga alkogolli ichimlikdan mast boʻlgan holatda yoki insonning intellektual iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi narkotik vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni isteʼmol qilish holatida boʻlgan shaxslarning ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga oʻtishiga, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda spirtli ichimliklarni ichish (isteʼmol qilish)ga yoʻl qoʻymaslikda yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tashkilotchisidan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan va boshqa shaxslardan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarda alkogolli mahsulot sotishning toʻxtatilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga oʻtish xavfsizligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining sigʻimidan kelib chiqib, ommaviy tadbir ishtirokchilarining ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kiritilishini toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga tomoshabinlarning tashkiliy ravishda oʻtishini va tribunalarda, oʻtirish uchun ajratilgan boshqa joylarda ularning joylashtirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tribunalar (sektorlar, joylar)da va unga tutash boʻlgan hududda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash, tomoshabinlar tomonidan belgilangan xulq-odob qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida muhandis-texnik, yongʻinga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlari, evakuatsiya qilish yoʻllari tayyorligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini, ushbu Qoidalar talablarini, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzayotgan ommaviy tadbir ishtirokchilaridan ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektidan chiqib ketishlarini talab qilish, shuningdek ularni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir dasturida koʻzda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni oʻtkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda oʻzini tutish qoidalari boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini keltirib chiqaruvchi harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbir tugashi bilan, zarurat boʻlganda — uni oʻtkazish vaqtida yongʻinlar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki yuzaga kelishi xavfi boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining boʻlinmalari, ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati bilan birgalikda ommaviy tadbir ishtirokchilarini tribunalar (sektorlar, joylar)dan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlardan ishtirokchilarni evakuatsiya qilish jarayonini tashkil qilish va boshqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda ichki ishlar organlarining huquqlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga borish joylarida fizik toʻsiqni va ruxsatnoma bilan oʻtkazish rejimini amalga oshirish, muhandis-texnik vositalardan foydalangan holda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash hududlarni oʻrab olish chegaralarini yaratish, ommaviy tadbir ishtirokchilarining fotosuratga olinishini, audio- va videoyozuvini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan ruxsatnomalar boʻyicha oʻtkazish rejimini amalga oshirish, tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarni tribunalar (sektorlar, joylarda) chiptalar (taklifnomalar) boʻyicha joylashtirish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga tutash boʻlgan hududlarda transport vositalarining tekshiruvini, ommaviy tadbir ishtirokchilarining shaxsiy tekshiruvini va ulardagi buyumlarning tekshiruvini, shu jumladan texnik va maxsus vositalar yordamida amalga oshirish. Ommaviy tadbir ishtirokchisi transport vositasining tekshiruvidan, shaxsiy tekshiruvdan yoki undagi buyumlar tekshirilishidan bosh tortgan taqdirda ommaviy tadbir ishtirokchisi (transport vositasi) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yoʻllarining boʻshatilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari bilan koʻrgazmali targʻibot oʻtkazish, mahalliy retranslyatsiya tarmogʻi va boshqa vositalaridan foydalanib ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida oʻzini tutish qoidalariga rioya etish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarining oʻtkazilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya qilishning nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilish nazoratini amalga oshirishda komissiya oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining rejali tekshiruvlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining buzilishi faktlari mavjud boʻlganda ushbu tadbirlarni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishining rejadan tashqari tekshiruvlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatidan tekshiruvlarni oʻtkazishda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha kerakli axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish shartlari buzilishlarining aniq faktlarini koʻrsatgan holda, tekshiruv natijalari asosida dalolatnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berish, bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatlarni belgilash, koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirni oʻtkazish ruxsatnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish, ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga koʻchirilishi, uning tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi takliflarni vakolatli organ rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilmaganligi ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash manfaatlariga tahdid qiluvchi favqulodda vaziyatlar yoki boshqa holatlarning kelib chiqish xavfini tugʻdirsa — ommaviy tadbir darhol toʻxtatilishini talab qilish huquqlariga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Bir yilda kamida bir marta komissiya tomonidan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb qilgan holda qurilish konstruksiyalaridan foydalanishning ishonchliligi va barqarorligini, ularning yongʻinga qarshi va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya qilish vositalari, ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tizimlari bilan jihozlanish tizimlariga qoʻyiladigan Yagona normativ-huquqiy talablarga, shuningdek ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarining texnik tekshiruvi oʻtkaziladi. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, u aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish uchun ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar oʻtkazishga ruxsatnoma berishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

‎‎Ommaviy tadbirni oʻtkazishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎___________________________________________________________________________________________rahbariga

‎‎1. Ommaviy tadbir tashkilotchisi — yuridik shaxs uchun: nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:_________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

‎‎vakolatli shaxs: _______________________________________________

‎‎(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

____________________________________________________________________________‎‎

‎‎shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;ommaviy tadbirni tashkil etish va

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎oʻtkazish boʻyicha boshqarish funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha vakolati )

‎‎1.1. Ommaviy tadbir tashkilotchisi — jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi:_______________________________________________________________, pasport (shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) seriyasi va tartib raqami: __________________________________________________________, kim tomonidan va qachon berilgan:______________________________________________________________.

2. Joylashgan (yashash) joyi: ______________________________________________‎‎

(yuridik shaxsning pochta manzili, ‎‎

____________________________________________________________________________‎‎

jismoniy shaxsning yashash joyi)‎‎

‎‎3. Telefonlari:_______________, ___________, faks: ________, el. manzili ___________.

‎‎4. Ommaviy tadbirning nomi va toifasi:__________________________________________
‎___________________________________________________________________________.

‎‎5. Ommaviy tadbir oʻtkazishning tashkiliy shakli: ___________________________________.

‎‎6. Ommaviy tadbirni oʻtkazish maqsadi: ____________________________________________
‎_______________________________________________________________________.

‎‎7. Oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar soni, ruxsatnomaning soʻralayotgan amal qilish muddati ________________________________________________________________

‎‎(bir qancha ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan taqdirda)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎8. Ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining nomi va joylashgan joyi _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

‎‎9. Ommaviy tadbirning sanasi, boshlanish va tugash vaqti _____________________________
‎___________________________________________________________________________.

‎‎10. Ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _______________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎(ishtirokchilarning taxmin qilinayotgan soni,

‎‎__________________________________________________________________

‎‎shu jumladan toifalar boʻyicha — artistlar, sportchilar, tomoshabinlar va boshqa shaxslar)

11. Ommaviy tadbirni oʻtkazishda ovoz kuchaytiruvchi texnik vositalar va yorugʻlik nurlari bezaklaridan foydalanish maqsadlari____________________________________________. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎12. Boshqa maʼlumotlar (ariza beruvchining xohishiga koʻra) ___________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

‎‎13. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati (hujjatning nomi va varaqlari soni), jami _____ varaqda, shu jumladan:

‎‎a) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma — ariza beruvchi — yuridik shaxs uchun; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasining nusxasi — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati doirasida ommaviy tadbirni tashkil etayotgan ariza beruvchi uchun;

‎‎b) ommaviy tadbir oʻtkazish obyektining (bino, imorat) maʼmuriyati bilan kelishuv boʻyicha arizachi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi;

‎‎g) __________________________________________________________, varaqda.

‎‎Rahbar ‎_____________________________‎

___________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

M.Oʻ.‎

‎‎Yakka tartibdagi tadbirkor ___________ ‎‎_______________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

M‎.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)

‎‎Fuqaro _________________________ ‎‎_______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

____________________________________________________________‎‎

(vakolatli organning nomi)‎‎

‎‎R U X S A T N O M A

‎‎MM__________________‎

‎‎№ ________________‎

‎‎(ommaviy tadbir toifasi)

‎‎20____ yil “_____” ________________

‎‎(ruxsatnoma berilgan sana)‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎________________________________________________________________ga

__________________________________________________________________

(ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining nomi va joylashgan joyi)‎‎

__________________________________________________________________________________________________________________________________da
__________________________________________________________________

‎‎(ommaviy tadbirning sanasi, boshlanish va tugash vaqti — bir martalik ommaviy tadbir oʻtkazilganda;

__________________________________________________________________

ruxsat berilgan ommaviy tadbirlarning umumiy soni — bir nechta ommaviy tadbir oʻtkazilganda;‎‎

__________________________________________________________________

ommaviy tadbirning toifasi, nomi, maqsadi va uni oʻtkazishning tashkiliy shakli)‎‎

‎‎_____________________________________________oʻtkazish uchun berildi.
Ommaviy tadbir ishtirokchilarining eng koʻp cheklangan soni: _____________.‎‎
Fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirish ______
__________________________________________________________ga yuklanadi.‎‎

‎‎(hududiy ichki ishlar organining, alohida batalyon boʻlinmasining nomi)

‎‎_________________________________________________________________.
‎‎Alohida shartlar*:
‎‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎Ruxsatnomaning amal qilish muddati**: ____________________________________
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(oxirgi tadbirni oʻtkazish muddati koʻrsatiladi — bir nechta tadbir oʻtkazilganda)

‎‎___________________________ __________‎ ‎‎_____________________

‎‎(vakolatli organ rahbarining lavozimi)

(imzosi) ‎

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ruxsatnomada ommaviy tadbirning ahamiyatini, xarakterini, ishtirokchilar sonini, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining xususiyatlarini va ommaviy tadbirni oʻtkazishning boshqa aniq shartlarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan belgilanadigan ommaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Ushbu Qoidalar 10-bandining ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda bir nechta ommaviy tadbir oʻtkazishga ruxsatnoma berilgan taqdirda ruxsatnomada oʻtkazishga ruxsat berilgan ommaviy tadbirlarning umumiy soni va ruxsatnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari xizmatlari qiymatini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari xizmatlari qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining moliya-iqtisodiyot boshqarmalari (boʻlimlari) tomonidan taqdim etiladigan va hisoblab chiqiladigan xarajatlar smetalari asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir kishi-soat qiymati shartnoma qiymatini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Bir kishi-soat qiymati qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining yetti foizini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning umumiy qiymati bir kishi-soat qiymatining kamida 50 foizini jalb etiladigan xodimlar soniga va ommaviy tadbirni oʻtkazish soatlari miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 1-son, 6-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga 1-ilova 11-bandi “e” kichik bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2010-y., 10-son, 52-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2012-y., 11-son, 79-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 398-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son; 29.06.2024-y., 09/24/360/0456-son; 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)