28.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
16.09.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim

Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataladilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, investitsiya, tijorat va moliya-kredit faoliyati sohasida oʻzaro aloqalarning zamonaviy shakllaridan foydalanishga muhim ahamiyat berib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkala davlat manfaatlari yoʻlida iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish zarurligidan kelib chiqib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat ishlab chiqarishini barqarorlashtirish va yuksaltirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, investitsiya sohasidagi faollikni oshirish hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan samaraliroq foydalanish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkala davlat korxonalari va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish-texnologik aloqalarni saqlash va ularni yangi asoslarda amalga oshirish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida kelishdilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya xoʻjalik subyektlari bazasida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar moliya-sanoat guruhi deganda ishlab chiqarish faoliyatini birgalikda yuritish, ilmiy-texnologik va kooperatsiya aloqalarini qaror toptirish va rivojlantirish, foyda olish, ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida ishtirokchilarning sarmoyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kredit-moliya muassasalari va investitsiya muassasalari guruhini tushunadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhlari xoʻjalik subyektlari tomonidan muassislarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha ixtiyoriylik tartibida ikkala davlatdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga muvofiq, shuningdek hukumatlararo bitimlar asosida tashkil etilishiga rozilik bildirdilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhlarini ixtiyoriy tartibda shakllantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishini belgilaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhlar qatnashchilari tomonidan aksionerlik jamiyatining taʼsis etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhlar qatnashchilari tomonidan guruh tarkibiga kiruvchi korxonalar va moliya-kredit muassasalarining oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalar paketlarini guruh qatnashchilaridan biri boʻlgan bosh korxonaga boshqarish uchun berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh qatnashchilaridan biri tomonidan boshqa korxonalar, shuningdek guruh qatnashchisi boʻlayotgan muassasa va tashkilotlar aksiyalar paketlarining sotib olinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhlarini ixtiyoriy tartibda tashkil etishda amaldagi milliy qonunchilikda belgilangan cheklashlarga rioya qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda

Tomonlar hukumatlararo bitimlar asosida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda hududida guruhlar roʻyxatga olinadigan davlatning vakolatli tashkilotlari shu guruhni tashkil etish loyihasini ekspertizadan oʻtkazishni milliy qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirishidan kelib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhini tashkil etish loyihasini tayyorlash va uni ekspertizadan oʻtkazish maqsadida guruh qatnashchilari — xoʻjalik subyektlari toʻgʻrisidagi zarur axborotni olishda koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda

Moliya-sanoat guruhini hukumatlararo bitim asosida tashkil etishda oʻzbekistonlik va gruziyalik qatnashchilar tarkibi, qatnashish shakllari, sarmoyalarni birlashtirish mexanizmlarini Tomonlardan har biri oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish taʼsis hujjatlariga muvofiq hududida guruhning bosh korxonasi joylashadigan davlat vakolatli organlari tomonidan shu davlat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshirilishiga kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda

Tomonlar moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish va ular faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida milliy qonunchilikka muvofiq davlat kafolatlari va imtiyozlar berishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari paxtani qayta ishlash va kimyo sanoati, mashina va samolyotsozlik, energetika, transport va aloqa, tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishda deb hisoblaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar tegishli organlarga tomonlardan har birining davlati hududida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish masalalariga oid qabul qilinayotgan normativ hujjatlar toʻgʻrisida muntazam axborot almashishni amalga oshirishni topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim Tomonlar u kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajarganliklari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilgan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri uning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyati haqida boshqa Tomonga yozma shaklda maʼlum qilgan kundan boshlab olti oy oʻtgunga qadar amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim shartlariga muvofiq imzolangan kontraktlar, shartnomalar va boshqa bitimlar boʻyicha majburiyatlar uning amal qilishi toʻxtagandan keyin ham ular toʻliq bajarilgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 28-mayda, Tbilisi shahrida, oʻzbek, gruzin va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)