O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha memorandum doirasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish hamda valyuta bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishi va kengaytirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda o‘z idoraviy me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga
2-ILOVA
2002-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 159-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
1-ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilova 28-bandining ikkinchi xatboshi va 32-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 1-son, 7-modda; 20-son 159-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)