Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2025 08.01.2003 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.01.2003 yildagi 8-son
Date of entry into force
08.01.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2025
Hujjat 26.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublika statistika organlari faoliyatini tashkiliy taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 128 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasida raisning bir nafar birinchi oʻrinbosari, raisning ikki nafar oʻrinbosari hamda yetti kishidan iborat Hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi vazir maqomiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisiga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va statistika ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Qoʻmita tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining, tuman (shahar) statistika boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 3, 3a, va 3b-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzurida davlat statistikasini rivojlantirish, uning faoliyat koʻrsatishi va uni muvofiqlashtirish muammolari boʻyicha kollegial maslahat organi — Statistika kengashi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ikki hafta muddatda Statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Statistika kengashining shaxsiy tarkibi respublika Hukumati taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi statistika organlari va unga boʻysunuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va shahar statistika boʻlimlari boshliqlari tuman va shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti oʻz vaqtida taqdim etilishi, uning toʻliqligi va ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddatda mintaqaviy statistika boshqarmalari hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlari va boshqa oʻziga qarashli tashkilotlar toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat statistika qoʻmitasi organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistikaga oid vakolatlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika davlat departamentining vakolatlari, majburiyatlari va mulkiy huquqlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 6-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika viloyatlarida shunday attestatsiya komissiyalari tashkil etilsin, ularning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi rahbarlari, viloyat hokimlarining iqtisodiyot va kadrlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy Statistika boshqarmalari boshliqlari kiritilsin. Hududiy komissiyalar ikki oy muddatda viloyat statistika boshqarmalari, tuman va shahar statistika boʻlimlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi raisi (R.S. Azimov) oʻtkazilgan attestatsiya natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalqaro statistika standartlariga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzurida Bozor munosabatlari oʻquv-konsalting markazi bazasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2003—2005-yillarda davlat statistika organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi davlat statistikasi hududiy organlari, birinchi navbatda, tuman va shahar statistika boʻlimlari rahbarlarining uch yilda kamida bir marta kasb darajasi va malakasi oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining buyurtmalariga muvofiq davlat statistika organlari uchun mutaxassislar tayyorlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan maʼmuriy jarimalardan tushumlar hisobiga shakllantiriladigan Maxsus jamgʻarmani yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga berilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlariga foydadan va davlat statistika organlari ixtiyorida qoladigan boshqa tushumlardan davlat statistika organlari tizimi xodimlarining yuqori malakasi uchun ularga oylik lavozim maoshi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda ustama belgilash uchun foydalanish huquqi berilsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili davlat budjetini shakllantirishda davlat statistika ishlarini amalga oshirish, davlat statistika organlarining taʼminoti va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga beshta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʻchasi 63-uyga;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʻchasi 42a-uyga joylashtirilsin.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat departamenti va unga qarashli tashkilotlar egallab turgan xizmat binolari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va unga qarashli tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bir nusxadan majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 8-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmita tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi

Xodimlarning umumiy soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) —128 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar statistika boshqarmalarining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Statistika boshqarmalari, shu jumladan tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari):

Toifadan tashqari: 1 toifa 200 kishidan
210 kishigacha

II toifa 155 kishidan162 kishigacha

III toifa 125 kishidan 131 kishigacha
Toshkent viloyati 253 kishi

Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona viloyatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Xorazm, Surxandaryo viloyatlari Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
3a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar statistika boshqarmasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
3b-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) statistika boʻlimining namunaviy tuzilmasi*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(II guruh)

Boʻlim boshlii

1 kishi‎

Boshliq oʻrinbosari

1 kishi

Bosh mutaxassis

1 kishi

Yetakchi mutaxassis

1-2 kishi

Mutaxassis

1 kishi ‎

Jami:

5-6 kishi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Statistika ishlari hajmi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I guruh (61 tuman) — 6-7 kishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II guruh (58 tuman) — 5-6 kishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III guruh (83 tuman) — 3-4 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilgʻor statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat koʻrsatishiga yoʻnaltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga boʻlgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi respublika organi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistikaga oid vakolatlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika davlat departamentining vakolatlari, majburiyatlari va mulkiy huquqlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika ishlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchlilik, xolislik, begʻarazlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborotini yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish prinsiplari asosida tashkil etilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar, shaharlardagi statistika organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga qarashli tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika organlari faoliyatiga davlat organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatini respublika va mahalliy hokimiyat organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan oʻzaro bogʻliq ravishda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, oʻz hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Asosiy funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika maʼlumotlari foydalanuvchilari talablarini oʻrganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yoʻnalishlarni, davlat statistikasini rivojlantirish uchun kadrlar bilan va moliyaviy taʼminlashni belgilaydi, Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlar va qoidalarga muvofiq boʻlgan statistik metodologiyaning yagonaligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasini tashkil etish sohasida amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, statistika faoliyati masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda respublika Hukumatiga va tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va joriy etadi, statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasida tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasidagi chet el tajribasini jamiyat ehtiyojlariga muvofiq oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborotlari tezkorlik bilan uzatilishini va qayta ishlanishini, davlat statistikasi yagona axborot tizimining respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mos kelishini va oʻzaro hamkorligini taʼminlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini davlat statistika organlari ishlariga joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi statistika organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturining bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotini, uy xoʻjaliklarini kuzatishni, roʻyxatdan oʻtkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, soʻrovlarni va boshqa kuzatuvlarni tashkil etadi va maʼlumotlarning qogʻoz yoki elektron koʻrinishda toʻplanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika va hisobot koʻrsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisonaliligini, statistik axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika ishlarini tashkil etishning statistik axborotlarini toʻplash, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan statistika maʼlumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega boʻlgan statistika maʼlumotlarining himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respondentlarni davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari bilan ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida bepul taʼminlaydi, ularni toʻldirishga doir tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilayotgan maʼlumotlar metodlari, tartibi va sifatini takomillashtirish asosida ochiq statistika axborotlarini tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga ulardan foydalanish uchun teng shartlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika axborotlari masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlari boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlarini va Davlat statistika ishlari dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Korxonalar va tashkilotlar hamda iqtisodiy-statistik klassifikatorlarning yagona davlat reyestrini yuritish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona tasniflar tizimi asosida yuridik shaxslarni davlat tomonidan hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrining hamda iqtisodiy-statistik klassifikatorlarning samarali faoliyat koʻrsatishini hamda rivojlantirilishini va uning Milliy axborot tizimiga integratsiyalashuvini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistika klassifikatorlarini ishlab chiqadi va yuritadi, ularning xalqaro standart klassifikatorlari asosida muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma axborot tizimlarini va dasturiy resurslarni yaratish uchun asos sifatida statistik klassifikatorlardan foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik klassifikatorlar va ularga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika boʻyicha yagona siyosatni olib borish sohasida faoliyatni muvofiqlashtirishni va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini, ularni berish tartibini tasdiqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat statistika kuzatuvlarini olib borish metodlarini belgilash hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda — ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotini olish hamda undan statistika maqsadlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xususiy tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini olib borish va olingan maʼlumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (ularni ishlab chiqishning istalgan bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni va xususiy tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan, shuningdek yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning registrlari va axborot bazalarini shakllantiruvchi va yurituvchi davlat organlari va ularning idoraviy tashkilotlaridan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini hamda iqtisodiy-statistik klassifikatorlarni yuritish va faollashtirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallarining, statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi xususiy tadbirkorlarning bajarishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika kuzatuvlarining metodologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek rasmiy statistika axborotlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika axborotlari va statistika maʼlumotlaridan notoʻgʻri foydalanish va ularni talqin qilish holatlarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishini amaldagi qonunchilikka muvofiq nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinayotgan statistika maʼlumotlarining toʻliqligi, ishonchliligi va xolisonaligini ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika maʼlumotlarida buzilishlar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish va yigʻma davlat statistika maʼlumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq maʼmuriy choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga solinadigan maʼmuriy jarimalardan tushumlar hisobiga Maxsus jamgʻarmani shakllantirish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimiga kiradigan tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritish, shuningdek ushbu tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlash, davlat statistika kuzatuvlarini olib borish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalari boʻyicha, tijorat asosida statistika, tahlil, axborot-hisoblash, noshirlik va soha mavzusi boʻyicha boshqa ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy muassasalarini, respublika va boshqa chet el tashkilotlarini, shuningdek mamlakatimizning va chet el yetakchi mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro statistika va iqtisodiyot tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, statistika masalalari boʻyicha, shu jumladan xalqaro seminarlar va kengashlarni oʻtkazish va ularning ishida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika sohasidagi yagona siyosatning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini buzganlik uchun, shuningdek statistika maʼlumotlarini yashirganlik va buzib koʻrsatganlik uchun, yoxud mazkur qonun buzilishlariga koʻmaklashganlik uchun qonunga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari xodimlariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi va ularning mehnatini ragʻbatlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari rahbarlarini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga koʻra belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan davlat statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy-texnika resurslarini taqsimlaydi;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi barcha organlari va boʻlinmalari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va qarorlar qabul qiladi, koʻrsatmalar beradi;
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika organlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviylashtirish hamda zamonaviy kompyuterlar va axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq statistika sohasida shartnomalar tuzadi, oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xalqaro va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasida Rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatining rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslanadigan yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va mavjud boʻlishiga qaratilgan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotiga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan statistika sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirishni davom ettirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Davlat statistika qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlisiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qarorlari va Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzurida davlat hokimiyati organlari, ishbilarmon doiralar, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat tarkibda davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek statistika metodologiyasini takomillashtirish va foydalanuvchilarning rasmiy statistika axborotiga boʻlgan ehtiyojini hisobga olish muammolari boʻyicha kollegial maslahat organi hisoblanadigan Statistika kengashi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi respublika Hukumati taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mol-mulki va xoʻjalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasini mablagʻ bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika taʼminoti Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan qoʻshimcha statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachilar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, shuningdek boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan davlat statistikasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, oʻz lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatini har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga, shuningdek mahsulotlar, ishlar va xizmatlardan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil qiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizom Maxsus jamgʻarmaning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uning shakllantirilishi va foydalanilishi tartibini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maxsus jamgʻarmaning maqsadi va vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari mutaxassislarining malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning kasb mahoratini oshirishga va yuqori unumli mehnat qilishga intilishini kuchaytirish orqali statistika maʼlumotlari va hisobot koʻrsatkichlarining tezkorligini, ishonchliligini va xolisonaligini taʼminlashga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Maxsus jamgʻarmani shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maxsus jamgʻarma qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlardan shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jarimalardan olingan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70 foizi — jarima sanksiyasini belgilagan davlat statistika organiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar davlat statistika organlarining maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mablagʻlarning Maxsus jamgʻarmalarga toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlarni Maxsus jamgʻarmaga oʻtkazish tartibi buzilganligi va oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maxsus jamgʻarmadan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus jamgʻarmadan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari kadrlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari mutaxassislarini moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakillik xarajatlari uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari tegishli ravishda Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va qonuniy foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Maxsus jamgʻarmaning hisob va hisobot tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maxsus jamgʻarmaning moliyaviy resurslari alohida joriy hisob raqamida hisobga olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamgʻarma xarajatlari boʻyicha joriy hisob Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq order-daftar tizimi boʻyicha yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqaviy davlat statistikasi organlari chorakdan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga, hisob va hisobotni yuritishning toʻgʻriligini nazorat qilish uchun Maxsus jamgʻarmaning shakllantirilishi va foydalanilishi toʻgʻrisida chorak hisobotlari taqdim etishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamgʻarmaning moliyalashtirilishi va foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot ortib boruvchi yakun boʻyicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Azimov R.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
lavozimiga koʻra‎ —‎‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎‎ Makroiqsodiyot va statistaka vazirining birinchi oʻrinbosari‎
lavozimiga koʻra‎ —‎‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Gʻofurov Sh.R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti‎
Isxaqov J.X.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni inspektori‎
Joʻrayev Sh.J.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Qoʻchqorov J.A.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Ibragimov Sh.Gʻ.‎ —‎‎ Vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vazirliganing Statistika davlat departamenti boshligʻi‎
Ahmedov D.K.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistaka vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazining direktori‎
Tursunov R.Q.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi boshligʻi‎
Muksimova N.M.‎ —‎ Statistika davlat departamentining kadrlar boʻyicha katta inspektori‎
Azizov A.M.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining yuristkonsulti‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda; 2005-y., 32-33-son, 252-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda; 2013-y., 7-son, 86-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 23-son, 269-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son; 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)