24.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2597
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 24.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2597
Date of entry into force
30.06.2014
Hujjat 30.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2597]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-maydagi 115-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Respublika oʻquvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2014-yil 16-iyun,

40-son

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 16-iyundagi 40, 9-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-maydagi 115-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Respublika oʻquvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Markaz taʼtillar davrida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazga taʼtillar davrida respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar taqsimoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markazga kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida va yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumida yaxshi natijalarga erishgan 270 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markazga kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarining 7 — 9-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Bunda har bir viloyat boʻyicha 7, 8 va 9-sinflarning har biridan 30 nafardan oʻquvchi tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markazga yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining 7-8-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Bunda har bir qabul mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ularning har biridan 7-sinflardan 9 nafar, 8-sinflardan 10 nafardan, Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalari 7-8-sinflarining har biridan 2 nafardan oʻquvchi tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kuzgi, qishki va bahorgi taʼtillar davrida Markazga qabul qilingan oʻquvchilar yozgi taʼtil davrida Markazga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozgi taʼtil davrining bir qabul mavsumida dam olgan oʻquvchilar yozgi taʼtil davrining keyingi mavsumlariga takroran qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida hamda yozgi taʼtilning har bir qabul mavsumida oʻquvchilarning Markazda boʻlish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunda oʻquvchilarning Markazda boʻlish muddatlari yozgi taʼtilning har bir qabul mavsumida 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi taʼtillar davrida 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markazga ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan oʻquvchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bilimlar bellashuvi” musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi ishtirokchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan olimpiadalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarining 1-5-oʻrin sovrindorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarida chet tili, informatika va boshqa fanlarni “aʼlo” baholarga oʻzlashtirayotgan oʻquvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umid nihollari”, “Quvnoq startlar”, “Alpomish” va “Barchinoy” sport musobaqalarining umumtaʼlim maktablari, tuman (shahar) bosqichlari 1-3-oʻrin sovrindorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining “Eng faol oʻquvchi” nominatsiyasi gʻoliblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi 1-3-oʻrin sovrindorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” tanlovining tuman (shahar) bosqichi gʻoliblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining iqtidorli va ijodkor (sheʼr yozadigan, rasm chizadigan va h.k.) oʻquvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi organlari va “Barkamol avlod” bolalar markazlari tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlar gʻoliblari va faol ishtirokchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqa va sanʼat sohasi boʻyicha xalqaro va respublika tanlovlari gʻoliblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qiladigan namunali oʻquvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkilotining faol aʼzolari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlardan kamida bittasiga mos kelgan oʻquvchi Markazga qabul qilish uchun tanlab olinadi. Oʻquvchilar soni belgilangan oʻrinlar sonidan koʻp boʻlganda nisbatan koʻproq mezonlarga muvofiq keladigan oʻquvchilar tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markazga oʻquvchilarni qabul qilish uchun tanlab olish maqsadida har bir umumtaʼlim maktabi, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Umumtaʼlim maktabining Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyasi (bundan buyon matnda umumtaʼlim maktabi komissiyasi deb yuritiladi) umumtaʼlim maktabi direktorining buyrugʻi bilan quyidagi tarkibda tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kamolot” YOIHning umumtaʼlim maktabidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 nafar tajribali oʻqituvchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi (bundan buyon matnda tuman (shahar) komissiyasi deb yuritiladi) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan quyidagi tarkibda tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudir;

mudir oʻrinbosari — metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlari monitoringi guruhi rahbari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash shoʻbasi rahbari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash kichik guruhi rahbari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼlim standartlariga rioya etish monitoringini metodik taʼminlash kichik guruhi rahbari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, vazir oʻrinbosari, Umumiy oʻrta, maktabgacha tarbiya va darsliklar boʻlimi boshligʻi, Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi va 1 nafar tajribali xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlarda — viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, umumiy oʻrta, maktabgacha taʼlim va darsliklar boʻlimi boshligʻi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport boʻyicha bosh mutaxassis va 1 nafar tajribali xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, boshliqning birinchi oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari — maʼnaviy-axloqiy tarbiya, sport va maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi, Umumiy oʻrta taʼlim va darsliklar boʻlimi boshligʻi va 1 nafar tajribali xodim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markazga oʻquvchilarni qabul qilish uchun tanlab olish boʻyicha respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 1 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-8-sinflarning har biridan 1 nafardan oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va umumtaʼlim maktabi komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilar uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oʻquvchining ijtimoiy holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelishi haqida tegishli hujjatlar nusxalari ilova qilingan umumtaʼlim maktabi tomonidan berilgan tavsifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning rozilik xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va umumtaʼlim maktabi komissiyasining tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 5-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 2-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 15-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 10-aprelgacha tuman (shahar) komissiyasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalarida yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va umumtaʼlim maktabi komissiyasining tegishli qarori 21-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 5 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-8-sinflarning har biridan 2 nafardan oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va tuman (shahar) komissiyasining tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 9-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 6-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 19-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 17-aprelgacha hududiy komissiyaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hududiy komissiya tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 40 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-sinflardan 12 nafar, 8-sinflardan 13 nafar oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hududiy komissiya tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va hududiy komissiyaning tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 13-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 10-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 23-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 21-aprelgacha Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Respublika komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 90 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-sinflardan 128 nafar, 8-sinflardan 142 nafar oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va Respublika komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Respublika komissiyasining qarori uch kun ichida Markazga va hududiy komissiyalarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyi turuvchi komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, yuqori turuvchi komissiya tomonidan quyi turuvchi komissiyaga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish haqida topshiriq berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻquvchilarning Markazga kelish va ketishlarini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻquvchilarning Markazga kelish va ketishlarini tashkil qilish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan 2 nafardan masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalaridan tanlab olingan oʻquvchilarning Markazga kelishlari va ketishlarini tashkil qilish Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining masʼul xodimlari (kuzatuvchilari) zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) oliy pedagogik maʼlumotga hamda birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlgan, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni zudlik bilan hal qila oladigan xodimlar orasidan tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) oʻquvchilarni Markazga quyidagi hujjatlar bilan birga olib borishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdan Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻquvchi uchun sogʻlomlashtirish oromgohiga ketayotgan oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasi (079/x shakl).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquvchilarni Markazga qabul qilib olish va ularni kuzatishni tashkil qilish uchun Markaz direktori, direktor oʻrinbosari, tibbiyot xodimi va 2 nafar pedagog xodimlardan iborat tarkibda Markazning qabul va kuzatuv komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Markazning qabul va kuzatuv komissiyasi oʻquvchilarni mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida qabul qiladi. Bunda masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) tomonidan taqdim etilgan tegishli hududdan Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati Respublika komissiyasining qaroriga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Markazga qabul qilish vaqtida har bir oʻquvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, har bir oʻquvchi uchun bolaning tibbiy kartasi (026/x shakl) ochiladi va mavsum davomida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Markazdan ketayotgan oʻquvchilarga Markazda yashagan davrida ularga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari oʻquvchilarning mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlab olinishi hamda zarur hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi sogʻlomlashtirish oromgohiga ketayotgan oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasi (079/x shakl) toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 320-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son; 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)