29.10.2010 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 29.10.2010 yildagi 13-son
Date of entry into force
29.10.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra har bir insonga uning huquq va erkinliklari, shu jumladan jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqi himoyasi kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi), jabrlanuvchi bilan uning erkiga qarshi yoki erkidan tashqari zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib (bundan buyon matnda — tahdid etib) yoxud jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilish tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar o‘sha holatlarda aybdorning harakatlari jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan bo‘lsa, qilmish JK 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun jinoiy javobgarlik bunday harakatlar ayol jinsidagi shaxsga nisbatan ham, erkak jinsidagi shaxsga nisbatan ham sodir etilganda kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oiladagi jinsiy zo‘ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan boshqa bir a’zosining, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish bilan bog‘liq qilmish tushunilishi lozim.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishda zo‘rlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etish, masalan, zarbalar berish, nafas yo‘llarini siqish, oyoqlari, qo‘llarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish va h.k.lar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishi tegishlicha JK 118-moddasi yoki 119-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va JK 105, 109-moddalari, 1261-moddasi birinchi — to‘rtinchi qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga og‘ir shikast yetkazilsa, aybdorning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi va JK 104-moddasining tegishli qismi, 1261-moddasi oltinchi qismi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tahdid etish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengish maqsadida uni jismoniy zo‘rlik ishlatish niyati aniqligini ifodalovchi harakatlar yoki so‘zlar bilan qo‘rqitish tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahdid etish, jumladan o‘ldirish bilan tahdid etish nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchining qarshiligini yengish usullaridan biri ekanligi sababli, aybdorning harakatlari JK 112-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zo‘rlik, tahdid barcha hollarda jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishdan oldin sodir etilgan bo‘lishi kerak va nafaqat jabrlanuvchiga, balki uning yaqin qarindoshlariga hamda jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan mas’uliyat mavjud shaxslarga nisbatan (masalan, o‘qituvchi — o‘quvchilarga, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga va h.k.larga nisbatan) ham qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni paytda, agar o‘ldirish, zo‘rlik ishlatish yoki mol-mulkni yoqib yuborish, portlatish yoki boshqa atrofdagilar uchun xavfli usulda nobud qilish bilan tahdid etish nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati sodir etilgandan keyin, masalan, jabrlanuvchini qo‘rqitish va voqea oshkora bo‘lishining oldini olish maqsadida bildirilgan bo‘lib, bunday tahdid amalga oshirilishidan xavfsirashga doir yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u o‘zining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (kichik yoshdagi bolalar) yoki keksaligi, qattiq og‘riq yoki behushlik holati, alkogol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ta’sirida o‘ta mastlik holati)ga ko‘ra o‘zini o‘zi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatish yoki o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo‘lishi shart (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan holatlar bundan mustasno).
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ojiz ahvol sifatida, jumladan alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ta’sirida kelib chiqqan shunday darajadagi mastlik holati tan olinishi mumkinki, bunda jabrlanuvchi atrof-vaziyatni anglay olmagan va bu holat uni aybdorga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘ladi. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi bunday holatga aybdor tomonidan tushirilganligi (masalan, spirtli ichimliklar ichirgan, narkotik, uyqudori bergan va h.k.) yoki aybdorning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ojiz ahvolda bo‘lganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ularning xususiyati va inson organizmiga ta’siri darajasi ekspertiza tayinlash, mutaxassislarni so‘roq qilish yo‘li bilan aniqlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra, aybdor tomonidan tayyorlanishi, qayta ishlanishi, olinishi, saqlanishi, tashilishi, jo‘natilishi yoki o‘tkazilishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan vositalar yoki moddalardan foydalanilganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari, bunda JK 128-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish zo‘rlik yoki tahdid qo‘llamagan holda amalga oshirilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini anglagan jabrlanuvchining roziligi bilan sodir etilgan holdagina kelib chiqishini e’tiborga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (kichik yoshdagi bolalar) ojiz ahvoldagi shaxs hisoblanganligi sababli ular bilan tabiiy yoki g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilish JK 118-moddasi to‘rtinchi qismi, 119-moddasi to‘rtinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 121-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JKning 121-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga majbur qilganda kelib chiqadi. Bunda, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishdagi ruhiy zo‘rlik ishlatishdan farqli ravishda, jabrlanuvchi shaxsni majbur etishda shaxsning bosh tortgani tahdidning darhol amalga oshirilishini taxmin qilmasligini, ayni vaqtda amalda yetkazilgan yoki qo‘rqitishda ifodalanadigan zarar jabrlanuvchi shaxsiga tegishli bo‘lmay, balki uning mulkiy va boshqa shaxsiy huquqlariga taalluqli bo‘lishini hamda o‘z xususiyatiga ko‘ra, bu zarar jabrlanuvchi moddiy, xizmat yoki boshqa jihatlardan qaram bo‘lgan shaxs tomonidangina yetkazilgan bo‘lishi kerakligini e’tibor qaratish lozim.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati tegishli jinoyat tarkibining obyektiv tomoni sifatida nazarda tutilgan jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan harakatlar boshlangan paytdan, ular tugatilganligidan va kelib chiqqan oqibatlardan qat’iy nazar, tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning harakatlarida tamom bo‘lgan jinoyat tarkibi yoki faqat jinoyatga suiqasd qilish alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sudlar shaxs nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish maqsadida harakat qilgan-qilmaganligini, qo‘llanilgan zo‘rlik aybdorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra amalga oshirilmay qolgan bunday maqsadga erishish vositasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zo‘rlik, tahdid qo‘llamagan yoki jabrlanuvchining ojiz ahvolidan foydalanmagan holda shilqimlik, aldash yo‘li bilan yoki shunga o‘xshash boshqa usul bilan jabrlanuvchini jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirishga ko‘ndirgan shaxsning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga suiqasdni shaxsning jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishidan (JK 26-moddasi) farqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaxs jinoiy harakatlarini oxiriga yetkazishga imkoniyati bo‘la turib, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishdan ixtiyoriy ravishda va uzil-kesil voz kechgan bo‘lsa, qilmish voz kechish sabablaridan qat’i nazar, u haqiqatda sodir etgan harakatlar bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, basharti ularda boshqa jinoyat tarkibi (masalan, bezorilik, badanga shikast yetkazish, mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazish va h.k.) mavjud bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar shaxs nomusga tegish vaqtida birin-ketin bir necha marta (masalan, kun davomida) jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan bo‘lsa va ish holatlari aybdorda muayyan bir shaxsga nisbatan mazkur aynan o‘xshash harakatlarni sodir etishga nisbatan yagona qasd mavjudligidan dalolat bersa, qilmish JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lgan bitta davomli jinoyat sifatida ko‘rilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga o‘xshash harakatlar muayyan bir shaxsga nisbatan turli vaqtlarda (masalan, turli kunlarda) yoki bir necha shaxsga nisbatan sodir etilganda takroran jinoyat belgisi mavjud bo‘ladi (JK 32-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qoidalar JK 128-moddasi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda ham qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan ortiq marta nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyoj g‘ayritabiiy usulda qondirish sodir etilgan bo‘lib, buning uchun Jinoyat kodeksining 118-moddasi yoki 119-moddasining turli qismlarida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek bir holda bunday jinoyatlarga suiqasd yoki ularda ishtirokchilik, boshqa holda esa, tugatilgan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari mazkur jinoyatlarning har biri bo‘yicha mustaqil kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar aybdorning qasdi bilan aynan bir jabrlanuvchiga nisbatan ham nomusga tegish, ham jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etish (turli ketma-ketlikda) qamrab olingan bo‘lsa, ularni sodir etishda vaqt jihatdan uzilish bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar, qilmish JK 118-moddasi va 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui sifatida baholanmog‘i lozim. Bunday harakatlarni ilgari shunga o‘xshash jinoyatlar sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan (JK 118-moddasi yoki 119-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi) deb baholab bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat u nafaqat bir necha shaxs tomonidan bitta jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan hollarda, balki aybdor shaxslar hamjihatlikda bir necha jabrlanuvchiga nisbatan harakat qilib va zo‘rlik yoki tahdid qo‘llab, so‘ngra jabrlanuvchilardan har biri yoki hech bo‘lmaganda biri bilan zo‘rlab jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiiy usulda qondirganda ham guruh shaxslar (oldindan til biriktirgan guruh shaxslar) tomonidan sodir etilgan deb topilishi lozim. Jinoyat ishtirokchilaridan biri qonunga ko‘ra jinoyat subyekti bo‘lmagan hollarda ham (JK 17, 18-moddalari) ikkinchi ishtirokchining harakatlari guruh tarkibida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 118-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan, nafaqat bevosita nomusga tekkan yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirgan shaxslarning harakatlari, balki jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik yoki tahdid qo‘llash orqali ularga ko‘maklashgan shaxslarning harakatlari ham kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda qayd etilgan jinoyat tarkiblari obyektiv tomonida nazarda tutilgan harakatlarni shaxsan sodir etmagan, biroq zo‘rlik yoki tahdid qo‘llash orqali boshqa shaxslarga jinoyat sodir etishda ko‘maklashgan shaxslarning harakatlari guruh bo‘lib nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatining sherik ijrochisi sifatida JK 28-moddasiga havola qilinmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi bilan bevosita jinsiy aloqa qilmagan yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish harakatlarini sodir etmagan va boshqa shaxslar tomonidan bunday harakatlar sodir etilganda jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik yoki tahdid qo‘llamagan, biroq jinoyatni sodir etishda aybdorga faqat maslahatlari, ko‘rsatmalari, ma’lumotlar berishi va h.k. lar bilan ko‘maklashgan shaxsning harakatlari yordamchi sifatida JK 28-moddasi beshinchi qismiga havola qilingan holda kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan o‘ldirish bilan tahdid etish deganda, nafaqat aybdorning jabrlanuvchiga, uning yaqin qarindoshlariga yoki jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan mas’uliyat mavjud shaxslarga nisbatan darhol jismoniy zo‘rlik ishlatish niyati ochiqdan-ochiq bildirilgan so‘zlari, balki aybdorning, masalan, qurol yoki qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan predmetlar (pichoq, ustara, bolta va sh.k. lar) namoyishi singari tahdid soluvchi harakatlari ham tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “d” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etish deganda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari ayon (ma’lum) bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir qilingan harakatlarni tushunish lozim.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (JK 118-moddasi uchinchi qismi “a” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandi) yoki o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (JK 118-moddasi to‘rtinchi qismi yoki 119-moddasi to‘rtinchi qismi) shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik, aybdor jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganligidan qat’iy nazar kelib chiqadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Aybdorning harakatlarini JK 118-moddasi uchinchi qismi “b” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sudlar Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limida bayon etilgan “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga asoslanishlari, bunda mazkur tushunchani keng sharhlash mumkin emasligini, shuningdek sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilganda kelib chiqishini inobatga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxslar deganda, muayyan xonadon yoki uyda er-xotinlik munosabatlarida yashovchi, umumiy mol-mulk va pul mablag‘lariga egalik qiluvchi erkak va ayol tushunishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Sudlar aybdor shaxslarning harakatlarini JKning 118-moddasi 3-qismi “v” bandi va 119-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, jabrlanuvchi kimning qaramog‘ida bo‘lganligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchini tarbiyalash va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini bajarayotgan shaxs deganda, qonunchilikda belgilangan tartibda farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchiga qarab turish, o‘qitish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasasi deganda esa, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy sektordagi (shu jumladan, xalq tabobati) davolash muassasalari xodimlari tushuniladi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. JK 118-moddasi uchinchi qismi “e” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “e” bandida nazarda tutilgan “og‘ir oqibatlar” deganda, homilador bo‘lish yoki homilaning tushishi, ruhiy holati buzilishi, OIV/OITS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan tanlangan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, ko‘p qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poyezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi va h.k.lar tushunilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlar kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lmagan holda sodir etilgan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir (JK 118-moddasi birinchi qismi yoki 119-moddasi birinchi qismi) jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlarini inobatga olib, bunday ishlarni qo‘zg‘atish tartibiga rioya etilishiga nisbatan talabchanlikni oshirishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmagan hollarda mazkur toifaga doir ishlarni qo‘zg‘atish uchun, faqat, jabrlanuvchining JPK 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda bayonnomaga kiritilgan og‘zaki shikoyati asos sifatida olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kvalifikatsiya belgilari mavjud holda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini JK 118-moddasining birinchi qismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan muayyan sohada ishlovchilarga (pedagog, shifokor va h.k.) nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal etish uchun bu toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha sud-psixiatrik ekspertizasi o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 96-moddasiga muvofiq, aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsni majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin.
(171 va 172-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlarni ko‘rishda sudlar JPK 19-moddasiga muvofiq har bir holda ish bo‘yicha yopiq sud majlisi o‘tkazilishi zarurligini muhokama etishlari va protsess ishtirokchilari hisoblanmagan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar sud majlisi zalida bo‘lmasliklari yuzasidan tegishli choralar ko‘rishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifaga doir ishlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, sudlar ishning barcha holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirilishi yuzasidan choralar ko‘rish bilan birga ishga daxldor bo‘lmagan va jabrlanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi barcha savollarni bartaraf etishlari, o‘z vaqtida protsess ishtirokchilari o‘rinsiz xatti-harakatlarining oldini olishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlarni muttasil umumlashtirishlari va natijasi bo‘yicha sud xatolarini o‘z vaqtida tuzatishga qaratilgan choralar ko‘rsinlar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 29-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-son