28.05.2014 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.05.2014 yildagi 134-son
Date of entry into force
02.06.2014
Hujjat 02.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasini belgilash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni xarid qilishda narxlar asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Budjet mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb ataladi) nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasi mahsulotning prognozlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rentabellik zarur foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar summasi va sof foyda) oʻquv adabiyotlariga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi oʻquv adabiyotlariga rentabellikning cheklangan darajasi qoʻllanilishining toʻgʻriligi ustidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan belgilangan rentabellikning cheklangan darajasi oshirilishi holatlari aniqlanganda Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda oʻquv adabiyotlarini nashr etish (qayta nashr etish) boʻyicha tender savdolariga nashriyotlar va matbaa korxonalarini keng jalb etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi 2015-yilda taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash natijalari boʻyicha hamda nashriyotlar va matbaa korxonalarining takliflarini hisobga olib, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻquv adabiyotlariga narx belgilash mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 259-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)