Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 21.12.1994 yildagi PF-1025-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.1994 yildagi PF-1025-son
Date of entry into force
21.12.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA TERI XOM AShYoSINI TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada teri xomashyosidan samarali foydalanish, teripoyabzal sanoati korxonalarining xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishini koʻpaytirish, shuningdek bu xomashyoning Oʻzbekistondan tashqariga nazoratsiz tashib ketilishining oldini olish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi bir oy muddat ichida korxonalar va tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklari, ijarachilar, dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibda tayyorlovchilar bilan teri xomashyosini xarid qilish, shuningdek unga birlamchi ishlov berish hamda saqlash uchun omborxonalar va boshqa binolardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomalarni belgilangan tartibda qaytadan tuzishni tashkil qilsinlar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 96-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda tayyorlanadigan teri xomashyosi uchun hisob-kitob qilish tartibini oʻn kun muddat ichida ishlab chiqsin, bunda moddiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlari, shu jumladan aholiga xalq isteʼmol mollarini topshirilgan xomashyo hajmiga qarab sotish koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 21-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1025-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 46-modda;2000-y., 2-3-son, 96-modda)