Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2017 31.10.2000 yildagi PF-2741-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.10.2000 yildagi PF-2741-son
Date of entry into force
31.10.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZQIShLOQXOʻJALIKTAʼMINOTTUZATISh” DAVLAT-KOOPERATIV QOʻMITASINI “OʻZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI ETIB OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-4857-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2658-sonli qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, qishloqda zamonaviy yuqori unumli texnikani keng qoʻllash, qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatish va uni taʼmirlash, soz holatda saqlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasining hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqonchilik sanoati majmuini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”) ni qishloq xoʻjaligiga texnikaviy xizmat koʻrsatish korxonalari uyushmasi – “Oʻzagromashservis” etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalarini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklarini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish va mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlarning zamonaviy usullarini hamda servis xizmatining boshqa turlarini bozor tamoyillari asosida qishloq xoʻjaligi amaliyotiga tadbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik texnikasi va ularning ehtiyot qismlariga, shu jumladan Hukumat qarorlari boʻyicha respublikaga olib kelinayotgan shunday texnika va ehtiyot qismlarga boʻlgan talab-ehtiyojni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer va dehqon xoʻjaliklariga, boshqa qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga shartnoma asoslarida servis va taʼmirlash xizmatining shakl hamda uslublarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklari tomonidan qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha yagona meʼyoriy va tarif bazasini shakllantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ishtirokida unga rioya etilishini nazorat qilish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sarmoyalarni jalb etish va qoʻshma korxonalar barpo qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagromashservis” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlib, mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xorijiy korxona va tashkilotlar tomonidan tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda joylashgan mashina-traktor parklarini, qishloq xoʻjalik texnikasini taʼmirlovchi korxonalarni hamda qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari) ga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga texnik va servis xizmatini taʼminlovchi boshqa korxonalar hamda tashkilotlarni birlashtiruvchi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilinishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklari tomonidan respublika qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarini shartnoma asosida mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar bilan, jumladan shudgorlash va ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, boshoqli don ekinlari, sholi va xashaki ekinlarni yigʻishtirish, paxtani mashinada yigʻib-terib olish, transport hamda mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlarning boshqa turlari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, taʼmirlash bazalarini yaratish, traktorlar, gʻalla oʻrish va paxta terish kombaynlari hamda boshqa qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qishloq xoʻjalik texnikasiga, shu jumladan import texnikaga buyurtmanomalarni mashina-traktor parklaridan yigʻib olish va umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklariga lizing asosida qishloq xoʻjalik texnikasi yetkazib berish toʻgʻrisida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parklarining qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari) va fermer xoʻjaliklari bilan eng avvalo Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha tariflarning miqdorlariga nisbatan yagona meʼyorlar hamda talablarga rioya etilishi masalalarida shartnomalar tuzish borasidagi ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlar va sotib olingan texnika uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini, xorijiy va ichki kreditlar toʻlanishini taʼminlash, birlashma tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlar faoliyati ustidan moliyaviy hamda buxgalterik nazoratini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Davlat mulk qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2000-yilning 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda “Oʻzagromashservis” uyushmasini shakllantirishni hamda mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalarini tashkil qilishni nihoyasiga yetkazib, ularni malakali, kasb jihatdan tayyorlangan kadrlar bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan moliyaviy mablagʻlar hisobiga import boʻyicha xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik texnikasini taqsimlash mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekiston SSR Moddiy texnika taʼminoti va agrosanoat kompleksi texnikasini remont qilish davlat-kooperativ komitetini tashkil etish haqida” Oʻzbekiston SSR Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda “Oʻzagromashservis” uyushmasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2741-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 281-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)