Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.1992 18.04.1991 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.04.1991 yildagi 104-son
Date of entry into force
18.04.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.1992
Hujjat 18.04.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 115-sonli “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Oʻzbekiston SSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasini Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1991-yil 1-martdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston SSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi hamda uning jumhuriyat va viloyat boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tizimining faoliyati paychilarning yakka va jamoa tarzida aʼzo boʻlishi, kooperativ, davlat, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari hamda korxonalarining va yakka tartibda ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi prinsiplarida amalga oshirilishi, bunda ularning qoʻshadigan ulushlari va birgalikdagi xoʻjalik faoliyatining natijalariga bogʻliq holda dividendlar olish huquqiga ega boʻlishi beligilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlar, xoʻjalik shartnomalari va hukumatlararo kelishuvlar, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yoʻnaltiriladigan xalq isteʼmoli mollarini Oʻzbekiston SSJ hududida joylashgan korxonalardan xarid qilib olish asosida xalq xoʻjaligi tarmoqlarini (agrosanoat kompleksi bundan mustasno), shuningdek davlat, jumhuriyat va jumhuriyatlararo ilmiy-texnikaviy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moddiy-texnikaviy taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlar tuzish hamda ittifoq va jumhuriyat organlari ajratadigan kvotalar boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish, oʻz mahsulotlarini erkin sotadigan korxonalar bilan bevosita shartnomalar tuzish orqali qoʻshimcha resurslarni qidirib topish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi resurslarni tayyorlashni tashkil etish va sanoat chiqindilarini oborotga jalb qilish, idish-qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular bilan taʼminlash, ortiqcha xomashyo, materiallar va asbob-uskunalar qoldiqlarini oʻzaro foydali shartlarda ayirboshlash va sotishda vazirliklar, idoralar, korxonalar va birlashmalarga yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish va ishlab chiqarish vositalari bozorini barqarorlashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish hamda jumhuriyat resurslar boyligidan foydalanish shartlarida ehtiyot zaxiralarini va moddiy-texnika resurslari rezervini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar va tayyorlovchilar oʻrtasidagi xoʻjalik aloqalarini muvofiklashtirish va boshqarib borish choralarini amalga oshirish, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni eksportga hamda hukumatlararo kelishuvlar boʻyicha yetkazib berishni nazorat qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tijorat va ishlab chiqarish xizmatlari koʻrsatish, isteʼmol bozorini tovarlar bilan toʻldirishga yordam berish va bozor infrastrukturasini rivojlantirish, savdo-vositachilik firmalarini, tijorat markazlarini, tovar birjalari va ulgurji yarmarkalarni, brokerlik va lizing kompaniyalarini tuzish, xorijiy firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan va qayta barpo etilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni shartnoma asosida OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi sotadigan nomenklatura boʻyicha uskunalar, asboblar, elektrotexnika va boshka mahsulotlar bilan komplektlashni taʼminlash, savdo va ishlab chiqarish-texnologiya uskunalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston SSJ hududida joylashgan korxonalar, ularning kimga tobeligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tayyorlanadigan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotni va xalq isteʼmoli mollarining ishlab chiqarish ehtiyojlariga yoʻnaltiriladigan qismini, qoidaga koʻra, shartnoma asosida OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi organlari orqali sotadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar (paychilar) hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan bevosita shartnomalar asosida, shuningdek umumittifoq va jumhuriyat davlat dasturlarini moddiy-texnikaviy taʼminlash bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun budjet ajratmalari hisobidan moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatning barcha masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank muassasalarida yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul va xorijiy valyuta mablagʻlari hisobini ochadi, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlardan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paychilar vakillari yigʻilishining qaroriga koʻra sugʻurta, rezerv fondlarni tuzish uchun mablagʻlarni markazlashtiradi va ularni umumtarmoq vazifalarini hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi jumhuriyat budjeti hisobidan Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining bitimlar tuzish, buyurtmalarni joylashtirish hamda jumhuriyatlararo va jumhuriyat davlat dasturlari uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish vazifalarini bajarishga xarajatlarini har yili moliyaviy taʼminlashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga oʻz mablagʻlari, shuningdek, vazirliklar va idoralarning, korxonalar va birlashmalarning mablagʻlari hisobidan mamlakatning yirik iqtisodiy mintaqalarida va ittifoqdosh jumhuriyatlarda resurslarni oʻzaro yetkazib berish masalalarini zudlik bilan hal qilish uchun oʻz vakolatxonalarini ochish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga oʻziga yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda va paychilar bilan kelishuv asosida strukturani, xodimlar sonini va ish haqi fondini mustaqil belgilashga, raisning 6 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari, 11 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston SSJ Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida shartnomalar va bitimlar tuzishning ahvoli hamda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni yetkazib berishning bajarilishi haqida obyektiv maʼlumotga ega boʻlish uchun statistik hisobotning kerakli shakllarini ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 1979-yil 31-avgustdagi 614-son (OʻzSSR QT, 1979-y., 8-son, 34-modda), “OʻzSSR Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasining tashkiliy strukturasini va faoliyatini qayta qurish toʻgʻrisida” 1988-yil 14-iyuldagi 241-son, “OʻzSSR Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasining tashkiliy tuzilishidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida” 1989-yil 18-oktabrdagi 348-son qarorlari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzagrosnabremont” respublika ishlab chiqarish birlashmasini Oʻzbekiston SSR agrosanoat kompleksining moddiy-texnika va injenerlik taʼminoti bosh boshqarmasi — “Oʻzglavagrosnabremont”ga aylantirish toʻgʻrisida” 1990-yil 19-yanvardagi 42-son qarorining 5 va 6-bandlari, shuningdek ushbu qarorning 7 va 8-bandlaridagi OʻzSSR Davlat moddiy-texnika taʼminotiga tegishli qismlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 18-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 18-apreldagi 104-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, Oʻzbekiston SSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi davlat boshqaruvining jumhuriyat organi hisoblanib, shartnoma shartlarida SSJIning yagona bitim tizimiga kiradi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tizimining faoliyati paychilarning yakka va kollektiv aʼzoligi, kooperativ, davlat, ijara, shaxsiy va jamoat korxonalari va tashkilotlarining hamda yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi prinsiplarida, birgalikdagi xoʻjalik faoliyatining hissalari va natijalariga bogʻliq ravishda dividendlar olish huquqi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ va aralash aksionerlik va jamoat birlashmalariga, uyushmalarga oʻzining xoʻjalik mustaqilligini hamda yuridik shaxs huquqlarini toʻla saqlagan holda kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi oʻz faoliyatida SSJI qonunlariga, SSJI xalq deputatlari syezdining va SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston SSJning qonunlariga, Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga Oʻzbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining maqsad va vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyat xalq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi bundan mustasno), shu jumladan, koʻp tomonlama shartnomalar va kelishuvlar asosida jumhuriyat va jumhuriyatlararo muhim ilmiy-texnikaviy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moddiy-texnikaviy taʼminlash boʻyicha buyurtmalarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ittifoq va jumhuriyat organlari kvotalari boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun ajratiladigan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar yuzasidan bitimlar tuzish va buyurtmalarni joylashtirish, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi nomenklaturasi boʻyicha sotiladigan qoʻshimcha resurslarni bevosita shartnomalar tuzish yoʻli bilan qidirib topish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ hududida joylashgan korxonalar (ularning idoraviy tobeligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni va xalq isteʼmoli mollarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yoʻnaltiriladigan qismini shartnoma asosida sotish uchun xarid qilib olishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyat Hukumatining topshirigʻiga muvofiq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish va bozorni barqarorlashtirish fondini yaratish uchun imtiyozli foizsiz kreditlar berish hamda jumhuriyat resurslari boyligidan foydalanish va jumhuriyatning resurs potensialidan foydalangan holda barter ayirboshlash shartlari bilan moddiy-texnika resurslarining rezervini va sugʻurta zaxiralarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyat vazirliklari va idoralari, birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari ishtirokida jumhuriyatlar va mintaqalar, moddiy-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish hamda uni boshqarib borish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vazirliklari va idoralari bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni samarali tashish va transport vositalaridan foydalanishni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi nomenklaturasi, jumhuriyatlararo va mintaqalararo kelishuvlar va bitimlar boʻyicha, shu jumladan, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tuzgan xorijiy firmalar va vakolatxonalar bilan kelishuvlar va bitimlar boʻyicha sotiladigan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni yetkazib berish ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan va qayta barpo etilayotgan kjtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni shartnoma asosida uskunalar, asboblar, elektrotexnika va OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi sotadigan nomenklatura boʻyicha boshqa mahsulotlar bilan komplektlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish, kichik korxonalar, aksionerlik va sugʻurta jamiyatlari shoxobchalarini, kichik ulgurji, vositachilik va chakana savdo magazinlarini, tovar birjalarini, ulgurji yarmarkalarini. auksionlarni, logistik faoliyatni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarga talab va taklifni oʻrganish hamda ularni tovar ishlab chiqaruvchilardan xarid qilib olish, sanoat korxonalarini kooperatsiyalashtirish hamda oʻzaro maqbul shartlarda ularning boʻsh turib qolgan quvvatini band qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot va tashkiliy-tijorat xizmatlari koʻrsatish, tijorat, ilmiy-texnikaviy, ekologik, huquqiy va boshqa axborotlar bilan taʼminlash, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni ayirboshlash, oldi-sotdi masalalari boʻyicha isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarga huquqiy va ilmiy-texnikaviy maslahatlar berishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni yuqori ishlab chiqarish tayyorgarligiga hozirlash, uning sifatini tekshirish, yetkazib beriladigan uskunalarni montaj qilish, asboblarni, mashinasozlik va boshqa turdagi mahsulotlarni tuzatish va tiklash boʻyicha ishlab chiqarish xizmatlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berish va lizing xizmatlarini bajarish, uskunalarni, asboblarni, anjomlarni va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi boshqa mahsulotlarni, ishlab chiqarish, omborxona, xizmat va boshqa binolarni va maydonlarni, idishlarni, konteynerlarni hamda transport vositalarini ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisob-kitob va kredit xizmatlari koʻrsatish, xaridorlar va sotuvchilarga tijorat krediti berish, bozorni ishlab chiqarish vositalari, xaridorgir tovarlar bilan toʻldirish boʻyicha tijorat jihatidan moliyaviy taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarga tasarrufdagi korxonalar va birlashmalardan materiallar va mahsulotlarni markazlashgan tartibda yetkazib berish boʻyicha transport-ekspeditsiya xizmatlari koʻrsatish, materiallarni maxsus marshrutlarda va transport turlarida yetkazib berishni, mahsulotlarni donalab va kichik guruhlarga boʻlib joʻnatishni tashkil etish, korxonalar va tashkilotlarning ishonchnomalari boʻyicha yuklarni qabul qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha mahsulotlarni aniqlash va oborotga jalb qilish, vazirliklar, idoralar, korxonalar va birlashmalarga xomashyo, materiallar va uskunalarning meʼyoridan ortiq qoldiqlarini oʻzaro foydali shartlar boʻyicha ayirboshlashda va sotishda yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq isteʼmoli mollari va ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi mahsulotlarni, qadoqlash va oʻrash mahsulotlarini ishlab chiqarish, ikkilamchi resurslarni xamda ishlab chiqarish chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori darajada mexanizatsiyalashgan omborxona xoʻjaligini barpo etish, omborxona operatsiyalarining ilgʻor texnologiyalarini, mehnatni va moddiy-texnika taʼminotini boshqarishni ilmiy tashkil etishni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat unumdorligi va sifati oʻsishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperatiz qoʻmitasi tizimi xodimlarining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi moddiy-texnika taʼminotini boshqarish masalalari boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika taʼminotini zudlik bilan amalga oshirish uchun OʻzSSJ Davlat statistika qoʻmitasidan zarur statistik maʼlumotlarni, shuningdek, Oʻzbekiston SSJ vazirliklaridan, davlat qoʻmitalari va idoralaridan hamda jumhuriyat hududida joylashgan birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan bevosita zarur koʻrsatkichlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJning vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash va moddiy resurslarni tejash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, qurilishlar va shu kabilardan muhtoj boʻlgan isteʼmolchilarga vaqtincha yordam berish uchun shartnoma asosida materiallar, yoqilgʻi va komplektlovchi buyumlarni qarzga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarga, ularning idoraviy tobeligidan qatʼi nazar, oʻz vakolatlari doirasida mahsulotlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni yuklash muddatlari, tartibi va navbati masalalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining olishdan voz kechishi munosabati bilan egasiz qolgan mahsulotni oborotga jalb qilish, shuningdek normativdan ortiqcha mahsulot zaxiralariga ega boʻlgan isteʼmolchilarga tranzit boʻyicha yetkazib berishni tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan kelishuv boʻyicha ularda mavjud boʻlgan, ishlatilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarida, jumhuriyatda moddiy-texnika taʼminoti soxasida keskin vaziyat vujudga kelganda, kamyob mahsulotni qoʻshimcha ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining mol-mulki va mablagʻlarini boshqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga tegishli asosiy fondlar, oʻz va oborot mablagʻlari hamda oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa mol-mulklar uning mol-mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining oʻz mablagʻlari foyda va xoʻjalik faoliyatidan tushadigan boshqa daromadlar, tizimdagi korxonalar va tashkilotlarning foydasidan ajratmalar hisobiga vujudga keltiriladi. Uni shakllantirishda shartnoma asosida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan davlat, ijara, kooperativ, aksionerlik va boshqa jamoat tashkilotlari hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslar qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat bilan bogʻliq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi, bank muassasalarida yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet, bank, kooperativlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul va xorijiy valyuta mablagʻlari hisobini ochadi, banklarning imtiyozli, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlaridan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalarda, vositachilik firmalarida va boshqa oʻziga qarashli tashkilotlarda mexanizatsiyalash va hisobga olishning ilgʻor usullari hamda shakllarini joriy qilish asosida buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etadi, ularning buxgalterlik hisobotlarini va balanslarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, davlat-kooperativ mulkini saqlashni taʼminlash choralarini koʻradi, idoraviy nazoratni amalga oshiradi va ularning xoʻjalik-moliya faoliyatini taftish qilib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi xoʻjalik faoliyati masalalari boʻyicha quyidagi huhuqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imoratlarni, inshootlarni, uskunalarni, transport vositalarini, jihozlarni, xomashyo va boshqa moddiy-texnika vositalarini sotib olish hamda ularni korxonalarga, tashkilotlar va yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga sotish hamda berish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtinchalik foydalanishga topshirish, shuningdek, balansdagi asosiy fondlarni ularning yaroqsizlanganligi va maʼnaviy eskirganligi sababli hisobdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida obyektlarni qurish uchun pudratchi qurilish tashkilotlariga, shuningdek, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tizimi ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar va tashkilotlarga moddiy va pul resurslarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlarni chiqarish va sotib olish, oʻz mablagʻlarining bir qismini oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni yaxshiroq bajarish maqsadlarida shartnoma asoslarida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari bilan birlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy firmalar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar, brokerlik va lizing kompaniyalari tuzish, kamyob mahsulotlarni yetkazib berish uchun bitimlar tuzish, birgalikda koʻrgazma-yarmarkalar, auksionlar oʻtkazish, birja operatsiyalarini amalga oshirish za Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiyot bankida valyuta schyotlariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning mintaqalarida va zarurat boʻlganda chet ellarda oʻz vakolatxonalarini ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat va taʼminot masalalari boʻyicha axborot-noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz strukturasini, ish haqi fondini, maoshlar va stavkalarni moddiy yordam, isteʼmolchilarni taʼminlashda yuksak koʻrsatkichlarga erishgan tarmoq xodimlarini mukofotlash va taqdirlash hajmlarini mustaqil ravishda shakllantirish va tasdiqlash, xodimlar va mutaxassislar lavozimlari nomenklaturasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashgan isteʼmol va jamgʻarma fondlarini, sugʻurta fondlarini, ularni tarmoqning moddiy-texnika bazasini va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirish maqsadida shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini joriy qilish, past rentabelli korxonalar va tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish, oʻz shaxsiy xoʻjaliklarini barpo etuvchi, yakka tartibda uy-joy quruvchi va ularning ehtiyojlari uchun quruvchi tarmoq xodimlariga kredit berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasini tashkiliy boshqarish tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasini boshkarish, oʻz-oʻzini boshqarish, keng demokratiya, oshkoralik, faoliyatga doir masalalarni hal qilishda boʻlinmalar vakillarining faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paychilar vakillarining va xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tizim tashkilotlari vakillarining konferensiyasi (yigʻilishi) OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konferensiya Kengash, taftish komissiyasi aʼzolarini va OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining boshqa rahbar organlarini saylaydi, rahbarlik va taftish komissiyasi ishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tinglaydi, jumhuriyat isteʼmolchilarini taʼminlashni yanada yaxishilash, tijorat faoliyati, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlarini koʻrib chiqadi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi boʻlinmalarining faoliyatini qayta tashkil etish va toʻxtatish, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi tizimiga aʼzolar qabul qilish va undan chiqish masalalarini hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdagi konferensiyalar har besh yilda bir marta Kengash tomonidan chaqiriladi. Konferensiya delegatlari tizimning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarida, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalarida saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konferensiyada koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar Kengash va taftish komissiyasi tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdan tashqari konferensiya Kengashning oʻz tashabbusi boʻyicha yoki tizim jamoalarining uchdan ikki qismining talabi boʻyicha chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konferensiya delegatlarning kamida 60 foizi qatnashganda masalalarni hal qilish hukuqiga egadir. Kengash va taftish komissiyasining delegat hisoblanmaydigan aʼzolari konferensiya ishida maslaxat ovozi berish huquqi bilan qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konferensiyalar oʻrtasidagi davrda tizimni boshqarish ishini konferensiyaga hisob beruvchi Kengash amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi Kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati tarkibini belgilaydi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi raisini va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasining raisiga Kengash va hayʼat raisi vakolatlari beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi faoliyatiga doir barcha masalalarni hal qiladi, konferensiya vakolatiga kiruvchi masalalar bundan mustasnodir. Qoʻmita Kengashining majlislari hayʼat tomonidan zaruratga qarab, ammo yiliga kamida ikki marta chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining ijro etuvchi-boshqaruv organi hisoblanadi, joriy tashkiliy, moliya-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatni yoʻnaltirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlislari, zaruratga qarab, ammo oyida kamida ikki marta oʻtkaziladi. Hayʼat majlisda oʻz tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda masalalarni hal qilish huquqiga egadir. Hayʼat yiliga kamida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi oʻz ishida OʻzSSJ Moddiytexnika taʼminoti davlatkooperativ qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi oʻz aʼzolari tarkibidan komissiya raisini, uning oʻrinbosarini saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi aʼzosi boʻlgan bir shaxsning ayni bir vaqtda Kengash, hayʼat tarkiblariga saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga Oʻzbekiston SSJ Prezidenti tayinlaydigan va keyin Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashi tasdiqlaydigan rais rahbarlik qiladi. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari va hayʼat aʼzolari Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasining raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash, Qoʻmita hayʼati va oʻziga qarashli boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida SSJI va Oʻzbekiston SSJ qonunlari asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, Qoʻmitaga qarashli tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) va Kengash (hayʼat) qarorlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan lavozim nomenklaturasiga muvofiq, amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda markaziy apparat, oʻziga qarashli boʻlinmalar xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi nomidan ishonchnomalar beradi, banklarda schyotlar ochadi, amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz mol-mulki va mablagʻlariga egalik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi oʻziga qarashli boʻlinmalar oʻrtasidagi xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish uchun arbitraj tashkil etadi. Arbitrajga oʻzi chiqargan qarorlarni majburan bajartirish uchun buyruqlar berish huquqi beriladi. Arbitraj oʻz nomi yozilgan gerbli muhrga ega boʻladi. Arbitraj toʻgʻrisidagi nizom OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston SSJ Davlat gerbi aks etgan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.