Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019 10.02.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2222-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 10.02.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2222-2
Date of entry into force
17.02.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019
Hujjat 17.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2222-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli ““Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” PF-4589-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 689-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (roʻyxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2014-yil 28-yanvar,

5-son

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son

Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son

Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/5-02-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. 2014-yil 1-yanvaridan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar boʻyicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 6-bandning birinchi xatboshisi “(pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionerlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 22-bandning birinchi xatboshisi “(pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionerlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 24-band “(pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionerlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar faqat pensioner shartnoma boʻyicha ishlagan kunlar uchun toʻlanadi. Pensioner shartnoma tuzmagan qolgan kunlarda pensiyalar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlanayotgan pensiya miqdorini hisoblash misollari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ishga qabul qilindi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. 2014-yil 1-yanvardan 14-yanvargacha boʻlgan davr uchun pensiya 100 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 14 = 171 974 soʻm 19 tiyin), 15-yanvardan 31-yanvargacha boʻlgan davr uchun 50 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 17 x 50% = 104 412 soʻm 90 tiyin) toʻlanadi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya toʻlovi miqdori 279 387 soʻm 09 tiyinni (171 974 soʻm 19 tiyin + 104 412 soʻm 90 tiyin) tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan yanvar oyi davomida bajarildi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar oyi uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 soʻm 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar oyi uchun pensiya 380 800 soʻm 00 tiyin miqdorida toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 600,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan 3 oy davomida bajarildi. Pensionerning oʻrtacha oylik daromadi 200 ming soʻmni tashkil etadi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 soʻm 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun pensiya har oyda 190 400 soʻm 00 tiyin miqdorida toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ommaviy axborot vositalarida maqola chop etish uchun bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan shu kunning oʻzida bajarildi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya toʻliq miqdorda toʻlanishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 7-son, 75-modda)