Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2020 27.12.2013 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.12.2013 yildagi 344-son
Date of entry into force
06.01.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2020
Hujjat 06.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarning sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar va (yoki) moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini (keyingi oʻrinlarda birlashma deb ataladi) tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni koʻrib chiqish va birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt deganda tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxs tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oldindan rozilik Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yoki uning hududiy organi (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan roziligi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki ular qoʻshib yuboriladigan yoki qoʻshib olinadigan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati ekvivalentdagi miqdordan ortiq boʻlsa (banklarga nisbatan — 450 mln AQSh dollari, sugʻurta kompaniyalariga nisbatan — 25 mln AQSh dollari, lizing kompaniyalariga nisbatan — 3 mln AQSh dollari va bank boʻlmagan kredit tashkilotlariga, qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilariga nisbatan — 400 ming AQSh dollari) yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeyini egallab turgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan birlashmalarni tashkil etishga, shuningdek xolding kompaniyalar tashkil etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish quyidagi tarzda boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur boʻlgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan oʻzaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Birlashmalarni tashkil etishga, qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlarni monopoliyaga qarshi organ qarorlari doirasida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik, ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oldindan rozilik olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha tegishli harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar sodir etishni moʻljallayotgan harakatlar koʻrsatilgan, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmaga kiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek ularni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taʼsis hujjatlari (ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda) nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud, agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlari, ularning hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining moliyaviy hisoboti (ariza berish sanasidagi 1-shakl boʻyicha buxgalteriya balansi, oldingi ikki kalendar yil uchun 2-shakl boʻyicha moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va maʼlumotlar taʼsischilarning (qatnashchilarning) kelishuviga koʻra birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan birining nomidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etish taʼsischilardan biri tomonidan yoki tegishli vakolatlar berilgan boshqa ishonchli shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakil deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli vakil ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga monopoliyaga qarshi organga oʻzining vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga vakolatli vakil tomonidan bevosita (hozir boʻlish tartibida) yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Bunda elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan vakolatli vakilga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi toʻgʻrisidagi yozuv bilan darhol beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sodir etiladigan tegishli harakatning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini oʻrganish uchun monopoliyaga qarshi organ ushbu maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa vakolatli organlardan koʻrib chiqilayotgan ishga bevosita taalluqli boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Axborot tarkibidagi tijorat siri uni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishning rad qilinishi uchun asos boʻla olmaydi, bunda birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarning qatnashchilari axborotni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblanadigan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birlashtirish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri oʻz faoliyatini respublikaning ikki va undan koʻp hududlarida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda birlashma yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslarning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyi monopoliyaga qarshi organ tomonidan alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar ulushlarining yigʻindisi sifatida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar bozorida vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xomashyo resurslaridan foydalanishni cheklash va bu bilan xomashyo isteʼmolchisi hisoblangan qoʻshib olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyini kuchaytirish imkoniyatini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya bozorida vertikal qoʻshib yuborishni, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning parallel moliya bozorlariga kirishini cheklash imkoniyatini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga birlashma tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari yoki ularning vakolatli vakillari ishonchnoma boʻyicha taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, maxsus komissiya zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, agar monopoliyaga qarshi organda amalga oshiriladigan harakat, shu jumladan birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi vujudga kelishi yoxud kuchayishi munosabati bilan raqobat cheklanishiga olib kelishini yoki olib kelishi mumkinligini taxmin qilish uchun asos paydo boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay vakolatli vakilga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishda qatnashuvchi manfaatdor shaxslarga ularning yozma murojaati boʻyicha qarorning nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya qarorida rad etishning asoslangan sababi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi organning ruxsat berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Nizomning 18-bandi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektining arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari monopoliyaga qarshi organ qarorida bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatib oʻtilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ushbu harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar harakat koʻrsatilgan muddatda sodir etilmasa monopoliyaga qarshi organning qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning amal qilish muddati oʻtgandan keyin birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish uchun monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishga hamda uni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarni bajarishga bogʻliq etib qoʻyishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu harakatlarning sodir etilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organ talabiga koʻra raqobatning zarur sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻrsatib oʻtilgan talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojoʻya oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar oʻz xatti-harakatlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari moliya tashkilotlari tomonidan birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organning koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorini hisobga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlar amalga oshirilgungacha, monopoliyaga qarshi organ qarori amal qiladigan davrda bir yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qayta tashkil etish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish amalga oshirilgan taqdirda vakolatli vakil ularning topshirigʻi boʻyicha, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, ularni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi qarorni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda ushbu harakatlarni sodir etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki vakolatli vakilning arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qarorining dublikati ariza, shuningdek qaror yaroqsiz boʻlib qolganda birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Monopoliyaga qarshi organ birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik toʻgʻrisida berilgan qarorlar reyestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb saytiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Berilgan qarorlar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning tartib raqami va berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish tartibini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish holatlari aniqlangan taqdirda, birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ishtirokchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning dastlabki holatini tiklash toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmani yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmaning tashkil etilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshib yuborilganligi, qoʻshib olinganligi uchun ushbu harakatlarni sodir etish haqida qaror qabul qilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan soʻng besh kalendar kundan kechikmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maxsus komissiya qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmaning, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar monopoliyaga qarshi organning daʼvosiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Maxsus komissiyaning birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori monopoliyaga qarshi organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil “___” __________

‎_____-son

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
‎chiqarish va raqobatni
‎ rivojlantirish davlat qoʻmitasi ‎
‎(Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi)

‎‎Oldindan rozilik berish toʻgʻrisida

ARIZA

‎‎____________________________________________________________da joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(xoʻjalik yurituvchi subyektining toʻliq nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________________________________________________ uchun oldindan

‎‎(sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi)

‎‎rozilik berishni soʻraydi.
Ilovalar:‎
1. __________‎
2. __________‎
…‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi

‎M.Oʻ.

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri

‎‎OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASNTIRISN, MONOPOLIYADAN CNIQARISN VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISN DAVLAT QOʼMITASI

‎‎_____________________________________________ ga

‎‎(moʻljallanayotgan xatti-harakatning nomi)

‎‎oldindan rozilik berish toʻgʻrisida
‎Q A R O R

= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =

__________________‎‎

№____________

_________________ sh.

‎‎(koʻrib chiqilgan sana)

‎‎(koʻrib chiqilgan joy)‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Maxsus komissiyasi ________________________
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎________________________________________________________________ tarkibda,

‎‎(lavozimlar koʻrsatilgan holda komissiya raisi va aʼzolarining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________ga

‎‎(xatti-harakatning nomi va koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi
‎ yuridik shaxslarning nomi)

‎‎monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi boʻyicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib,

‎‎(ariza tushgan sana)

‎‎“Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq

‎‎ANIQLADI

‎‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)

‎‎Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olib va Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga amal qilib, Komissiya

‎‎QAROR QILDI:‎

‎‎__________________________________________________________________*__ga

‎‎(xatti-harakatning nomi)

‎‎oldindan rozilik berilsin.
‎‎Maxsus komissiyaning raisi

____________ ‎‎

_________________ ‎‎

(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

____________

_________________ ‎‎

(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Xatti-harakatlar koʻrsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan nazorat qilish bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoʻli bilan amalga oshiriladi, buning natijasida tabiiy monopoliya subyekti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan davlat tomonidan tartibga solish qoʻllanilmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun moʻljallanmagan asosiy vositalarga mulk huquqiga yoki asosiy vositalardan foydalanish huquqiga ega boʻladi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati oxirgi hisobot sanasida tabiiy monopoliya subyekti oʻz kapitali qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun moʻljallangan asosiy vositalarga mulk yoxud ularning bir qismiga egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga beradi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati oxirgi hisobot sanasida tabiiy monopoliya subyekti oʻz kapitali qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqish va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bitimlarni sodir etishga rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar sohasidagi faoliyat ular uchun asosiy faoliyat hisoblanmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan bitimlarni (keyingi oʻrinlarda bitimlar deb ataladi) sodir etish uchun tabiiy monopoliya subyekti monopoliyaga qarshi organga bunday bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma (ariza) bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bitimlarni sodir etishga rozilik ular sodir etilgunga qadar olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining bitimlarni sodir etishni nazarda tutuvchi qarorlari faqat monopoliyaga qarshi organning roziligi mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar bitimlarni sodir etishda ruxsat berish talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatti-harakatlarni monopoliyaga qarshi organning qarorida koʻrsatilgan doirada sodir etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarga narxlar (tariflar)ning asossiz ravishda oshirib yuborilishi, shu jumladan bir viloyat hududi doirasida narxlar (tariflar)ning keskin differensiyasi yuzaga kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajralmas bogʻliq boʻlgan texnologik tizimning buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) va xizmatlar koʻrsatishning toʻxtatilishi va/yoki uzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlarning pasayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar ayrim guruhlarining narx bilan bogʻliq holda kamsitilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tovar bozorining tabiiy monopoliya holatidan raqobatli bozor holatiga iqtisodiy jihatdan asoslangan oʻtishining toʻxtatilishi kabi boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning yoʻqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tabiiy monopoliya subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek tabiiy monopoliya subyekti sodir etishni moʻljallayotgan bitimning nomi koʻrsatilgan holdagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning asosiy turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning (shartnomaning) dastlabki matni ilova qilingan holda sodir etiladigan bitim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasi, bitim ushbu organning tashabbusi bilan sodir etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyadorlari, muassislari (qatnashchilari)ning roʻyxati, ularning ustav fondidagi kamida 5 foizni tashkil etadigan ulushlari koʻrsatilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldingi ikki kalendar yil uchun natura va qiymat ifodasida bitimda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldingi ikki kalendar yil uchun bitim qatnashchilarining moliyaviy hisoboti (1 va 2-shakllar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida iltimosnoma (ariza) taqdim etilgan sanada bitimda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalari roʻyxati va qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim sodir etilishi paytida berilayotgan yoki sotib olinayotgan asosiy vositalar roʻyxati va qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilayotgan yoki sotib olinayotgan asosiy vositalarning joylashtirilgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya sharoitlarida bitimda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlari (xizmatlari)ning asosiy isteʼmolchilari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim sodir etilishini iqtisodiy asoslash (shu jumladan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishda tarif siyosati, korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati oʻzgarishidan koʻrilgan ijobiy samara va shu kabilar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlaridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga bevosita, olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiiy monopoliya subyekti rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarni sodir etishga monopoliyaga qarshi organning roziligini olish uchun unga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol tabiiy monopoliya subyektiga beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Zaruriyat boʻlganda, monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya sharoitlarida tarmoqning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, ushbu maʼlumotlarga egalik qiluvchi shaxslardan qoʻshimcha maʼlumotlar va materiallarni soʻrab olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maʼlumotlar tarkibidagi tijorat siri maʼlumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas, bunda asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitim qatnashchilari maʼlumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarning batafsil roʻyxatini koʻrsatishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalarning (yuqori turuvchi tashkilotlarning) tashabbusi boʻyicha tabiiy monopoliyalarning ikkitadan ortiq subyekti tomonidan bir vaqtda sodir etiladigan bitimlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya subyektlari joylashgan joy boʻyicha boshqa ikki tomonlama bitimlar boʻyicha — Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan arizani koʻrib chiqish, bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza (iltimosnoma) koʻrib chiqilganligi va rozilik berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga vakolatli davlat organlari, shuningdek bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi uchun monopoliyaga qarshi organning masʼul shaxsi taqdim etilgan materiallarni ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqadi, soʻngra ularni maxsus komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus komissiya taqdim etilgan materiallarni oʻn kalendar kun mobaynida koʻrib chiqadi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning koʻrib chiqishi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori ariza beruvchiga qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Monopoliyaga qarshi organ, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya subyekti ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha bitimlarni sodir etishga rozilik berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalariga (mavjud boʻlganda) muvofiq emaslik va tabiiy monopoliya subyekti koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Tabiiy monopoliya subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida xat olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyekti tomonidan bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish va monopoliyaga qarshi organ tomonidan qaror qabul qilish rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tabiiy monopoliya subyektining arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organ tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi fikr-mulohazalar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etish toʻgʻrisidagi xatda koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin tabiiy monopoliya subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va monopoliyaga qarshi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchi bitimlarni sodir etishga rozilik berish (berishni rad etish) toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa, u holda ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin tabiiy monopoliya subyektlari bitimni sodir etish, bu haqda monopoliyaga qarshi organni yozma ravishda xabardor qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatda monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya subyektining yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majbur. Monopoliyaga qarshi organning qarori olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati ular qabul qilinganligi sanasi toʻgʻrisidagi belgi va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yuborilgan yozma xabarnoma bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bitim uni sodir etishga rozilik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida sodir etilishi kerak. Agar bitim koʻrsatib oʻtilgan muddatda sodir etilmagan boʻlsa monopoliyaga qarshi organning qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tabiiy monopoliya sharoitlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladigan hisobot koʻrsatkichlarini tahlil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Arizani koʻrib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Arizani koʻrib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agar bitimlar sodir etilguniga qadar tabiiy monopoliya subyekti tomonidan qayta oʻzgartirish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish amalga oshirilgan taqdirda tabiiy monopoliya subyekti xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab yetti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni qayta rasmiylashtirish haqida ariza berishi, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi qarori yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda tabiiy monopoliya subyektining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qarorining dublikati maxsus komissiyaning qarori yaroqsiz boʻlib qolgan hollarda — ariza va maxsus komissiya qarorining asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Monopoliyaga qarshi organ bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida berilgan qarorlar reyestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Berilgan qarorlar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror dublikatini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Bitimlarni sodir etish tartibining buzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Monopoliyaga qarshi organning roziligini olmasdan bitimlar sodir etilishi holatlari aniqlanganda tabiiy monopoliya subyektlariga yoxud bitimlarning tashabbuskorlari hisoblangan yuqori tashkilotga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga (ularning mansabdor shaxslariga) nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatiladi, ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berish toʻgʻrisidagi qarorni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni saqlab qolish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Monopoliyaga qarshi organning roziligisiz bitimlar sodir etilganligi uchun maxsus komissiya, ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, qonun hujjatlariga muvofiq maʼlumotlar taqdim etilmaganligi uchun ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori va yozma koʻrsatmasi oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxslarga hamda manfaatdor tomonlarga u qabul qilingan kundan boshlab besh kundan kechikmay yuboriladi va unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bitimlarni sodir etish davomida tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda monopoliyaga qarshi organ sodir etilgan bitimni haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (yozma koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda qarorni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (yozma koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tabiiy monopoliya subyektlari maʼlumotlar monopoliyaga qarshi organga taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek bitimlar sodir etilishi toʻgʻrisida ishonchsiz yoxud yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishiga rozilik berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil “___” __________

‎_____-son

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
‎chiqarish va raqobatni
‎rivojlantirish davlat qoʻmitasi
‎(Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi)

Tabiiy monopoliya subyekti tomonidan asosiy vositalarni sotib olish,
‎ (berish) boʻyicha bitimlar sodir etilishiga rozilik olish uchun

ARIZA

‎‎____________________________________________________________da joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(xoʻjalik yurituvchi subyektining toʻliq nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________________________
‎_______________________________________________________________

(nazarda tutilayotgan xatti-harakat nomi)

‎tarzidagi asosiy vositalarni sotib olish (berish) boʻyicha bitimlarni sodir etishga rozilik berishni soʻraydi.

Ilovalar:‎
1. __________‎
2. __________‎
…‎
‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi

‎M.Oʻ.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri

‎‎OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASNTIRISN, MONOPOLIYADAN CNIQARISN VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISN DAVLAT QOʼMITASI

‎‎_____________________________________________

‎‎(moʻljallanayotgan xatti-harakatning nomi)

boʻyicha bitimlarni sodir etishga rozilik berish toʻgʻrisida
‎Q A R O R

= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =

__________________‎‎

№____________

___________________ sh.

‎‎(koʻrib chiqilgan sana)

‎‎(koʻrib chiqilgan joy)‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Maxsus komissiyasi ________________________

‎‎‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎________________________________________________________________ tarkibda,

‎‎(lavozimlar koʻrsatilgan holda komissiya raisi va aʼzolarining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________ga

‎‎(xatti-harakatning nomi va koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi
‎ yuridik shaxslarning nomi)

‎‎monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi boʻyicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib,

‎‎(ariza tushgan sana)

“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofi�

‎‎ANIQLADI:

‎‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________

(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)

Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olib va Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-moddasiga (30-modda) amal qilib, Komissiya

‎‎QAROR QILDI:

‎‎______________________________________________________________________*

‎‎(xatti-harakatning nomi)

boʻyicha bitishuvlarni sodir etishga rozilik berilsin (rad etilsin).‎
‎‎Maxsus komissiyaning raisi

____________ ‎‎

_________________ ‎‎

(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

____________

_________________ ‎‎

(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida sodir etilishi kerak. Xatti-harakat koʻrsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 2-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)