Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.08.1999 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.1999 yildagi 395-son
Date of entry into force
17.08.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 19.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1999/2000-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 1999/2000-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga qarashli xoʻjaliklarni 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar va ularni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy-maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, transport, qurilish tashkilotlarini, qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 1999/2000-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlab qoʻyish yuzasidan oʻn kun muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bolalar maktabgacha muassasalarga, kasalxonalarga, poliklinikalarga, uy-joylarga issiqlik uzluksiz berib turilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatish maqsadida barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun shu yilning 15-oktabriga qadar suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi idoralar bilan birgalikda uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini va ularning texnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirishni shu yilning 1-sentabrigacha amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashni tugallash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar va gazni hisobga olish priborlari boʻlmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berishni toʻxtatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar qozonxonalarini mukammal tuzatishni shu yil 15-sentabrgacha tugallasinlar hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gazdan hisobsiz foydalanilishini aniqlash maqsadida aholi tomonidan gaz isteʼmol qilinishini bir oy muddatda tekshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun korxona va tashkilotlar qarzlari toʻlanishi jadvalini ishlab chiqsinlar va ularga muvofiq aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Surxondaryo viloyati hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi korxonalariga texnik tuz oʻz vaqtida belgilangan tartibda yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻmir va suyuq yoqilgʻining zarur hajmlardagi zaxiralarini yaratish uchun “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ularning respublika korxonalari va tashkilotlariga shu yilning 1-noyabrigacha shartnomalarga muvofiq yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi isitish mavsumi boshlangunga qadar koʻp qavatli uy-joylarning yertoʻlalarini quruq holga keltirish, kanalizatsiya, kollektor va issiqlik tarmoqlarini tozalash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999/2000-yil kuz-qish davrida respublikaning barcha gaz taqsimlash stansiyalariga belgilangan limitlar va koʻrsatkichlar doirasida gaz yetkazib berilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isitish mavsumi boshlangunga qadar yer osti gaz omborlariga 5,8 mlrd kub metr hajmida gaz toʻplanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yilning 1-noyabrigacha Ursatyevsk — Fargʻona gaz quvuri IV tarmogʻining 215 — 220 kilometr oraligʻidagi uchastkasi foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi elektr stansiyalari va xalq xoʻjaligining boshqa korxonalarini 1999/2000-yil qish davrining eng sovuq kunlarida gazdan yoqilgʻining zaxira turiga oʻtkazish jadvallarini shu yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishning eng sovuq davrida ishlatiladigan elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal va oʻrtacha tuzatishni shu yil 1-noyabrgacha tugallasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yil 1-noyabrgacha elektr stansiyalarida tasdiqlangan jadvallarga muvofiq suyuq va qattiq yoqilgʻi jamgʻarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi shu yil 1-oktabrgacha chorvachilik xoʻjaliklari, isitish tizimlari, qozonxonalar va qishloq joylardagi boshqa obyektlarning tayyorlab qoʻyilishini, shuningdek zarur hajmlarda ozuqa tayyorlashni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi shu yil 1-oktabrgacha tuzatish ishlarini yakunlasinlar hamda maktablar, maktabgacha muassasalar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar qish sharoitlarida ishlashga shay qilib qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yil 1-oktabrgacha shahar yoʻlovchi tashish avtotransportini hamda umuman avtotransportni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar, buning uchun transport korxonalarini ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari va yonilgʻi bilan oʻz vaqtida taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi lokomotiv, vagon va oʻziga qarashli boshqa xoʻjaliklarning kuz-qish davriga oʻz vaqtida tayyorlab qoʻyilishini tashkil etsin, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz hamda xoʻjaliklarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan bogʻliq boshqa xalq xoʻjaligi yuklari uzluksiz tashilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar vagonlar, sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ortish-tushirish, ayniqsa kechasi, dam olish va bayram kunlarida ortish-tushirish ishlarining bir maromda olib borilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari hamda energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi boshqa korxonalar qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilishni kamaytirish maqsadida shu yil 1-sentabrgacha Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda oʻzlariga qarashli asbob-uskunalarning yuqori yuklama davrida texnologiya jihatidan yoʻl qoʻyiladigan ish rejimlarini ishlab chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi issiqlik manbalarini rekonstruksiya qilish, issiqlik tarmoqlarini qayta yotqizish hamda uylar ichidagi issiqlik va suv taʼminoti tizimlarini almashtirish ishlarini oʻz vaqtida tugallash maqsadida, shuningdek budjet tashkilotlarga yoqilgʻi xarid qilish uchun shu yil toʻrtinchi chorakka nazarda tutilgan moliyaviy mablagʻlarni joriy yil isitish mavsumi boshlanishidan oldin (oktyabr-noyabr oylarida) moliyalashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ommaviy axborot vositalari tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlarini boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning borishini muntazam ravishda yoritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar, tashkilotlar mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida shu yil 1-sentabrgacha va 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. Y. Otayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 17-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
395-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-avgustdagi 395-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1999/2000-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Otayev V. Y.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Axmetov L. A.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Ahmadboyev A. Gʻ.‎ —‎ “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi‎
Ahmedov A. A.‎ —‎ “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori
Amanboyev O. E.‎ —‎ “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi‎
Zaynutdinov I. A.‎ —‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi‎
Zinin V. I.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Julin N. I.‎ —‎ “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori‎
Nizomov M. Z.‎ —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Hasanov B. V.‎ —‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Nazirov F. G.‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
Tolmachev G. M.‎ —‎ Energetika va elektrlashtirish vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Tomalak S. M.‎ —‎ “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori‎
Muhamedov Gʻ. K.‎ —‎ Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri‎
Gʻulomov S. S.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Normurodov M. B.‎ —‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari‎
Doroxov V. N.‎ —‎ Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari‎
Murodov S. Gʻ.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Ermetov N. E.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Yoʻldoshev J. Gʻ.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari‎