Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1996 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.11.1996 yildagi 414-son
Date of entry into force
25.11.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xoʻjaligini fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xoʻjaligini shudgorlash va ekish oldi davrida fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxta dalalariga solish uchun shudgorlash va ekish oldi davrida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 103 ming tonna fosforli va 175 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berish jadvalini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyodan respublikada ishlab chiqarilgan 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 62 ming tonna fosforli oʻgʻitlarni “Fostreyd” (“Qoratov” AJ) firmasidan xarid qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasidan 1996-yil dekabr oyida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 25 ming tonna va 1997-yil yanvar — aprel oylarida 150 ming tonna kaliyli oʻgʻitlarni yetkazib berishni kelishib olsin va ular yuzasidan kontraktlar tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyodan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan hamda “Fostreyd” firmasidan Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan oʻtkazilmay xarid qilinadigan fosforli oʻgʻitlar hajmi uchun “Fostreyd” firmasi bilan “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasi oʻrtasida tuzilgan kontraktlarda belgilangan narxlar boʻyicha solishtirish dalolatnomalariga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ichki ishlar organlari ishtirokida joylarda mineral oʻgʻitlarning saqlanishini va maqsadga muvofiq foydalanilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyo shartlarida olib kelinadigan fosfor xom ashyosi, shuningdek kaliyli oʻgʻitlar uchun Davlat soliq qoʻmitasining 1996-yil 28-sentabrdagi 187-son buyrugʻi bilan belgilangan boj toʻlovlarini undirmasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalariga resurslar uzluksiz yetkazib berilishini va xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 25-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-son