Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 19.11.2013 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.11.2013 yildagi 310-son
Date of entry into force
25.11.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 04.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
310-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarni hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqini beradigan ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl boʻyicha xulosa (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — xulosa olish uchun hujjatlarni “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etadigan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti obyekti (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) — foydalanilayotgan temir yoʻl infratuzilmasi (temir yoʻl infratuzilmasining uchastkalari); temir yoʻl infratuzilmasining tarkibiy qismlari (yoʻllar, temir yoʻl elektr taʼminoti, boshqarish, nazorat qilish, signalizatsiya va aloqa, stansiya kichik tizimlari); tashkil etilgan temir yoʻl harakat tarkibi va uning tarkibiy qismlari (poyezdlar, monyovrli tarkiblar, tirkamalarning kichik tizimlari); umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti, egalari jismoniy shaxslar hisoblanadigan idoraviy temir yoʻl kirish yoʻllari hamda va temir yoʻl kirish yoʻllari, shuningdek texnologik temir yoʻl transporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti mahsuloti (keyingi oʻrinlarda mahsulot deb ataladi) — temir yoʻl transporti uchun yangidan tayyorlanadigan mahsulotlar: temir yoʻl harakat tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari, shuningdek temir yoʻl transporti infratuzilmasi kichik tizimlarining tarkibiy qismlari elementlari yoki uning kichik tizimlari tarkibiy qismlari elementlarining yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti texnologiyasi (keyingi oʻrinlarda texnologiya deb ataladi) — temir yoʻl transporti sohasida foydalaniladigan metodlar va jarayonlar yigʻindisi, shuningdek temir yoʻl transporti mahsulotini tayyorlashga, unga xizmat koʻrsatishga, uni taʼmirlashga va (yoki) undan foydalanishga yoʻnaltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar, operatsiyalar va usullar kompleksini oʻz ichiga oladigan texnik ishlab chiqarish usullarining ilmiy tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza — loyihalar hujjatlarini va obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlari hujjatlarini ularning temir yoʻl transporti sohasidagi talablarga muvofiqligi yuzasidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqish. Ekspertizani amalga oshirish davomida taqdim etilgan hujjatlarning va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xulosa 5 yil muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ariza beruvchi tomonidan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi talablari va normalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik asbob-uskunalarning, moslamalar va instrumentlarning, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini xulosada koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasini xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xulosa olish uchun ariza beruvchi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza; ushbu Nizomning 3-ilovasiga* muvofiq shakl boʻyicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalari hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati boʻyicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yoʻl transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yoʻl harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga bevosita, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xulosa olish uchun “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi bilan ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va xulosa berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi arizani koʻrib chiqadi, loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ekspertizadan oʻtkazadi, soʻngra ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat oʻtgach ariza beruvchi, bu toʻgʻrida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda, oʻzi amalga oshirish uchun xulosa olmoqchi boʻlgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ariza beruvchining yozma shakldagi xabarnomasini olgach, besh ish kuni mobaynida unga xulosa berishi shart. Xulosa olingungacha, qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan holdagi taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga yuborilgan xabarnoma xulosaga tenglashtiriladi hamda loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi rahbari (boshligʻi yoki uning oʻrinbosari), “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ushbu Nizomga 4-ilovaga* binoan shakl boʻyicha muvofiqlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida xulosani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarining (boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining) imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki uni tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xulosa berishning rad etilgani toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi. Xulosa berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xulosa berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xulosa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, xulosa berish yoki uni berishni rad etish “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq holdagi rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xulosa berishining rad etilgani toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi bergan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ariza beruvchi xulosa berishning rad etilgani, shuningdek “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) toʻgʻrisida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xulosani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xulosa qayta rasmiylashtirilgungacha xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan yoki uning huquqiy vorisi xulosada koʻrsatilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ariza qabul qilib olingan sanasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan koʻrsatilgan holdagi xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xulosani qayta rasmiylashtirishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi berilgan xulosalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Xulosalarni qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xulosani qayta rasmiylashtirilganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Arizaning amal qilish muddati tugagach u ariza beruvchining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga xulosaning amal qilish muddati oʻtgungacha berilishi kerak. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xulosa yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda ariza beruvchining arizasi boʻyicha xulosaning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi xulosa dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelganda xulosaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart. Xulosa dublikati berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va xulosani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va xulosani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Quyidagilar xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular yuzasidan xulosa berilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining aniq xavfini tugʻdirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Berilgan xulosalarning reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosani bekor qilishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosa dublikatini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom amalga oshirilgan kelishish natijalari boʻyicha muayyan muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl boʻyicha harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) berish uchun tashkilotlarning lokomotivlari, yuk va izotermik vagonlarining (keyingi oʻrinlarda harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi deb ataladi) xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — xizmat qilish muddati tamom boʻlgan yoki tamom boʻlayotgan oʻzining harakatlanadigan temir yoʻl tarkibiga ega boʻlgan, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga guvohnoma olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddati — belgilangan xalqaro normalarga va ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan, unga erishilganda harakatlanadigan temir yoʻl tarkibidan foydalanish, texnik holatidan qatʼi nazar, toʻxtatilishi kerak boʻlgan foydalanishning kalendar davom etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddati — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibidan foydalanish boshlangandan boshlab foydalanishning kalendar davom etishi yoki cheklangan holatga oʻtgunga qadar taʼmirlashdan keyin uning tiklanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibiga texnik tashxis qoʻyish boʻyicha ishlarni bajarish vakolati berilgan tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik yechim — maxsus ekspert tashkiloti tomonidan berilgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan hamda texnik asos va harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddatini uzaytirish shartlari mavjud boʻlgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Guvohnomaning amal qilish muddati — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishini uzaytirish muddatiga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining yangi muddatini hisoblash guvohnoma berilgan sanadan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat muddatini uzaytirishda quyidagilar ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishda qonunchilikka majburiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomada koʻrsatilgan doiralarda lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin ariza beruvchining nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida yetti ish kuni mobaynida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasini xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Guvohnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining soni va tipi (seriyasi) koʻrsatilgan holda guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 5-ilovaga* (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga* (vagonlar uchun) muvofiq shakllar boʻyicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi texnik yechim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga bevosita, ular olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Guvohnoma olish uchun “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxat “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilish sanasidan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shu jumladan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan arizani koʻrib chiqish muddatida arizani koʻrib chiqadi, guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga guvohnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi bu haqda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda texnik yechimda koʻrsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishi shart. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning roʻyxati ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida qoʻyilgan belgi va ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va texnik yechimda koʻrsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi rahbari (boshligʻi yoki uning oʻrinbosari) “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida guvohnomani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarining (boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining) imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda uni xabardor qiladi. Guvohnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Guvohnomani berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan xulosa berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Guvohnomani berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza beruvchi tomonidan guvohnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Guvohnomani berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ariza beruvchi guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Guvohnomani berishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻzaro hamkorligi tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi guvohnomani berishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Bir oyna” boʻyicha guvohnomani berishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻzaro hamkorligi ayirboshlash vositasida, shu jumladan elektron pochta, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ayirboshlash orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasidan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hujjatlarni koʻrib chiqishi va texnik yechimni kelishishi yoxud “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga asoslangan yozma mulohazalar va takliflarni taqdim etishi shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ariza beruvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan tartibda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasining belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida guvohnomada koʻrsatilgan lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi berilgan guvohnomalar reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach u ariza beruvchining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga koʻra unga guvohnomaning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi guvohnomaning dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda guvohnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beradi (yuboradi). Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Quyidagilar guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishni tekshirishdan bosh tortish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Berilgan guvohnomalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma dublikatini berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot xizmat qilish muddatini uzaytirishga taqdim etilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining oʻtkazilgan texnik tashxisi xolisligi, ishonchliligi, asoslanganligi, toʻliqligi, tayinlangan taʼmirlashning turi va hajmi hamda texnik yechim bilan belgilangan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining yangi muddati toʻgʻri tanlanganligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.