23.10.2013 yildagi O‘RQ-356-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.10.2013 yildagi O‘RQ-356-son
Date of entry into force
01.07.2014
Hujjat 01.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestri toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 19-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi garov reyestrini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov reyestri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestri — qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida berib qoʻygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini taʼminlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning yagona axborot bazasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor — qarzdordan oʻzining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa — majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida berib qoʻyilgan qarzdorning mol-mulki hisobiga oʻz talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pulni toʻlash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdor berib qoʻygan mol-mulkka undiruvni qaratishga boʻlgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq harakatni sodir etishi shart boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega boʻlgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami — garov reyestriga kiritilgan yozuvga beriladigan alohida roʻyxatdan oʻtkazish raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Garov reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestrini yuritish yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlashni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida tashkil etiladigan garov reyestrini yurituvchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Garov reyestrini yurituvchi tashkilot vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestrini yurituvchi tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan Internet axborot tarmogʻi orqali foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestridan foydalanish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestridagi axborotni qarzdor — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha izlash imkoniyatini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchiga kiritilgan yozuv toʻgʻrisida elektron shaklda, zarur hollarda esa qogʻozda axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilar:

garov reyestriga yozuvlar kiritishga va ularni oʻzgartirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestridan yozuvlarni chiqarib tashlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestridan koʻchirmalar olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestriga xolis va ishonchli maʼlumotlar koʻrsatilgan yozuvlarni kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov reyestriga oʻzlari kiritgan yozuvlar muntazam ravishda yangilanib turilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Garov reyestriga kiritiladigan yozuv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qoʻygan mol-mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, tovarga boʻlgan mulk huquqini tovarning haqi toʻlangunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, toʻlovni kechiktirgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish) toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talablar toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning taʼminlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda yuzaga keladigan boshqa talablar toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestriga yozuv kiritish foydalanuvchi tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestriga kiritilayotgan yozuv quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor va kreditor toʻgʻrisidagi axborot (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxslar uchun — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning mol-mulki va kreditorning bu mol-mulkka boʻlgan huquqlari tavsifi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq kiritilgan yozuv uni kiritish vaqti va sanasi koʻrsatilgan hamda unga yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda avtomatik ravishda garov reyestrida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga boʻlgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun haq undiriladi, uni undirish shartlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning roziligi qarzdorning identifikatsiya maʼlumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlangunga qadar kreditorda saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori toʻgʻrisida yozuv kiritish yoxud kiritilgan yozuvdan mol-mulkning bir qismini chiqarib tashlash yoki undagi axborotni oʻzgartirish kreditor tomonidan qarzdorning roziligisiz amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning zimmasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar boʻlgan taqdirda, davlat soliq va bojxona xizmati organlari qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergov va surishtiruv organlari qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish) toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilgan taqdirda, qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarzdor yozuvni noxolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki oʻzgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir eʼtirozlar qarzdor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Garov reyestridagi yozuvni oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestridagi yozuvga oʻzgartirish mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan qarzdorning mol-mulki almashtirilgan yoxud mol-mulki tarkibida oʻzgarishlar boʻlgan yoki qarzdorning oʻzi almashtirilgan, shuningdek sud qarori qonuniy kuchga kirgan hollarda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchi yozuvga oʻzgartirishlarni oʻz vaqtida kiritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan kreditorning qarzdor mol-mulkiga boʻlgan huquqlari bekor qilingan, majburiyatlar bajarilgan taqdirda va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchi garov reyestridan yozuvni oʻz vaqtida chiqarib tashlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Garov reyestridagi yozuvni izlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestrini yurituvchi tashkilot yozuvlarni izlash natijalari boʻyicha elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda garov reyestridan koʻchirma taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestridan koʻchirma berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish garov reyestrini yurituvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestrini yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2014-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ–356-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 570-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)