Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 25.12.1998 yildagi PF-2160-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.12.1998 yildagi PF-2160-son
Date of entry into force
25.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 25.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISTEʼMOL TOVARLARINING AYRIM TURLARINI OLIB KELISh VA OLIB ChIQIB KETIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika isteʼmol bozorida muvozanat saqlanishini va uning barqaror toʻldirilishini taʼminlash, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, tovarlarning ayrim turlarini qonunga xilof ravishda olib ketilishining oldini olish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan tovarlardan (ilovaga muvofiq) import boj toʻlovlari undirish 1999-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzdavstandart”, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi keltirilayotgan isteʼmol tovarlari sifati ustidan qattiq nazorat oʻrnatib, ularga tegishli sertifikatlar va ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi eksport qilish taqiqlab qoʻyilgan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollariga chek qoʻyish yuzasidan qatʼiy choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, eksport qilish taqiqlangan tovarlarni yuridik va jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmatining koʻchma bojxona postlari sonini koʻpaytirib, qoʻshni davlatlar bilan chegaralardagi dala yoʻllari va aylanma yoʻllar orqali tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda isteʼmol tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik, shuningdek, import qilinadigan tovarlarni sotishning belgilab qoʻyilgan tartibini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilikni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Eksport qilish taqiqlangan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib ketish hollariga chek qoʻyishda huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalarini jalb etib, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 5-ilova matnidagi “sionizm” soʻzi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2160-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
1998-yil 25-dekabrdagi
PF-2160-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelish chogʻida
boj toʻlovlari bekor qilinadigan tovarlar
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Tovar guruhi‎

Tovarning nomi‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat TN boʻyicha kod‎

1.‎ 01‎ Chorva mollari, parranda‎ 0101-0106 (0106 00 990 dan tashqari‎
2.‎ 02‎ Goʻsht va uning oziqbop qoʻshimcha mahsulotlari‎ 0201-0210‎
3.‎ 03‎ Baliq va baliq mahsulotlari‎ 0301-0305 (030110 dan tashqari)‎
4.‎ 04‎ Sut va sut mahsulotlari‎ 0401,0402, 0404-0406‎
5.‎ 09‎ Choy xomashyosi, choy‎ 0902‎
6.‎ 10‎ Gʻalla: bugʻdoy, javdar, arpa, suli, guruch, makkajoʻxori, qorabugʻdoy‎ 10‎
7.‎ 11‎ Un, yorma‎ 1101-1106‎
8.‎ 15‎ Oʻsimlik va mol yoglari hamda moylari, tayyorlangan oziqbop yogʻlar‎ 1502,1507,1509,1512, 1516,1517(150200100, 150710100,150790100, 150910100, 151211100, 151219100,151221100. 151229100 (dan tashqari)‎
9.‎ 16‎ Goʻsht, baliq va qisqichbaqasimonlardan tayyorlangan mahsulotlar�� 1601,1602,1604,1605 (160430 dan tashqari)‎
10.‎ 17‎ Qand-shakar‎ 1701-1702‎
11.‎ 19‎ Bolalar taomi‎ 190110000‎
12.‎ 29‎ Provitaminlar va vitaminlar, tabiiy va sintez qilingan gormonlar, antibiotiklar‎ 2936,2937, 2941‎
13.‎ 30‎ Farmatsevtika mahsulotlari*)‎ 3002-3005‎
14.‎ 34‎ Xoʻjalik sovuni‎ 340119000‎
15.‎ 41‎ Teri xomashyosi va terilar‎ 41‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dori-darmonlar sifatini nazorat qilish va tibbiyot texnikasi Bosh boshqarmasining ruxsati boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 233-modda; 2002-y., 4-5-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)