20.09.2013 yildagi PQ-2042-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.09.2013 yildagi PQ-2042-son
Date of entry into force
21.09.2013
Hujjat 31.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy taʼminot vositalarini respublikada ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishga koʻmaklashish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri software.uz Internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsulotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy reyestr elektron shaklda on-layn rejimida yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilar milliy reyestrini yuritishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari toʻgʻrisidagi axborotning yagona elektron bankini yaratish va istiqbolli loyihalarni hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashgʻul boʻlgan isteʼdodli yosh dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy dasturiy mahsulotlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan, sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash, ularga oʻz mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishda koʻmak berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini shakllantirish, yuritish va yanada rivojlantirish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiquvchilar 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi soliqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondiga, budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy taʼminot vositalariga boj toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror 4-bandining 2-xatboshida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar – dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning oʻzlari ishlab chiqargan dasturiy taʼminot vositalarini eksport qilish hajmi ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan boʻlsalar, tatbiq etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq va yagona soliq toʻlovi boʻyicha yangi texnologiya uskunalarini xarid qilish chogʻida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishga doir amaldagi tartib respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdoriga joriy qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar – dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda xizmatlarni Internet tarmogʻining on-layn doʻkonlari orqali eksport shartnomasi mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarish, sotish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2042-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 508-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 35-son, 923-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)