Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022 17.09.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2508
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 17.09.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2508
Date of entry into force
23.09.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022
Hujjat 08.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2508]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 8-iyuldagi 54-sonli, Moliya vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 32-sonli va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2022-yil 29-iyundagi 367/01-15-sonli ““Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2508-2, 25.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2013-yil 22-avgust,

43-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 22-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-son

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 22-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01/19-26/11-son

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-avgustdagi 43, 78, 01/19-26/11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, suyultirilgan gazni tovar xomashyo birjalari (bundan buyon matnda Birja deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida sotish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar — birja savdolarida tovarlarni sotib olish va sotishni amalga oshiruvchi savdo qatnashchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kotirovka narxi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotning oʻrtacha narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot — ishlab chiqarish va foydalanishning tasdiqlangan moddiy balansiga muvofiq birja savdolarida sotiladigan, gaz va neftni qayta ishlash va neft kimyo zavodlarida ishlab chiqariladigan propan-butan fraksiyalaridan tashkil topgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar — mahsulotni birja savdolariga qoʻyuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar va boshqa tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlar — birja savdolarida suyultirilgan gazni tegishli litsenziyalar asosida qayta sotish uchun xarid qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlar reyestri — Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha birja savdolarining elektron tizimida shakllangan va Birja tomonidan tasdiqlangan bitimlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) – birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi Birjaning tuzilmaviy boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlangan bitimlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq qoplanilishini taʼminlaydigan miqdordagi pul mablagʻlarining xaridorning HKKPdagi hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha narx — bir haftalik birja savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan mahsulotning oʻrtacha narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zakalat — Birjada tuziladigan bitimlar bajarilishini kafolatlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan HKKPga kiritilgan pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja aʼzolari — Birja tomonidan belgilangan tartibda brokerlik oʻrnini sotib olgan yoki olgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja savdolari elektron tizimi — birja aʼzolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom talablari suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchi, uni birja savdolarida sotuvchi va xarid qiluvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomga muvofiq birja savdolarida sotib olingan mahsulotdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi va uni eksport qilish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Suyultirilgan gazni sotish birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda birja savdolarida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Suyultirilgan gaz hajmlarini shakllantirish va uni sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahsulotni sotish hajmlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Hayʼati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli moddiy balansdan kelib chiqib shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sotuvchilar moddiy balanslar bajarilishining tasdiqlangan chorak va oylik jadvallari asosida mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning muddatli jadvallarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur jadvalni Birjaga yetkazadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sotuvchi har yili Birja bilan oʻzaro faoliyat toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Savdolar haftaning ish kunlarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Birja savdolarining oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qoʻyiladigan mahsulot hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xaridorlarga Birja aʼzolari va Internet tarmogʻi orqali yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning respublikaning qaysi hududida joylashganligidan qatʼi nazar, birja savdolarida bir vaqtda ishtirok etish imkonini taʼminlab berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Savdolarni oʻtkazish zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitimni roʻyxatdan oʻtkazish kuni Birja sotuvchining brokeriga bitimlar reyestridan tasdiqlangan koʻchirmani, sotuvchi va xaridorning brokerlariga birja savdolarining elektron tizimida shakllangan namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oldi-sotdi shartnomasi bitimda nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi. Shartnomani rasmiylashtirish uchun xaridor oʻz brokeriga litsenziyasining asl nusxasini taqdim etadi, broker litsenziyadan nusxa olib, asl nusxasini qaytarib beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birja savdolarida sotilmay qolgan mahsulot hajmlari keyingi birja savdolariga qoʻyiladi. Sotuvchilar mahsulotni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan oʻrtacha narxlar boʻyicha sotishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Birjada koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan haq miqdori Birja tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha mahsulotni yuklab joʻnatish toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xaridor tomonidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta birja savdolariga qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Mahsulot narxlarini aniqlash hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narxida (monopolist korxonalar uchun) yoki ulgurji sotish narxida (boshqa korxonalar uchun) belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolarida mahsulotning boshlangʻich narxidan oshishi hisobidan qoʻshimcha olinadigan daromadi sotuvchining ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Birja savdolarida tuzilgan bitimlar bajarilishining moliyaviy kafolatini taʼminlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar HKKP tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda HKKP tomonidan Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash va birja bitimlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochiladi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi Birjaning ikkilamchi depozit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sotuvchilar va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlarining harakatini nazorat qilish uchun HKKP tomonidan har bir sotuvchi va xaridorga ularning shaxsiy raqamiga mos keluvchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va ularning mablagʻlari HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. HKKP mijozning soʻroviga asosan unga xizmat koʻrsatish shartlari hamda uning qolgan pul mablagʻlari toʻgʻrisida axborot berishi shart. Ushbu axborotlarni HKKP tomonidan uchinchi shaxslarga oshkor etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Birja mijozning soʻroviga asosan, birja kliringi natijalari, uning pul mablagʻlari holati va savdolarning joriy kunida pul mablagʻlarining belgilangan limitlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sotuvchi va xaridorlar tomonidan HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja savdolariga qoʻyiladigan mahsulotning umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitim bahosining 10 foizigacha boʻlgan miqdorda zakalat qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xaridorlar zakalatni hisobga olgan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitimlar tuzishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sotuvchilar va xaridorlarning HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi va xaridorning topshirigʻiga asosan, birja bitimlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobidan Birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Birja bitimi roʻyxatga olinganidan soʻng, xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan besh ish kuni ichida moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga zarur pul mablagʻlarini oʻtkazishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. HKKP mablagʻ kelib tushgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan sotuvchiga mahsulotni xaridorga yetkazib berishi uchun toʻlangan bitimlar reyestrini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. HKKP tomonidan taqdim etilgan toʻlangan bitimlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga joʻnatishi uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi mahsulotni xaridor oʻzining oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlatmasdan joʻnatgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun Birja javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mahsulotning joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi xaridor tomonidan imzolangan yuk hujjatlari (schyot-faktura yoki yuk xati) bilan tasdiqlanadi. Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda, mahsulotning joʻnatilganligi schyot-faktura ilova qilingan temir yoʻl yuk xati yoki kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sotuvchining mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etishi HKKP tomonidan sotuvchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazishi uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mahsulotni xaridorga joʻnatish oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda va shartlarda sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Axborot taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Birjaning kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha birjada sotilgan mahsulotlarning kotirovka narxini aniqlaydi. Birja ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali eʼlon qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sotuvchilar har oyning 3-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oldingi oyda birja savdolariga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot hajmi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Birja har kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qoʻyilgan mahsulotning haqiqiy hajmi, tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek har haftada — birja savdolari natijalari boʻyicha shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xaridor tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda zarur pul mablagʻlarining toʻliq hajmda oʻtkazilishi taʼminlanmasa, HKKP oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddat oʻtgandan soʻng, bir ish kuni ichida sotuvchi va Birjaga bitim bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar beradi va oʻsha kunning oʻzida shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi pul mablagʻini sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Sotuvchi tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda mahsulotni yuklab joʻnatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasa, oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddat oʻtgandan soʻng, bir ish kuni ichida Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi pul mablagʻini xaridor hisobiga oʻtkazadi hamda bitim bekor qilinganligi toʻgʻrisida xaridor, sotuvchi va Birjaga xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarmaganliklari sababli bitimlarni bekor qilish va jarima sifatidagi pul mablagʻini sotuvchi yoki xaridorning hisobiga oʻtkazish boʻyicha qaror Birjaning hakamlik komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Birja bitimi XKKP tomonidan oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq yopiladi. Bitim yopilishi bilan oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarilishini kafolatlash boʻyicha Birja majburiyatlari bajarilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bekor qilingan bitim boʻyicha mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan majburiy tartibda qayta birja savdolariga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Birja, uning aʼzolari va mijozlari, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Birja aʼzolari, birja savdolarining ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar Birjaning hakamlik komissiyasi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Nizolarni koʻrib chiqish uchun hakamlik komissiyasi tomonidan yigʻim undirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” MXK va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-avgust

“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi Sh. MAXMUDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzRMXB” OAJ boshqaruv raisi v.b. A. NAGAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 498-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)