Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019 30.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2097-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori , 30.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2097-1
Date of entry into force
02.09.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019
Hujjat 02.09.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2097-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-avgustdagi 332-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2097-3, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 16-son, 217-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son qarori (roʻyxat raqami 2097, 2010-yil 19-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2013-yil 12-avgust,

01-02/12-7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
P-2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2013-yil 12-avgustdagi 01-02/12-7, 12, 33, P-2-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Operator tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankida hisobga qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) eksport mamlakatniki kabi import mamlakatning ham tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodiga shartli havolaga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha yakuniy kod kelib tushgan tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish paytida aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodi dastlabki oltita belgi darajasida oʻzgarmasa shartnomalarga oʻzgartirish kiritilmagan holda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investor bilan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankida va bojxona organlarida hisobga qoʻyilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “v” kichik banddagi “Operator,” soʻzidan keyin “norezident —” soʻzi qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) rezident — pudratchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq pudratchiga berilgan uning KTUT kodiga asosan yuritiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlari uchun mahsulot kelib chiqish davlat sertifikatining berilishi Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda) Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 10-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“va uning hududidan olib chiqish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan tovarlarga nisbatan shartli chiqarish muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan hollarda qoʻllanilishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 14-banddagi “2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom” (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda)” soʻzlari “2013-yil 13-apreldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 16-son, 217-modda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 17-banddagi “2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda)” soʻzlari “2013-yil 13-apreldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 16-son, 217-modda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 24-banddan “hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining ruxsati bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 25-bandning “z” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 31-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 40-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunday namuna va nusxalarni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga ziyon yetkazilishi va boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaydigan miqdorda olib chiqish BYuD taqdim qilmagan holda tovarga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Operator bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 8-avgust

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 8-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ bosh direktori S. GURJIY
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 8-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 35-son, 476-modda)